Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gulrang UBAYEVA
Fayoz AHMEDOV,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi BIZ qachon bu holga tushdik? www.ziyouz.com kutubxonasi 48 www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021 Bir necha kundan beri tanamda qolgan bor hafsalamni yig‘ib Mahmud Koshg‘ariyning “De- voni lug‘otit-turk” asarini o‘qiyapman. Shunday o‘qiyapmanki, shu vaqtgacha bearmon gapirib yurganim asar haqida aslida hech narsani bil- masligimni bilib o‘qiyapman… Endiki, bu asar haqida og‘iz ochishim ancha qiyin ke chishini tushunib o‘qiyapman. Qizarib-bo‘zarib, bo‘g‘ilib o‘qiyapman. Kitobni o‘qirkanman, qaysi bir qiziq kinoda ko‘rganim “jinni qahramon” tez-tez yodimga tushadigan bo‘ldi. Uning jinniligi - allaqancha telba-teskarilik, hangomalardan keyin oldindan o‘ziniki bo‘lgan narsalarini zo‘rg‘a tanib olar, “Iya, o‘zimniki ekan!” deya yana dunyoni unu- tardi. Ayni dam o‘sha qahramon bilan sira farqim yo‘qligini ham tushunib qoldim. Negaki men kunora eslab qolishga urinib, tilim ke- lishmay yurgan so‘zlarning ko‘pchiligi “o‘zim- niki” bo‘lib chiqayotgandi. Qizig‘i, shakli biroz qiyshaygan bu so‘zlardagi go‘zal turkiy ma’no deyarli o‘zgarmay qolgan. Eng ajoyibi, “Devoni lug‘otit-turk”da yo‘q so‘z va ma’noning o‘zi yo‘q edi! Shunday mukammal merosimiz, ulkan boyligimiz bo‘la turib, allaqanday ajnabiy “Tilingdan avval qalbingni tarbiya qil…” Gulrang UBAYEVA, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi so‘zlarni qarzga olib yurishimiz, ulardan “be- zak” uchun, qay bir ma’noda dabdaba (aslida, sharmandalik) uchun foydalanishimiz g‘alati. Hamma uchun taniqli bo‘lgan boyvach- chaning ko‘chada tilanchilik qilib turishi qan- chalik kulgili bo‘lsa, bugun avj olgan til borasi- dagi qilg‘iliklarimiz ham tirnoqcha bo‘lsin undan qolishmaydi. Bir darsimizda ustoz aytib qoldilar: Ya- poniyada bozor-o‘charda nimadir xarid qil- guncha yapon tilida so‘ramasangiz, sotib o‘tirishmas ekan. Buni eshitib “Devoni lug‘otit- turk” asaridagi shu jumlalar yodimga tushdi: “Turkiy lar, agar ularning tilida gapirsang, gunohkor bo‘lsang, gunohingdan o‘tadilar, bandi bo‘lsang ozod etadilar…’’ Bugungi kunda avra-astarigacha ajnabiy so‘zlar bilan qurshab tashlaganimiz “turkiy” tilimiz bizga qaragan- da anchayin “ibtidoiy” yashagan ajdodlarimiz davrida bunchalar ulug‘langaniga qoyil qolasan kishi!.. O‘sha odamlar shunchalik nozik his qila olgan masala bugunimizda chindan ham mav- judmi o‘zi? Yaponiya rivojlanishiga, ulardagi izchillikka taqlid qilishga urinamiz-u, allaqa- chon yaponlarning o‘zi qiyomini keltirib taqlid qilayotgan bobolarimiz amalini bajara olmay- miz. Unutganmiz! www.ziyouz.com kutubxonasi 49 adabiy-ijtimoiy jurnal Bekatda avtobusni kutib turgandim... Avtobus kutibmi yoki boshqa biron sabab bilanmi yonimda ikki nafar o‘zbek suhbatlashib o‘tirar edi. Biri faqat o‘zbekcha so‘zlar, ikkinchisi esa har ikki gapning biri- da “зачем, зато, где, причом, дальше, дальни...” kabi so‘zlarni ishlatardi. Biroq ruscha so‘zlarni ham to‘g‘ri talaffuz qilolmayotgandi. Ammo yonidagi o‘zbekchani maromiga yetka- zib so‘zlayotgan suhbatdoshining oxirgi so‘zlari tar- sakidan ham battar bo‘ldi: – Men o‘n besh yildan buyon Moskvada edim... Har kuni o‘zbek tili yodimdan chiqmasligi uchun o‘zbek tilida kitob o‘qidim. Mening anglaganim: uyg‘oq yuraklarda Ona Vatan ham, ona tili ham hech qachon unutilmas ekan. Avtobusim keldi. “Assalomu alaykum”, – deb hay- dovchiga salom berib, o‘rindiqqa o‘tirdim. Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling