1714 yilgi «Yagona vorislik haqida»gi Farmon bo‘yicha pomeste huquqiy jihatdan votchinaga tenglashtiriladi. Hamma yerlar votchina hisoblanib, u nasldan-naslga meros bo‘lib o‘tadigan, xizmat evaziga olin-gan va sotib olingan turlarga bo‘lindi. Dvoryanlarning barcha yerlari ko‘chmas mulk deb e’lon qilindi.
To‘g’ri, 1714 yilgi Farmon pomeshchikning egalik qilish huquqini bir muncha cheklar edi: yerni sotish va garovga qo‘yish, shuningdek, merosxo‘rlarga bo‘lib berish taqiqlanardi. Butun ko‘chmas mulk faqat me-rosxo‘rlardan biriga vasiyat qilinishi mumkin edi, xolos. Harakatdagi mol-mulklarni esa o‘g’illar, qizlar va beva xotin olardi. Agar vasiyat bo‘lmasa yerlar katta o‘g’ilga o‘tardi. Bu farmonni chiqarishdan ikkita maqsad ko‘zlangan: birinchidan, o‘lgan dvoryanning kichik o‘g’illari merosdan mahrum bo‘lib, «o‘z nonini xizmat, bilim, savdo-sotiq va boshqalar orqali topishga» majbur bo‘lar edilar, shu tariqa hukumat dvoryanlardan zarur kadrlarga ega bo‘lishi mumkin edi; ikkinchidan, dvoryanlarning yer egaliklarining parchalanib ketishiga barham berildi. Bu esa davlatning manfaatlari bilan bog’liq edi5.
1731 yilda imperator Anna Ivanovna bu farmonni bekor qiladi. Yan-gi qonun bo‘yicha harkatsiz mulklar o‘g’illar o‘rtasida teng taqsimlanadi-gan bo‘ldi. Lekin shunga qaramay pomeste va votchina egalarining huquq-lari tengligi saqlanib qoldi.
1722 yilgi «Rutbalar jadvali» ham dvoryanlar tabaqasining jipslashi-shiga, shuningdek, dvoryanlar uchun xizmat o‘tashning yangi tartibini jo-riy etishga qaratilgan edi. Bunga ko‘ra, armiyada, flotda, fuqarolik va sa-roy xizmatidagi barcha mansablar pog’ona yoki darajalarga bo‘lindi. «Rut-balar jadvali»ga binoan xizmat o‘tashda va mansabga o‘tirishda endi nasl-nasabga qarab emas, balki dvoryanlarning shaxsiy qobiliyatlari, bilimi va amaliy malakasiga qaraladigan bo‘ldi.
2.2. Krepostnoy tuzumning yemirilishi va kapitalistik munosabat-larning o‘sishi davrida Rossiya davlati va huquqi (XIX asrning birinchi yarmi)
X
Do'stlaringiz bilan baham: |