Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sabina ALIQULOVA
- Nilufar ABDUHOSHIMOVA
Dildora HUSANOVA,
O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi – Sizdan o‘z vataningiz- da xorij tilida savol so‘rashsa, javobni qaysi tilda berishni afzal ko‘rasiz? – Agar xorijlik kishi mening tilimni bilmaganligi sababli mendan o‘z tilida savol so‘rasa, aytaylik, ingliz savol bersa, men bu tilni bilganligim bois o‘sha tilda javob berishni afzal ko‘ra- man.Yoxud boshqa tillarda ham shunday. Chunki bu ikki millat o‘rtasida muloqotni yuzaga chiqaradi va uning sizga hamda sizning tilingizga bo‘lgan hur- matini oshiradi. Ammo ba’zan O‘zbekistonda tug‘ilib, umr bo‘yi shu yerda yashab ham o‘zbek tilini o‘rganmagan bosh- qa millat vakilining savoliga, albatta, ona tilimda javob bera- man. Tushunmay qolsa – uning muam mosi. Sabina ALIQULOVA, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi – Ommaviy axborot vositalarida shevaga xos so‘zlari- dan foydalanishlariga munosabatingiz? – Sheva tilni boyitadi, ammo ommaviy axborot vosita- larida shevaga xos so‘zlaridan foydalanishlarini yoqlamay- man. Chunki bu dasturni boshqa til yoki sheva vakillari ham ko‘radi. Bunda o‘zbek adabiy tili to‘g‘risida xato fikrlar va qarashlar yuzaga ke lishi mumkin. Ko‘rsatuv yoki turli videolar oynai jahonga chiqar ekan, albatta, adabiy til qoidalariga amal qilinishi kerak. Axir OAV xos odamlarga emas, butun mamlakat aholisi uchun mo‘ljallangan. Nilufar ABDUHOSHIMOVA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi – Qaysi tilda fikrlasang, shu madaniyat vakilisan. Kela- jakda farzandingizni qanday tilli maktabda o‘qitasiz? – Til va madaniyat bir-biri bilan bog‘liq tushuncha- lar. Albatta, farzandlarim o‘z tilini hamda o‘z vatani ning ta rixini bilishini xohlayman. Shu sabab ularning o‘zbek tilida ta’lim olishlarini lozim deb bilaman. Axir, bu boshqa tillarni o‘rganishga to‘sqinlik qilmaydi-ku. www.ziyouz.com kutubxonasi Rauf Parfi she’rlarining o‘q chizig‘i Sh e’r – ruhning silkinishidir. Shu bois unda botiniy keskin burilishlar, uzilishlar, qaqshatqich urilishlar – hamma-hammasi aks etadi. She’r – poetik yolg‘onning eng rost, eng mukammal shakli. Biz she’r o‘qiyotganda uning izmiga tushamiz, lirik qahramonning dard-u dunyosiga qorishib ketamiz. Undan bosh chiqarib tashqi olamga nazar tashlaganda esa tamoman boshqa bir manzaraning guvohi bo‘lamiz. Shunda shoirning botiniy va jug‘rofiy mamlakati o‘rtasida kontrast tafovutni ko‘ramiz. Botiniy mamlakatda shoir o‘zi xohlaganday o‘ylashi, tafakkur qilishi, yashashi mumkin, jug‘rofiy mamlakatda esa yo‘q. Chegaralar, qonunlar mavjud. She’r yozguvchi va she’r o‘qiguvchilar ko‘pincha ikki olam orasida ikki odam bo‘lib yashaymiz: she’rning ichida boshqa, she’rdan tashqarida Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling