Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor


Download 3.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana03.11.2023
Hajmi3.67 Mb.
#1743193
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

Muhayyo JABBOROVA,
Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti talabasi
nomli shunday dam olish markazi bor? 
Birikmadagi ikkala so‘z ham o‘z tilimizda. 
U yerga boruvchilar soni boshqa joylardan 
kam emas!
So‘zlashuvdagi tilimizda ruscha so‘zni 
ishlatmasak, “madaniyatsiz” bo‘lib ko‘ri-
nishdan qo‘rqib, bilsak-bilmasak, ruscha 
so‘zlashishimizni-ku aytmasam ham bo‘la-
di. Nega axir shunday? Nega tilimizga nis-
batan g‘ururni his etmaymiz? Nega boshqa 
tillarni undan ustun qo‘yamiz? Nega milliy 
tilning milliy til sifatida qadri yo‘q? Nega 
biz bunchalar loqaydmiz! Nega bizda tilga 
nisbatan hurmatsizlik qilganlar Fransi-
yadagidek jarima to‘lamaydi?
Bizga nima? Dunyoni suv bosmaydimi, 
tilimiz ham yanada qadrsiz bo‘lmaydimi, 
muhimi, bizning “tinch” yashashimizga bu-
lar daxl qilmaydi-ku!.. 
Ha, siz hozircha baxtli yashamoqdasiz, 
arosatda… Ammo kelajak-chi?! Qiziq, og‘iz-
da faxrga ko‘milgan, amalda eski tos, eski 
hammom bu tilimiz yaqin kelajakda qan-
day ahvolda bo‘lar ekan!
www.ziyouz.com kutubxonasi


47
adabiy-ijtimoiy jurnal
Toshkent ko‘chalarini kezar ekansiz, 
aksar tadbirkorlik foaliyatini olib boruv-
chi binolar nomi yoki e’lonlarni ko‘rib, 
davlat tilining holiga achinadi. Agar 
o‘zga sayyoradan kimdir kelib qolsa, bu 
yurtda asosan rus va ing lizlar yashar 
ekan, deya tortinmay ayta oladi. Chunki 
bu vaqtda ko‘chada o‘zbek nomi ostida 
rusgami yoki boshqa millat vakiliga 
o‘sha tilda yaltoqlanayotgan bo‘ladi-da. 
To‘g‘ri, bu muammolar ning g‘ozi ancha 
yengil bo‘lib qolganga o‘xsha yapti. Har 
safar shu muammolarni eshitaverib 
quloq ham bunga moslashdi, umuman 
e’tibor bermas darajaga keldik. Axir, 
biz o‘zbek tilini o‘rganib nima qilamiz, 
biron joyga ish so‘rab borsak, rus tilini 
bilishimizni so‘rayapti, chetga chiqish 
uchun ingliz tili kerak, chunki yaxshi 
yashash kerak, deya har safar o‘zimizni 
oqlaymiz, ammo… 
Bobomiz sovet davrida yashab dos-
ton aytdi – sof o‘zbek tilida, momomiz 
cho‘pchak aytdi – sof o‘zbekchada, ota-
miz kolxozda traktor haydadi, ammo 
u-da o‘zbekcha qo‘shiq aytdi, onamiz 
alla aytdi – o‘zbekchada. Biz-chi?! Bugun 
yurtda xoinlar yuribdi. Ular o‘z tarixining, 
kelajagining xoinlari, yomoni – o‘z tilin-
ing xoinlari! 
To‘g‘ri, tilimiz deya ko‘p kerildik, 
qator-qator qarorlar chiqdi, til ravnaqi 
uchun, kitoblar yozildi til haqida jild-jild. 
Biz tilimizni keragidan ortiq darajada is-
loh qildik. Ammo…
Biz bu tilni sevishni o‘rganmadik...

Download 3.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling