Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
Aziz NUR
1996-yili tug‘ilgan. “Mehrigiyo” she’riy to‘plamida, “Farg‘ona tomonlarda” yoshlar bayozida ijodiy ishlari chop etilgan. Yo‘qolayotgan dunyo Ikki hikoya www.ziyouz.com kutubxonasi 51 adabiy-ijtimoiy jurnal go‘zal ifoda etilgan... – Roziya birdaniga joyida to‘xtab qoldi. Ziyodga qaradi-yu, yuzi lov etib qizarib ketdi. U Ziyodning yonida ekanini unutib qo‘ygandi. Ovozini chiqarib, o‘z-o‘zi bilan Ziyodning she’rlari haqida to‘lib- toshib so‘zlashishga, tahlil etishga shu qadar o‘rgangan ediki, bu safar ham she’r dunyosiga singib ketgach, o‘z-o‘zimga so‘zlayapman deb o‘ylagandi. Ziyod ham buni sezdi, jilmayib qo‘ydi. “Ajoyib qiz ekan!” “Endiyam meni yaxshi qiz deb o‘ylamaydi. Yuzim qursin! Yana aynan shu satrlar haqida gapirganimni-chi?” Shu bilan qaytib bir og‘iz so‘zlamadi, yetib borishganda “Rahmat” dedi-yu ichkariga yugurdi. Bir haftagacha o‘zini “beyuz, besharm” deb ich-etini yeb yurdi. Bir haftadan keyin institut gazetasida yangi she’r chiqdi. “Qani edi bir umr seni Uyinggacha kuzatib qo‘ysam!” Nimalarni o‘ylayapsan, Rozi, bir so‘z demay kelyapti-ku bechora, uni malomatlarga ko‘mib tashlaganingni-chi..” Ziyodning ovozi uning xayollarini tarqatib yubordi. – Nechinchi kursda o‘qiysiz? – Birinchida. – Qaysi fakultet? – Filologiya. – Menam filologiyada o‘qiyman. Lekin avval sizni ko‘rmagan ekanman. – Ko‘rgandirsiz, shunchaki e’tibor bermagansiz. Lekin men sizni bilaman. She’rlaringiz orqali. Odatda, shoir zoti muxlisga duch kelsa, quvonchi toshadi, xursand bo‘ladi. Ziyod bo‘lsa, allaqanday xijolat tortganday biroz qizardi. Roziya uning she’rlari haqida shu qadar samimiy, to‘lqinlanib so‘zlab ketdiki, xuddi bu gaplarni ming yildan buyon asrab kelganday, poyezdi ketib qoladigan yo‘lovchiday tez-tez gapirardi. – ... Ayniqsa, o‘tgan hafta yozgan she’ringiz judayam ajoyib: “Bir bo‘sa ber, labim gullasin...” Tiniq o‘qiladi, naqadar sof! Iltijo ham, buyruq ham bor! Oshiqning zori qanchalar www.ziyouz.com kutubxonasi 52 www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021 boryapmiz. Tushunyapsanmi, Atlantidaga?! Biz yo‘qolyapmiz, haqiqiy inson sifatida yo‘qolyapmiz, yuragimiz uxlayapti. Mana, hozir tashqariga chiq. Birorta insonni to‘xtatib, “Men sizni yaxshi ko‘raman” degin. Seni devona ataydilar. Vaholanki, sen shunchaki unga ko‘ngil ochding, uni tanimasang ham, insonligi uchun, mana shu zaminda yashab kimlar uchundir foyda keltirayotgani, ehtimol, shifokor bo‘lib davolayotgani uchun, ehtimol, quruvchi bo‘lib kimgadir boshpana qurayotgani uchun yaxshi ko‘rishingni aytasan, xolos. U bo‘lsa, senga devona kimsaga qaraganday qaraydi, tilanchi deb o‘ylab uch-to‘rt so‘m chiqazar hamyonidan. Ammo sen o‘ylagan narsani o‘ylamaydi... Atrofga qara, xiyonat, yolg‘on, ig‘vo, hasad... Men qo‘rqyapman, Rozi, men o‘zimni, ko‘nglimni asrolmasam-chi?! Men ham Atlantidaga aylanib qolsam-chi?! Ichim changlanyapti. Ulardan qochishimiz kerak, uzoqlarga... – Ichingizni odamlar emas, o‘z-o‘zingiz changlantiryapsiz. Siz qo‘rqmang! Axir, sizga katta yurak berilgan! Odamlarni yomon ko‘rmang, ulardan charchamang. Ulardan qochish emas, aksincha, ularning ana shu uyquga ketayotgan yuraklarini uyg‘otish sizning vazifangiz emasmi? Sizga so‘z berilgan, dadasi! Bu naqadar ulkan baxt va mas’uliyat ekanini mendan yaxshiroq anglaysiz-ku. Ko‘ngillar yo‘qolmayapti, ular yo‘qotilyapti. Birgina samimiy tabassum, bitta yaxshi so‘z, bitta dalda bilan ularni topish mumkin! Ko‘ngilsiz deb siz ulardan qochsangiz, men ulardan qochsam, ular o‘z-o‘zini-da, insonlik nomini-da yo‘qotish darajasiga borib qolmaydi deb kim aytadi?! Roziya Ziyodning to‘zg‘igan sochlarini tekisladi. – Dadasi, siz yozishingiz kerak! Shu tun Ziyod uxlamadi, uxlolmadi! Necha oylardan buyon ko‘ksini kuydirayotgan she’r shu tun tug‘ildi... Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling