O`rta asrlarda rossiya davlati va huquqi tarixi


Politsiya va jandarmeriya


Download 140.5 Kb.
bet14/17
Sana01.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1419674
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Qadimgi va o\'rta asrlarda Rossiya

Politsiya va jandarmeriya. Politsiyani idora etish uchun politsiya ministrligi tashkil etildi. Peterburg va Moskvada politsiyaning tepasida politsmeystrlar turardi. Guberna shaharlarining ayrim qismlari (mavzelari) xususiy pristavlar tomonidan yuritilardi. Mavze kvartallarga bo‘lingandi. Ularga kvartal nazoratchilari yoki komissarlar boshchilik qilardi.
Uyezd shaharlari politsiyasiga shahar hokimi boshchilik qilgan. Uyezd shaharlari ham mavze va kvartallarga bo‘lingandi. Har bir uyezdda uyezd politsiya boshqarmasi yoki zemskiy sud tashkil etilib, uning tepa-sida uyezd kapitan-ispravnigi (uyezd politsiya boshlig’i) turardi. 1837 yilda uyezdlar mayda politsiya birliklari - stanlarga bo‘linib, ularga pristavlar rahbarlik qilardi.
XIX asrning boshida Rossiya jandarmeriya qismlari tuzildi. Ular 1826 yilda alohida jandarmlar korpusiga biriktirildi. U 8 ta jandarmeriya okrugiga bo‘lingan. Okruglar bo‘limlarga ajratilib, har bir bo‘lim bir yoki ikkita gubernani birlashtirardi.
Harbiy tuzumi. Armiyaga ketadigan katta harajatlarni kamaytirish maqsadida 1816 yilda Rossiyada harbiy manzilgohlar tuzila boshlandi. Davlat dehqonlari ularda dehqon xo‘jaligini yuritardi. Harbiy manzilgohlar XIX asrning o‘rtalarida tugatiladi.
Sud organlari. Chor Rossiyasida Senat oliy instantsiyadagi sud edi. 1802 yilda oliy sud boshqaruv funksiyasini bajarish uchun Adliya ministrligi tuzildi. XIX asrning birinchi yarmida eski tabaqa sud organlari, ya’ni Yekaterina II tomonidan tashkil etilgan dvoryanlar uchun - yuqori zemskiy sudlar, davlat dehqonlari uchun yuqori va quyi jazolash organlari va meshchanlar uchun - guberna magistratlari tugatildi.
Gubernalarda sudlov palatalari va fuqarolik sudlov palatalari harakatda bo‘ldi. Ular barcha tabaqalarning ishlarini ko‘rardilar. Palatalar uyezd va shahar sudlarida ko‘rilgan ishlar uchun apellyatsion instantsiya bo‘lgan, shuningdek, dvoryanlar tomonidan sodir qilingan mansabdorlik jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha, o‘t qo‘yish haqidagi va boshqa ishlar bo‘yicha birinchi instantsiyali sud hisoblangan. Fuqarolik sud palatalari turli gubernalarda harakatsiz mulklar haqidagi ishlarni, shahar mulkchiligi haqidagi nizolarni va boshqalarni ko‘rardilar.
Har bir gubernada voyaga yetmaganlar va aqli zaiflar tomonidan so-dir qilingan jinoyatlarni ko‘ruvchi diyonat sudlari mavjud edi. Bu sudlarda fuqarolik ishlari ham, jumladan qarindosh-urug’lar orasidagi mulkiy nizo-lar ham hal qilinardi. Diyonat sudlari o‘z oldiga tomonlarni yarashtirishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Diyonat sudining qaroridan norozi tomon odat-dagi sudga murojaat qilishi mumkin edi.
Petrburg, Moskva, Arxangelsk va Vilnyusda dvoryanlarning provin-sial sudlari bo‘lib, ular dvoryan bo‘lmagan intelligentlarning, chinovniklar va harbiy xizmatchilarning harbiy qismdan tashqaridagi ishlarini ko‘rardi.
Uyezdlarda quyi sudlar tabaqa uyezd sudlari (dvoryanlar va davlat dehqonlari ishi bo‘yicha), shaharlarda esa, shahar magistratlari va shahar boshqarmalari (savdogarlar va meshchanlar ishi bo‘yicha) mavjud edi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda maxsus: harbiy, dengiz, diniy, deh-qonlar volostligi, o‘rmon, tog’ va boshqa sudlar ham ish ko‘rardi. Shunday qilib, Rossiyada XIX asrning birinchi yarmida yagona sud tizimi bo‘lma-gan. Sudlar o‘z xarakteri bo‘yicha toifaviy edi. Har bir toifa uchun o‘zining maxsus sudlari mavjud edi.
Sud funksiyalarini faqat sudlargina emas, balki mahalliy ma’muriyat vakillari va politsiyachilar ham bajarardi. Sud podsho ma’muriyatiga bo‘y-sunardi. Mahalliy boshqaruv organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining qonuniyligi ustidan guberna prokurorlari nazorat qilardi. Uyezdlarda pro-kurorlik nazorati funksiyalarini uyezd xo‘jaligi ishlari bilan shug’ul-lanuvchi xodimlar bajarardi.
Rossiyaga qo‘shib olingan Finlandiya, Polsha, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston kabi o‘lkalarda boshqarishning o‘ziga xosligi shundan iborat ediki, u yerlarda odatda, boshqaruvning harbiy va fuqarolik funksiyalari qo‘shilib ketgandi. Bu hududlarda qattiq harbiy politsiya rejimi o‘rnatilgandi.
Milliy o‘lkalarni boshqarish uchun noiblik, bosh-gubernatorlik, vi-loyatlar, okruglar va boshqalar tashkil etildi. Milliy o‘lkalardagi boshqaruv organlari katta vakolatlarga ega bo‘ldi. Bu yerlarda mahalliy boshqaruvga mahalliy feodallar va urug’ zodagonlari jalb qilingan, chunki buni mustamlaka xalqlarni bo‘ysundirib turish zaruriyati talab qilardi.
Ma’lumki, 1809 yilda Finlandiya Buyuk knyazligi Rossiyaga qo‘shib olindi. Chor hukumati Finlandiyaga uning ilgarigi konstitutsiyasini tasdiqlab, ba’zi avtonomiya huquqini berdi. Rossiya imperatori bir vaqt-ning o‘zida Finlandiya buyuk knyazi ham edi. U ijroiya va sud hokimiya-tiga ega edi, qonunlarni tasdiqlardi. Finlandiyaning qonun chiqaruvchi or-gani Seym edi. Har bir qonun uning roziligi bilan chiqarilardi yoki bekor qilinardi.
Seym Finlandiyani boshqarish uchun 1809 yilda Finlandiya Buyuk kengashining hukumat kengashini saylagan bo‘lsa ham, amalda boshqaruv podsho tomonidan tayinlanuvchi Bosh-gubernator qo‘lida edi. 1816 yilda hukumat kengashi Finlandiya imperatorligining Senati deb qayta nomlan-di. Uning boshida Bosh-gubernator turardi. Senat ma’muriy va sud ishlari-ni yuritardi.
Finlandiya 8 ta gubernaga bo‘lingan bo‘lib, ularning tepasida guber-natorlar turar, ular bosh gubernatorga bo‘ysunardi. Chor hukumati vaqt o‘tishi bilan Finlandiyaning avtonomiya huquqini har tomondan chekla-gandi. Finlandiyani boshqarishda podsho huzuridagi Finlandiya ishlari bo‘yicha stats-sekretar katta ahamiyatga ega bo‘lib bordi. U senat yoki podshoning tasdig’iga tushgan barcha ishlar haqida podshoga doklad qilardi.
Vena kongressining qarori bilan 1815 yilda Varshava gersogligining katta qismi Polsha podsholigi nomi bilan Rossiyaga o‘tdi. Polshaga Aleksandr I avtonomiya huquqini berdi. Polsha podsholigi konstitutsiya asosida boshqarilardi. Ushbu konstitutsiya bo‘yicha Rossiya imperatori bir vaqtning o‘zida Polshaning ham qiroli hisoblangan. Podsho Polshani boshqarish uchun o‘z noibini tayinlardi. Bu yerda ham qonun chiqaruvchi organ Seym bo‘lgan. Seym ikki palata: Senat va Elchilar mahkamasidan iborat edi.
Polsha podsholigining noibi huzurida ma’muriy funksiyalarni yurituvchi Davlat kengashi turardi. Noibga harbiy, ichki ishlar, adliya, moliya, maorif, diniy ishlar ministrliklari ham bo‘ysunardilar. Polsha podsholigiga o‘z armiyasiga ega bo‘lish huquqi berilgandi. Polsha sakkizta voevodlikka, ular esa povetlarga, povetlar gminlarga bo‘lingandi.
1830-1831 yillardagi Polshada bo‘lib o‘tgan harakat bostirilgandan keyin boshqaruvda islohot o‘tkazildi. Seym va Davlat kengashi yo‘q qilindi. Ministrliklar komissiyalar bilan almashtirildi. Polsha armiyasi tugatildi. Polsha hududiga noibga bo‘ysunuvchi rus qo‘shinlari joylashtirildi. Keyinchalik voevodliklar gubernalar deb, povetlar uyezdlar deb qayta nomlandi.
Gruziya, Shimoliy Ozarbayjon va Armanistonda boshqarish dastlab turlicha edi. Keyinchalik butun Kavkaz xalqlarini boshqarish uchun chor hukumati o‘z noibini tayinladi. U Kavkazning oliy hukmdori sifatida ma’muriy, sud va harbiy hokimiyat sohasida katta vakolatlarga ega edi.
B

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling