Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
Muhayyo JABBOROVA,
Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi nomli shunday dam olish markazi bor? Birikmadagi ikkala so‘z ham o‘z tilimizda. U yerga boruvchilar soni boshqa joylardan kam emas! So‘zlashuvdagi tilimizda ruscha so‘zni ishlatmasak, “madaniyatsiz” bo‘lib ko‘ri- nishdan qo‘rqib, bilsak-bilmasak, ruscha so‘zlashishimizni-ku aytmasam ham bo‘la- di. Nega axir shunday? Nega tilimizga nis- batan g‘ururni his etmaymiz? Nega boshqa tillarni undan ustun qo‘yamiz? Nega milliy tilning milliy til sifatida qadri yo‘q? Nega biz bunchalar loqaydmiz! Nega bizda tilga nisbatan hurmatsizlik qilganlar Fransi- yadagidek jarima to‘lamaydi? Bizga nima? Dunyoni suv bosmaydimi, tilimiz ham yanada qadrsiz bo‘lmaydimi, muhimi, bizning “tinch” yashashimizga bu- lar daxl qilmaydi-ku!.. Ha, siz hozircha baxtli yashamoqdasiz, arosatda… Ammo kelajak-chi?! Qiziq, og‘iz- da faxrga ko‘milgan, amalda eski tos, eski hammom bu tilimiz yaqin kelajakda qan- day ahvolda bo‘lar ekan! www.ziyouz.com kutubxonasi 47 adabiy-ijtimoiy jurnal Toshkent ko‘chalarini kezar ekansiz, aksar tadbirkorlik foaliyatini olib boruv- chi binolar nomi yoki e’lonlarni ko‘rib, davlat tilining holiga achinadi. Agar o‘zga sayyoradan kimdir kelib qolsa, bu yurtda asosan rus va ing lizlar yashar ekan, deya tortinmay ayta oladi. Chunki bu vaqtda ko‘chada o‘zbek nomi ostida rusgami yoki boshqa millat vakiliga o‘sha tilda yaltoqlanayotgan bo‘ladi-da. To‘g‘ri, bu muammolar ning g‘ozi ancha yengil bo‘lib qolganga o‘xsha yapti. Har safar shu muammolarni eshitaverib quloq ham bunga moslashdi, umuman e’tibor bermas darajaga keldik. Axir, biz o‘zbek tilini o‘rganib nima qilamiz, biron joyga ish so‘rab borsak, rus tilini bilishimizni so‘rayapti, chetga chiqish uchun ingliz tili kerak, chunki yaxshi yashash kerak, deya har safar o‘zimizni oqlaymiz, ammo… Bobomiz sovet davrida yashab dos- ton aytdi – sof o‘zbek tilida, momomiz cho‘pchak aytdi – sof o‘zbekchada, ota- miz kolxozda traktor haydadi, ammo u-da o‘zbekcha qo‘shiq aytdi, onamiz alla aytdi – o‘zbekchada. Biz-chi?! Bugun yurtda xoinlar yuribdi. Ular o‘z tarixining, kelajagining xoinlari, yomoni – o‘z tilin- ing xoinlari! To‘g‘ri, tilimiz deya ko‘p kerildik, qator-qator qarorlar chiqdi, til ravnaqi uchun, kitoblar yozildi til haqida jild-jild. Biz tilimizni keragidan ortiq darajada is- loh qildik. Ammo… Biz bu tilni sevishni o‘rganmadik... Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling