Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor


Download 3.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/43
Sana03.11.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1743193
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

Diyora HAMIDULLAYEVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi
men...
O’zbek tili va
– O‘z kasbining ustasi bo‘lishda o‘zbek tilining o‘rni qanday?
– Fikrimcha, inson o‘z ona tilini yaxshi bilmay turib qaysidir soha ning 
chin mutaxassisi bo‘lishi dargumon. Har qanday kasbda o‘zbek tili muhim 
o‘rin egallaydi. Chunki aholining 80% dan ortig‘i o‘zbek tilida so‘zlashadi. 
Har qanday holatda ularga noqulaylik tug‘dirmaslik uchun shu yurtda ya-
shaydigan barcha kasb egalari, albatta, o‘zbek tilida talab qilingan bilimga 
ega bo‘lishi lozim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


38
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
Dilrabo TOSHMATOVA, 
O‘zbekiston davlat jahon tillari 
universiteti talabasi
– Ingliz, rus, turk tillarini 
bilish bugungi kunda hech kim-
ni hayratlantirmay qo‘ygan. 
Ammo suhbat chog‘ida bir 
necha tilni qo‘shib gapirishni 
ham oddiy holat sa naysizmi?
– Tengdoshlarim orasida 
bunday holatga tez-tez guvoh 
bo‘laman. Nazarimda, buning 
asosiy sababi xorijiy tillarni 
bilishimizni atrofdagilarga 
ko‘z-ko‘z qilish. Boshqa tomon-
dan esa, o‘z tilimizning imkoni-
yatlarini bilmaymiz. Badiiy 
asarlar kam o‘qiymiz. Oqibatda 
o‘zbekcha muqobili bo‘la turib 
o‘zga tildan foydalanamiz. Bir 
suhbatda ikki-uch tildan foy-
dalanamiz-u, asli bittasini ham 
qoyil qilmaymiz. 
Behruz TOSHPO‘LATOV, 
Xalqaro Vestminster universiteti talabasi
– Ko‘chalardagi xato yozilgan joy nomlari va 
elonlarning ko‘pligiga sabab nimada? Bu muammolar-
ni hal qilishda qanday yechim bor deb o‘ylaysiz? 
– Bu ommaviy savodsizlik urchib borayotganining 
yaqqol ko‘rinishi. Bugungi kunda bunday xatoliklarni 
hatto mashhur brend mahsulotlarda uchratyapmiz.
Yaqinda, “Bliss” sharbatini sotib oldim. Unda shunday 
jumla bor: “Boytilgan multimeva” (Aslida, “boyitilgan” 
bo‘lishi kerak). Reklamalarga va mahsulot sifatiga 
mablag‘ sarflayotgan korxona, nazarimda, uning nom-
lanishiga ham yetarlicha e’tibor qaratganda bunday 
kichik, ammo qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lardi. 
Hozirgi kunda ta’lim yo‘nalishi qanday bo‘lishi-
ga qaramay, o‘z sohasidan ancha yiroq bir ish bilan 
mashg‘ul insonlar kam emas. Shu sababli e’lonlarda 
xatolik ko‘p va bu ayanchli holat. Kichik narsadek 
ko‘rinsa-da, barchasi o‘z ishining ustalari tomonidan 
bajarilsa, nur ustiga nur bo‘ladi, menimcha.
www.ziyouz.com kutubxonasi


39
adabiy-ijtimoiy jurnal

Download 3.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling