Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
1. Ona tilim, sen ruhimning qanoti,
Abut turk nafasi, Oltoy chechagi. Xun davridan omon qoldi G‘iroting, Qutlug‘ Enasoyning ezgu ertagi. O‘rxun bo‘ylarida toshga aylanding, Ko‘klarga sanchilding. Turon bo‘lding Sen. Mangulik safarga qachon shaylanding? Qachon bu alamga – kuchga to‘lding sen? Porloq osmoningda quzg‘unlar uchdi, Evoh, yog‘iylaring soldi yag‘moni. Yog‘iylaring jigar qoningni ichdi. Jigar-qon jarangi tutdi jahonni, Onasen. Kechirding, qonidan kechding, Biroq kechirmading aslo yolg‘onni. She’r Abdulhamid Cho‘lponga bag‘ishlab yozilgan. Biroq she’rning asosiy mazmuni til to‘g‘risida – uringan, suringan, tarix dovullarida qolgan ona tilining o‘tmishi va kechmishini kuylaydi. Shoir “Jigar-qon jarangi tutdi jahonni” deya she’rni botiniy hayqiriqqa to‘ldiradi. E’tibor qaratadigan bo‘lsak, shoirning jadidlarga bag‘ishlangan she’rlarida bir mushtaraklik – yagona Turkiston qayg‘usi bor. Ozodlik, hurlik g‘oyalari ana shu tushunchalar ortida birlashadi. Muvaffaqiyatli jihati shundaki, Vatan, millat haqida yozilgan she’rlarda, shoirlar har doim o‘zlari asosiy planga chiqib madh etadilar yoki hayqiradilar. Rauf Parfi esa she’rlarning ichiga singib ketadi. Uning dardi, og‘riqlari ko‘rinadi, o‘zi ko‘rinmaydi, Shularning o‘ziyoq Rauf Parfi fikran va ruhan jadidlarga yaqin ekanini, jadidlar davomchisi sifatida maydonga otilib chiqqanini anglatadi. ovozi yurakni tilib-tilib o‘tadi, biroq o‘zi she’rning tubiga sho‘ng‘ib ketganki, ko‘zga tashlanmaydi. Aniqrog‘i, shoir bizni she’r bilan yolg‘iz qoldiradi, har qadamda o‘z-o‘zini ko‘z-ko‘zlamaydi, o‘zi bo‘y ko‘rsatmaydi. She’rning asl va haqli shavkati ham ana o‘shanda bo‘lsa, ehtimol. 1. Ajab mudhish qora tun kafan tutar, Bir zamon tinmaydir izg‘irar shamol. Daryo ko‘piradir, odamni yutar, Ul go‘zaldir, ul – irganchdir, ul – xayol. Riyozat qamchisi kabi savaydir, Ulkan yomg‘ir buzg‘un tanizorimni. Ulug‘ Turkistonni kimlar sevmaydir?! Fir’avnlar sevmas mening borimni. Bu shoirning 1994-yili yozilgan “Abdurauf Fitrat” she’ridan olingan. Shoir yurtning og‘ir ahvolini she’rda gavdalantirar ekan, o‘ziga xos ifoda yo‘sinini topadi. Uchta qismdan iborat ushbu she’rning har bir qismi alohida sonet shaklida yozilgan. She’r Fitrat yashagan zamon chizgilariday 42 www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021 www.ziyouz.com kutubxonasi tuyilsa-da, aslida unday emas. Unda 1994-yilgi xalqning uyg‘onmagan g‘ururi, dong qotgan sha’ni, pinakdagi matlabi o‘z ifodasini topgan. Shoir “Tokay, uyg‘onmassan, ay qonli Turon” deya asrlar bo‘yi qonga botgan ona Turkistonning qayg‘uli qiyofasini aks ettiradi. Bir qahramonlik, bir jasorat istayotgan lirik qahramonning shaxd-u shijoati she’rda botiniga qarab tobora o‘sib boradi. Shu bois, biz Robindranat Tagor aytmoqchi “Deraza ortidan bir munglig‘ Hindistonni” emas, O‘zbekistonni, Turonni, Turkistonni ko‘ramiz. Vatan, millat dardi esa o‘suvchi, ulg‘ayib boruvchi darddir, Og‘riqdir. Rauf Parfining vatan, Turkiston qayg‘usi mavzusidagi she’rlarini o‘qir ekan, ularni har birimiz o‘z tengdoshimizning, eng yaqin odamimizning hasratiday qabul qilamiz. Negaki, ular juda samimiy, yashash tarzimiz kabi oddiy. Ular Vatan haqida Arshni tavof qilib keyingina she’r yozish kerak degan qotib qolgan tushunchalarni isloh qilib, goh yalangoyoq, goh qorni och bolaning ahvoli ruhiyasiga singishib ketganimiz – she’rlarni taqdim etadi. Shoirning psixologik priyomlari shu qadar noyobki, Vatan haqida muhabbat haqidagi she’rni o‘qiganday ichki bir yorishish, qoniqish bilan mutolaa qilamiz. Ular bizni yuzakilikdan, soxtalikdan, yasamalikdan, she’rning yon-atrofida daydishdan xalos etadi. “Aytilgan so‘z, otilgan o‘q” degan maqol ham aynan Rauf Parfi she’rlariga xosdek. Chunki shoir so‘zni shunchaki ishlatmaydi, shunchaki baland pardalarda gapirmaydi. Biz she’rning ichida topgan Rauf Parfiyimiz hayotda uchratganimizdan farq qilmaydi. Uning vatanparvarligi o‘z bolasini turli balolardan asrayotgan onaning bolajonligi bilan birdek. Onaning bolajonligi qadar rostdir, sofdir uning vatanparvarligi. Rauf Parfi uchun Vatan jug‘rofiy tushuncha hosil qilmaydi. Dunyoning qaysi burchida bo‘lmasin, qiynalgan, zulmga yo‘liqqan odam borki, uning vatandoshidir. Uning “Karlo Kaladze diyorida”, “Mikalenjelo sevgisi”, “Viktor Xaraning so‘nggi qo‘shig‘i”, “Pablo Neruda o‘limiga” kabi har bir she’rida Rauf Parfi uchun Vatanning cheki va chegarasi bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin. Uning she’rlariga singigan turkchilik g‘oyasi, Turkiston, Turon mavzusi esa, vatanning chegaralanishi ma’nosida emas, qadimiy tushunchalarning asrab-avaylanishi, qadriyatlarga munosiblik mazmuniga ko‘chadi. Biz maqolamiz boshida Rauf Parfi ijodini ma’naviy va ruhiy tomondan jadid adabiyotida ilgari surilgan g‘oyalar, tushunchalar va jadidcha tafakkur yolqinining davomi sifatida talqin qilgan edik. Millatni milliy parokandalikdan, ma’naviy talotumlardan asrab qolish sari yo‘l Rauf Parfi she’riyatida yanada keng quloch yoydi, takomillashdi. Zotan Rauf Parfi ijodi jadidchilik XX asrning birinchi choragida tugatilgan degan fikrlarni puchga chiqaradi. Jadidchilik va jadidona g‘oyalar XX asr oxirida ham Rauf Parfi she’riyati misolida o‘zini yangi bir qiyofada ko‘rsata oldi. 43 adabiy-ijtimoiy jurnal E’tibor qaratadigan bo‘lsak, shoirning jadidlarga bag‘ishlangan she’rlarida bir mushtaraklik – yagona Turkiston qayg‘usi bor. Ozodlik, hurlik g‘oyalari ana shu tushunchalar ortida birlashadi. “ www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling