O`rta asrlarda rossiya davlati va huquqi tarixi


Download 140.5 Kb.
bet11/17
Sana01.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1419674
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Qadimgi va o\'rta asrlarda Rossiya

Ijtimoiy tuzum
IX asrning birinchi yarmi Rossiyada feo-dal tuzumning yemirilishi va kapitalistik munosa-batlarning kelib chiqishi bilan xarakterlanadi. Rossiyada burjua munosa-batlari juda sekinlik bilan rivojlandi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlari ham mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda edi, lekin endilikda feodal krepostnoylik tuzumining inqirozi ko‘zga yaqqol tashlanib qolgan va kapitalistik uklad mamlakat ekonomika-siga kirib kelgandi. Qishloq xo‘jaligida ba’zi siljishlarga erishildi: yerni qayta ishlashda mashinalardan foydalanila boshlandi, uch dalali tizim ko‘p dalali tizimga almashtirildi, qand lavlagi, paxta ekish ko‘paytirildi, ipakchilik rivojlana boshladi.

XIX asrning birinchi yarmida yirik sanoat, ayniqsa tog’ sanoati, me-tallni qayta ishlash, to‘qimachilik, oziq-ovqat, shuningdek, mayda shahar sanoati, dehqonlarning hunarmandchiligi ham rivojlandi. Yollanma ishchi-lar soni ko‘paydi. Ularning soni krepostnoy huquqning bekor qilinishi ara-fasida umumiy ishchilarning 76,1 foizini tashkil etardi. Bu holat, shuning-dek, mashinalarning keng qo‘llanilishi va manufakturalarning fabrikalarga aylanishi XIX asrning 30-40 yillarida Rossiyada sanoat to‘ntarishini boshladi.
Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi va feodal krepostnoylik tuzumining inqirozi mamlakatda tabaqalar o‘rtasidagi kurashning keskinla-shuviga olib keldi. Jumladan, 1825 yildagi dekabristlar qo‘zg’oloni buning isboti edi. Bularning hammasi podsho hukumatini sarosimaga solib qo‘ydi va uni ba’zi islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. Masalan, savdogarlar va fabrikantlarga qator imtiyozlar berildi, tijorat banki va kommersiya ministrligi ta’sis etildi, «erkin g’allakorlik haqida» farmon chiqarildi. Shular bilan birga mamlakatdagi dehqonlar harakati shafqatsiz bostirildi, mavjud tuzumdan har qanday noroziliklar qattiq ta’qib qilindi.
Pavel I (1796-1801 yillar) samoderjaviyani kuchaytirish maqsadida 1785 yilgi «Dvoryanlarga in’om yorlig’i»ni bekor qildi. Dvoryanlar uchun tan jazolari berish qayta tiklandi, ularning kollektiv petitsiyalar berish va bevosita podshoga shikoyat qilish huquqi bekor qilindi, guberna dvoryanlari yig’inlarini tashkil qilish taqiqlandi, dvoryanlarning ma’muriy va sud organlari faoliyatidagi ishtiroki va boshqalar taqiqlandi.
Bulardan qattiq norozi bo‘lgan saroy zodagonlari podsho Pavel I ga suiqasd uyushtirib, uni o‘z o‘g’li Aleksandr ishtirokida kechasi bo‘g’ib o‘l-dirdilar. Taxtni meros qilib olgan Aleksandr I dvoryanlarga nisbatan bar-cha cheklashlarni bekor qildi. U «Dvoryanlarga in’om yorlig’i»ni tikladi. Lekin Nikolay I Rossiyaga fransuz burjua inqilobi g’oyalarining kirib kelishidan cho‘chib, yana dvoryanlarning huquqlarini bir oz qirqib qo‘ydi. Masalan, yosh dvoryanlarning chet ellarga borishi taqiqlandi. Bunga ruxsat olganlar esa Rossiyadan tashqarida uch yildan ortiq yashamasligi kerak edi.
Nikolay I bosh gubernatorlarga dvoryanlarni kuzatish bo‘yicha katta vakolatlar berdi, mahalliy boshqaruvda dvoryanlarning rolini ancha chekladi. Lekin Nikolay I dvoryanlarga ba’zi yangi huquq va imtiyozlar berdi. Masalan, 1827 yilda dvoryanlar savdogarlar bilan teng ravishda savdo qilish huquqini oldilar, ular shaharlarda ham fabrika va zavodlarga egalik qilish huquqiga ega bo‘ldilar.
1848 yildan boshlab krepostnoy dehqonlardan tashqari boshqa taba-qalar ham yerga egalik qilish huquqini oldilar. Bu burjua munosabatlari-ning rivojlanishi natijasida bo‘lgan edi. Boshqa tabaqalarning dvoryanlik-ka kirib kelishi juda qiyin edi. 1845 yilgi farmonga ko‘ra, biror kishi nasliy dvoryanin bo‘lishi uchun fuqarolik xizmati bo‘yicha 5-darajali martabani, ya’ni statskiy sovetniklikni, harbiy xizmat bo‘yicha 8-darajali martabani (ya’ni mayorlikni) olishi kerak edi.
Keyinchalik, 1856 yilgi farmon bo‘yicha, faqat harbiy xizmatda pol-kovnik martabasigacha (6-daraja) yoki fuqarolik xizmatida haqiqiy stat-skiy sovetnigigacha (4-daraja) xizmat ko‘rsatganlar nasliy dvoryan bo‘-lishlari mumkin edi. Dvoryan bo‘lmagan shaxs fuqarolik xizmatida 9-dara-jali martaba (titulli maslahatchi)ni, harbiy xizmatda esa 14-darajali marta-bani olsa, shaxsiy dvoryanin bo‘lib qolardi. Dvoryan bo‘lmagan tabaqa-larning vakillari fuqarolik xizmatida 14-darajadan boshlab to 10-daraja-gacha faxriy grajdanin unvonini olardilar.
Bu davrda ruhoniylar boshqa tabaqaga o‘tish va shu munosabat bilan mashg’ulotlarining turini almashtirish huquqini oldilar. Ruhoniylarning va dehqonlarning bolalari ruhoniylar tabaqasidan chiqsalar, nasliy faxriy graj-danin unvonini olganlar. XIX asrning I yarmida dehqonlar ikki guruhga: krepostnoy va podsholikka qarashli dehqonlarga, podsholikka qarashli dehqonlar davlat va udel dehqonlariga bo‘lindi.
Mamlakatda rivojlanayotgan burjua munosabatlariga xo‘jalikning krepostnoylik tizimini moslashtirish maqsadida chor hukumati turli yo‘llar izlay boshladi. Shu maqsadda 1803 yilda «Erkin g’allakorlar» haqida farmon e’lon qilindi. Mazkur farmonga binoan, pomeshchiklarga o‘z xohishlariga ko‘ra, tegishli bitim tuzib, yer haqini to‘lash sharti bilan deh-qonlarni yer bilan birga ozod qilishga ijozat berildi. Bunday bitimlarni podsho tasdiqlardi. Pomeshchiklarning dehqonlarni erkin g’allakorlar ha-qidagi farmonda sanab o‘tilgan asoslardan tashqari boshqa asoslarda dehqonlarni ozod qilishi taqiqlandi. Pomeshchiklar ozod etgan dehqonlar alohida «erkin g’allakorlar» tabaqasini tashkil qildilar. Farmonga ko‘ra, hammasi bo‘lib bor-yo‘g’i 47 mingdan salgina ortiq krepostnoy dehqon «erkin g’allakor»larga aylandi, bu esa butun krepostnoy aholining yarim foizidan ham kamrog’ini tashkil qilardi.
1816-1819 yillarda Boltiq bo‘yidagi dehqonlarning doimiy g’alayonlari natijasida dehqonlar krepostnoy qaramlikdan ozod qilinsalar ham yer olmadilar. 1842 yilda «Majburiyatli dehqonlar» haqida farmon chiqarilib, unda pomeshchiklar dehqonlarni: yer bermay yoki ma’lum miqdorda yer berib pul obroki to‘lash sharti bilan, pomeshchik yerlarini ishlab berish sharti bilan va boshqa shartlar bilan ozod qilish huquqini oldilar. Bunday shartlar bilan shaxsiy ozodlik olgan dehqonlar majburiyatli dehqonlar deb atala boshlandi.
XIX asrning I yarmida shahar aholisi besh guruhga: faxriy fuqarolar, savdogarlar, sex masterlari, meshchanlar-mayda mulkdorlar va yollanma ishchilarga bo‘lindi. Faxriy fuqarolar nasliy va shaxsiy faxriy fuqarolarga bo‘lindi. Nasliy faxriy fuqarolik unvoni yirik burjuaziya va savdogarlarga, shaxsiy dvoryanlarning bolalariga, ruhoniylar va dvoryanlarga, shuning-dek, rassomlarga, agronomlarga, imperatorlik teatri artistlariga va boshqa-larga berildi. Shaxsiy faxriy grajdanlik unvonini nasliy va faxriy fuqarolar tomonidan o‘g’il qilib olinganlar, shuningdek, texnika o‘quv yurtlarini tugatganlar, o‘qituvchilikni tugatganlar va hududiy teatrlarning artistlari (10 yillik staj bilan) oldilar.
Faxriy fuqarolar qator huquq va imtiyozlardan foydalandilar: shaxsiy majburiyatlardan, tan jazolaridan va boshqalardan ozod qilindilar. XIX asrda ko‘tara savdo bilan shug’ullanuvchi 1-gildiyadagi savdogarlar va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi 2-gildiyadagi savdogarlar mavjud edi.
X

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling