O`rta asrlarda rossiya davlati va huquqi tarixi


Download 140.5 Kb.
bet15/17
Sana01.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1419674
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Qadimgi va o\'rta asrlarda Rossiya

Huquqning rivojlanishi
u davrda Rossiyada huquqning turli sohalarida ham bir qancha o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shu davr-gacha 1649 yilgi qonunnomadan boshqa kodeks yo‘q edi. Qonunnoma qabul qilingandan XIX asrgacha chiqarilgan qonunlar kodifikatsiya qilinmagandi. Mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy sohadagi o‘zgarishlar imperiya qonunlarini tizimga solishni talab etdi. Shu sababli 1804 yilda mashhur rus yuristi Speranskiy rahbarligida kodifikatsiya komissiyasi tuzildi. Bu komissiya dastlab fuqarolik, jinoyat qonunnoma-larini ishlab chiqdi, lekin ulardan hech biri qabul qilinmadi.

1826 yildan boshlab komissiya imperiya qonunlarini kodifikatsiya qilishga kirishdi. 1830 yilda Rossiya imperiyasi qonunlarining to‘la to‘plami chiqarildi. U 46 tomdan iborat edi. To‘plamga 1649 yilgi qonunnomadan boshlab undan keyin chiqarilgan qonunlarning deyarli hammasi kiritildi.
1830 yilda Rossiya imperiyasi qonunlarining to‘plamini tuzishga kirishildi va 1832 yilda Rossiya imperiyasi qonunlari to‘plami chiqarildi. Bu 15 tomdan iborat edi. Qonunlar to‘plamiga faqat harakatdagi qonunlar kiritildi. Har bir tomga qonunlar sohalar bo‘yicha joylashtirildi. Ushbu 15 tomli qonunlar to‘plami 1835 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.
Bu davrda 1845 yilda «Jinoyat va axloq tuzatish jazolari haqidagi Qonunnoma» qabul qilinib, 1846 yil 1 mayda kuchga kiritildi. Imperiya qonunlari to‘plamining o‘ninchi tomida fuqarolik huquqi institutlaridan egalik qilish, mulk huquqi, birovning mulkiga egalik qilish huquqi, vakolat huquqi kabilar alohida tartibga solindi.
Qonun egalik qilishni mulk huquqidan ajratdi va egalikni daxlsiz deb belgiladi. Imperiya qonunlariga ko‘ra, egalik ikkiga: qonuniy egalik va g’ayriqonuniy egalikka bo‘lindi. Qonuniy egalik turli vositalar bilan himoya qilindi. Boshqa davlatlarning fuqarolariga, boshqa millatdoshlarga, pravoslav bo‘lmaganlarga, ayollarga, dehqonlar va shaharliklarga mulkka egalik qilishda qator cheklashlar o‘rnatildi.
Birinchi marta imperiya qonunlarida mulk huquqiga to‘la ta’rif beril-gan edi. 420-moddada mulk huquqi deganda fuqarolik qonunlari tomoni-dan belgilangan usulda, hech qanday shaxsning aralashuvisiz amalga oshiriladigan abadiy va nasldan-naslga o‘tuvchi tasarruf etish, foydalanish va mulk ustidan buyruq berish vakolatlari tushuniladi, deb ko‘rsatilgan7.
Qonunlar to‘plamida shartnomalardan kelib chiqadigan va birovga zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar bir-biridan ajratib beril-di. Qonunlar to‘plamida shartnomalarni tuzish shartlari, shakllari va ularni bekor qilish usullari ham aniq belgilandi. Qonunlar yig’indisi shartnoma-larning: ayirboshlash, oldi-sotdi, oldi-sotdi qilish haqida shartnoma tuzish, mulk ijarasi, pudrat, yetkazib berish, qarz, shirkat, sug’urta, shaxsiy ijara, vakolat shartnomalari singari turlarini ko‘rsatdi.
Qonunlar to‘plamiga ko‘ra, faqat cherkovda tuzilgan nikoh qonuniy hisoblangan. Nikoh yoshi erkaklar uchun - 18 yosh, ayollar uchun - 16 yosh qilib belgilandi. Boshqa dindagilar bilan nikohga kirish mumkin emasdi. Ajralish shartlari ilgarigidek saqlanib qoldi. Er-xotinning mulkiy munosabatlari quyidagicha belgilandi: nikohgacha bo‘lgan er-xotinning mulki ularning o‘zlarida saqlanib qoldi, vorislik huquqi asosida yoki shart-nomalar bo‘yicha keladigan mulklar ham erning yoki xotinning o‘z xususiy mulki hisoblandi, er bilan xotining o‘zaro turli shartnomalar tuzishiga yo‘l qo‘yildi.
Cherkovda qayd etilmagan nikohdan bo‘lgan bolalar qonunsiz deb hisoblanib, hamma mulkiy huquqlardan mahrum etildi. Oilada otaning hukmronligi belgilandi. Meros huquqi sohasida qonuniy va vasiyat bo‘yi-cha vorislik saqlanib qoldi. Aqldan ozgan va o‘zini-o‘zi o‘ldirganlarning vasiyati haqiqiy emas deb topildi. Vasiyatnomani uch kishi guvohligida tuzish va uni notarial guvohlantirish belgilandi. Lekin harbiy sharoitlarda, chet el mehmonxonalarida tuzilgan vasiyatnomalar qaysi shaklda tuzilga-niga qaramay qonuniy deb hisoblandi. Qonuniy vorislar: o‘g’illar va neva-ralar, ular bo‘lmasa qizlar va qiz nevaralar, ular ham bo‘lmasa, aka-ukalar va jiyanlar, ular ham bo‘lmasa, opa-singillar va ularning nasllariga o‘tishi tartibida bo‘ldi. Ular ham bo‘lmasa ota-onalar taklif qilinardi.
Agar 10 yil ichida merosxo‘r topilmasa, mulk vorissiz deb hisobla-nib, u davlatga yoki, agar o‘lgan dvoryanin bo‘lsa, guberna dvoryanlariga o‘tadigan bo‘ldi.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling