Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor
Download 3.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Yoshlik - 2021 9-10 (2)
Nilufar SA’DULLAYEVA
Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi Uyg‘oq yuraklar Mavlono Rumiy yozadilar: “Tilingdan av- val qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib tildan chiqadi”. Ming af- suski, qalbdan kelayotgan izhorlarini ham o‘z ona tilida epaqaga solib ayta olmaydigan ziyolilari- mizni (aynan shu toifani) ko‘rganingda o‘ylanib qo- lasan… Rumiy aytmoqchi: Ijtimoiy hodisa, avvalo, qalbda yuz berishi kerak. Qalbda shakllanmagan “Ij- timoiy hodisa”ni so‘z qilib qonunga aylantiraverish esa salla havoda muallaq qolib, tanani boshdan judo aylashga o‘xshab qolyapti… Ko‘p gap eshakka yuk edi. Hozir esa gap berib o‘tirmasdan, shuncha- ki yozib qo‘ya qolsangiz ham, zotdor otlardan tortib it-mushuklargacha ensasi qotadigan zamon. Shu sabab so‘zimiz oxirida Mavlono orzu qilgan o‘sha qalb tomon biroz yaqin- lashishga urindik. Zero, qalb – Allohniki, deyish- gan. Alloh esa bizni turkiy qavm da yaratganini unu- tib qo‘ymaylik. www.ziyouz.com kutubxonasi 50 QALDIRG‘OCH – Biz Atlantidaga aylanib boryapmiz! Roziya Ziyodning bu kabi ajabtovur gaplariga ko‘nikib qolgan. Har holda o‘zi ham adabiyot odami. Ziyodning boshqa bir olami borligini yaxshi biladi. Aslida, Roziyaning ko‘ngli ham Ziyodning ana shu o‘zgacha olamiga tushgan edi. Talabalikning ilk yili o‘zidan bir kurs yuqori, doim xayolchan yuradigan bu yigitga avvaliga deyarli e’tibor qilmagandi. Bir kun devoriy gazetada chiqqan she’rlarini o‘qib qoldi-yu... Bu qadar birda keskir, birda nafis satrlarni avval hech qayerda o‘qimagan edi. Shu- shu zimdan bu yigitni kuzatadigan, yangi she’rlarini kutadigan, daftariga ko‘chiradigan bo‘ldi. Ammo andishadan hatlab bir qadam tashlamadi. Ko‘ngliga tushgan bu yoqimli va otashin hisni kundaligidan o‘zgasi bilmadi. Keyin taqdir bo‘ldimi, tasodif bo‘ldimi, kunlardan bir kun Ziyod qizni bezorilardan qutqardi... – Rahmat! – Arzimaydi! Bemahalda yaxshimi ko‘chada yurishingiz? Roziya qizardi. “Nilufarnikida qolaversam bo‘larkan. Nimagayam ko‘nmadim-a?! Bir kun dars qilmasam, osmon uzilarmidi?! Endi men haqimda nima deb o‘ylaydi?!” – Dugonamnikidan qaytayotgandim – aybdor odamday pichirladi. – Ha, mayli, qayerda turasiz, kuzatib qo‘yaman? Yana shilqimlarga uchramasligingizga kafolat yo‘q. Yaxshilikni oxirigacha qil deyishgan! – Rahmat. Uncha uzoq emas, keyingi ko‘chadagi universitet yotoqxonasida turaman, o‘zim ketaveraman. Ziyod “yuring” deb turavergach, jimgina ergashdi. Birga ketyapti- yu, boshida ming bir o‘y charx uradi. “Yo tavba, nega rozi bo‘ldim unga? Bir institutda o‘qishimiz, she’rlarining ajoyib ekanidan boshqa narsa bilmayman-ku. Yaxshi shoir yaxshi odam deganimas-ku. Balki, yomon yigitdir. Xilvatroq joyda o‘zi tegajog‘lik qilsa-chi? Odamning olasi ichida bo‘ladi, tashqaridan sipo ko‘ringani bilan... Yo Xudoyim! Download 3.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling