O`rta asrlarda rossiya davlati va huquqi tarixi
II-BOB ROSSIYADA MUTLAQ YAKKA HOKIMLIKNING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI (XVII ASRNING II YARMI-XIX ASR BOSHI)
Download 140.5 Kb.
|
Qadimgi va o\'rta asrlarda Rossiya
II-BOB ROSSIYADA MUTLAQ YAKKA HOKIMLIKNING TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISHI (XVII ASRNING II YARMI-XIX ASR BOSHI).
2.1.Mutlaq yakka hokimlik davrida Rossiyada huquqning asosiy belgilari R Rossiyada mutlaq yakka hokimiyatchilikning shakllanishi ossiyada mutlaq yakka hokimlikning tashkil topish vaqti va rivojlanish bosqichlari haqida olimlar o‘rtasida turlicha fikrlar mav-jud. Ba’zilar Rossiyada mutlaq yakka hokim-lik podsho o‘zini hokimi mutlaq (samoderjets) deb e’lon qilishi bilan tashkil topgan deb ko‘rsatishsa, boshqalar esa buni Ivan Grozniyning nomi bilan bog’laydi. Shuningdek, ayrim olimlar Romanovning hokimiyat tepasiga kelishidan Rossiyada absolut monarxiya boshlangan deb e’tirof etadilar. Yana bir guruh olimlar Rossiyada absolut monarxiya 1649 yilgi Sobor qonunlari bilan o‘rnatilgan, deydilar. Va nihoyat, bir guruh olimlar XVIII asr boshlarida Petr I ning islohotlaridan so‘ng absolut monarxiya tashkil topgan deb ko‘rsatishadi. Biroq, ko‘pchilik olimlar Rossiyada absolut monarxiya umuman XVII asrning II yarmida kelib chiqqan deb, bizningcha, to‘g’ri ko‘rsa-tishadi. Chunki shu vaqtdan boshlab tabaqa-vakillik institutlari tugaydi va monarx hokimiyati haqiqatdan ham cheklanmaydigan bo‘lib qoladi. Fanda absolut monarxiyaning mohiyati haqida ham tortishuvlar mavjud. Ba’zilar absolutizm boshqa samoderjavie boshqa deb ko‘rsatishadi. Samoderjavie deganda monarxning tashqi mustaqilligini, masalan, Oltin O‘rdadan uning suverenligini tushunishadi, absolutizm deganda esa monarxning ichki to‘la hokimiyatga ega ekanligini ko‘rsa-tishadi. Ana shu yerda V.I.Lenin fikrlari to‘g’riligini aytib o‘tish kerak. U: «absolutizm», samoderjavie, «cheklanmagan monarxiya» iboralari sino-nim so‘zlardir», deb ko‘rsatgan edi. Rossiyada absolut monarxiyaning tashkil topishining sabablari quyidagilardan iborat edi: birinchidan, deh-qonlarning batamom krepostnoylashtirilishi, ularning hukmron tabaqalarga qarshi bosh ko‘tarib chiqishlari, jumladan Stepan Razin boshchiligidagi qo‘zg’olon, shaharliklar qo‘zg’oloni, shuningdek, Petr I davridagi xalq harakatlari hukmron tabaqalarni cho‘chitib qo‘ydi va ular bu harakatlarni bostirib tura oladigan kuchli, cheklanmagan podsho hokimiyatiga ehtiyoj sezib qolgan edi; ikkinchidan, Rossiyaga qo‘shni davlatlar (Recha Pospolita, Shvetsiya, Turkiya va boshqalar) tomonidan doimiy harbiy tahdidning mavjudligi absolut monarxiyaning tashkil topishini tezlash-tiruvchi omil bo‘ldi. Umuman Rossiyada absolutizmning vujudga kelishi qonuniyati Yevropadagi singari sanoat va savdoning rivojlanishi, burjua munosa-batlarining tug’ilishi, sinfiy ziddiyatlar va sinfiy kurashning o‘sishi, doimiy qo‘shinning, politsiyaning tashkil etilishi, byurokratik apparatning o‘sishi bo‘ldi. Biroq Rossiya absolutizmining o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud edi. Bular Rossiyaning iqtisodiy qoloqligidan va unda krepostnoylik munosabatlarining hukmronligidan kelib chiqqan. Bu yerda burjua muno-sabatlari kuchsiz rivojlanishi natijasida dvoryanlar bilan shaharliklar o‘rta-sida tengsizlik mavjud edi. Shaharliklarning burjua sinflariga aylanishiga hali ancha vaqt bor edi. Bu jarayon endigina boshlangandi. Shuningdek, rus samoderjaviesi krepostnoylik samoderjaviyasi bo‘ldi. Shuni hisobga olish kerakki, XVII asrdagi samoderjavie hali to‘la ma’nodagi samoder-javie emas edi, u hali tabaqa-vakillik monarxiyasi qoldiqlaridan xalos bo‘lmagandi. Cherkovning ahamiyati ham yuqori edi. Absolutizmning batamom o‘rnatilishi va shakllanishi XVIII asrning I choragi - Petr I davriga to‘g’ri keladi. Ma’lumki, oxirgi Zemstvo Sobori 1653 yilda to‘plangan. Bundan keyin podsho faqat ayrim tabaqalarning vakillari bilan yig’ilishlar o‘tkazib turgan. Boyarlar dumasi XVII asrning II yarmida ham hali mavjud edi, lekin juda ahamiyatsiz bo‘lib qolgan edi va Petr islohotlarining eng boshi-dayoq tugatilgandi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari - guba va zemstvo organlari ham tugatilgan. Cherkovning mavqei tushirilgan. Petr I patriarxlikni tugatdi. XVII asrning oxiridayoq monarx amalda cheklan-magan hokimiyatga ega bo‘ldi. B Download 140.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling