O`rta asrlarda yevropa san`ati. Vizantiya san`ati reja: vizantiya san'ati janubiy slavyaNLAR san'ati
Download 68.56 Kb.
|
8.O`rta asrlarda Yevropa san`ati. Vizantiya san`ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLGARIYA SANATI
JANUBIY SLAVYANLAR SAN'ATI
VI—VII asrlarda slavyan qabilalarining Bolqon yarim oro-li tomon ommaviy ko‘chishi Vizantiya imperiyasida feodal muno-sabatlarning tezlashishiga, quldorlik formasiyasining tugashi-ga olib keldi. Shu bilan birga, slavyan qabilalarining Vizantiya bilan to‘qnashishi ularning sosial va siyosiy rivoj-lanishlarida, asta-sekin esa ilk feodal davlatlarning paydo bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yerda ular bolqon qa-bilalari bilan assimilyasiyalashib ketishdi. Bolqon yarim orolida yirik davlatlar galma-galdan maydonga chiqdi va in qirozga uchradi. Ana shular ichida Bolgariya podsholigi, Serbiya va Xorvatiya davlatlari yirik bo‘lib, san'at taraqqiyotida ham sezilarli iz qoldirdilar. BOLGARIYA SAN'ATI Bolqon mamlakatlaridan dastlab siyosiy maydonga Bolgariya chiqdi. Uning san'atida juda ko‘p yodgorliklar saqlanib qoldi. Ular antik va ilk Vizantiya davriga mansubdir. Bolgar san'a-tida o‘ziga xos xususiyatlarning shakllanishi birinchi Bolgariya podsholigi (681 — 1018 y.) davriga to‘g‘ri keladi. IX asrga kelib, Bolgariyada feodal munosabatlarning shakllanishi tugallandi. Shu davrda xristian dinining qabul qilinishi Bolgariyaning Vizantiya bilan aloqasini mustahkamladi, cherkov va madaniyat borasidagi aloqalar kuchaydi. Bolgariya san'ati va madaniyatining birinchi taraqqiyoti IX—Xasrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda slavyan yozuvi va bolgar adabiyoti paydo bo‘ldi. Bu davr me'morligiga xos namunalar arxeologiya qazilmalarida mavjud. Bolgariyaning dastlabki me'morligi, asosan, yog‘ochdan yasalgan. Keyinchalik davlatning nqtisodiy, siyosiy jihatdan rivojlanishi natijasida mustah-kam mudofaa istehkomlari, hashamatli saroylar, IX asrdan boshlab esa, xristian dini bilan bog‘liq bo‘lgan ibodatxona-lar qurildi. Bu qurilmalar uchun, asosan, uch nefli bazilika tipi tanlangan. Lekin ularning proporsiyalari salmoqli va past, ko‘rinishi ogir bo‘lgan. Bnno devorlari ham, saroy zalla-rining pollari ham mozaika uslubida bezatilgan. Bolgar san'atiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri, antik tra-disiyalarning unda uzoq vaqt yashashidadir. Jumladan, uning me'morligida tekis yopilgan tomi va yon tomonlaridagi bino-lar uzoq vaqt saqlangan. Bunga Oxriddagi avliyo Sofiya ibodat-xonasi misol bo‘la oladi. XI asrdan boshlab, bud-gumbaz tipi-dagi binolar qurila boshladi. Bunday tipda qurilgan dastlab-ki ibodatxonalar Presp ko‘li atrofidagi German cherkovi (1066 y.) bo‘lib, u o‘zining nozik nisbati, konstruktiv tuzilishi-ning aniqligi bilan xarakterlanadi. Bino juda sodda bezatil-gan. Vizantiya hukmronligi davrida Bolgariyada yaratilgan mo-zaika namunalari, Oxriddagi Sofiya cherkoviga ishlangan surat-lar saqlanib qolgan (XI asrning I yarmi). Uning markaziy nefi-da farishtalarning ta'zim qilishi tasvirlangan. Ularning qo-matlari, jigar rang, sariq, pushti rangda ishlangan kiyimlari ko‘k fonda ajralib turadi. Farishtalar qiyofasining xislat-lari, tasvirlanishi uni yuksak mahoratli rassom ishlaganidan dalolat beradi. Bachkovedagi monastnr' maqbarasi devoriy suratlari ham ajoyib. Bu suratlarda ellinistik san'at an'-analari seziladi. 1187 yili Bolgariya mustaqil davlatga aylandi. Shu yildan boshlab tarixchilar Ikkiichi Bolgariya podsholigi davrini hi-soblaydilar. Feodalizmning yangi bosqichi bo‘lgan bu davr sav-do-sotiq, madaniyat va san'atning jonlanishi bilan xarakter-lanadi. Me'morlik bezagiga e'tibor berish Bolgariyada ham keng o‘rinni egalladi. Tosh plitalari va g‘ishtlarning turli kombinasiyalari, shaxmat taxtasini eslatuvchi tasvir yoki qiya chiziqlar (shtrixovka), ilon izi yoki yozuvga taqlid qilib ish-langan devorlar ko‘rinishi ko‘pincha gilamni eslatadi. XIII asrda yaratilgan Oxriddagi Klementi butsimon-qubbali cherkov devorlari g‘isht va toshdan ishlangan naqsh hamda dekorativ tok-chalar bilan bezatilgan (68-rasm). Mesemvriyadagi Pantokrator va Ioann Aliturgit cherkovlari, ayniqsa, juda boy va serha sham. Bu binolarni bezashda haykaltaroshlik san'atidan ham keng foydalanilgan. Ikkinchi podsholik davrpda asosiy madaniy markaz podsho-likning poytaxti Tirnovo edi. Bu yerda qurilgan binolar hajm jihatidan kichik feodal tarqoqligining natijasidir. Ular-ning ko‘pchiligi maqbara vazifasini o‘tagan. Devorlarida surat-lar mavjud, sag‘ana portretlari, avliyo-jangchilar tasviri uch-raydi. Tirnovo maktabining yirik yodgorligi Boyana cherkovining devoriy suratlari hisoblanadi. Bizgacha yaxshi saqlangan bu suratlar me'morlik ansambli bilan uzviy bog‘liq va o‘zining ishlanishi, garmonik uyg‘unligi, nisbatlarning to‘g‘ri topilgan-ligi bilan xarakterlanadi. Bu yerda ishlangan obrazlar ifoda-li. Bular xarakteri jiddiy, qattiqqo‘l odamlarni eslatadi, lekin shu bilan birga, lirik kayfiyatli, mayin, nuroniy obraz-lar ham uchrayd% Jumladan, Iso obrazi o‘zining yumshoq xa-rakteri, odamiyligi bilan ajralib turadi. Farishta obrazi ham bevosita o‘zining ochiq ko‘ngilliligi, ma'naviy go‘zalligi bilan xarakterlanadi. Uning kelishgan, nozik qomati, bir oz cho‘zilgan oval shaklidagi yoqimli qiyofasi ham uning ana shu ma'naviy go‘zalligiga hamohangdir. Inson ruhiy kechinmalari-ni tasvirlashga intilish «Butga mixlash» suratida, ayniqsa, hayajonlangan odamlar obrazida ifodali, ta'sirchan ishlan-gan. Boyana cherkovi devorlarida bolgar avliyolari portretlari, podsho va uning qaylig‘i portretlari uchraydi. Ular bir oz yassi, qotib qolgan holda tasvirlangan, lekin yuz va qarashlari jon-li va shoirona ishlangan. Bu davrda miniatyura, ayniqsa, yog‘och o‘ymakorligi juda rivojlandi. Bu o‘ymakorlikning qadimgi namunasi Oxriddagi Nikolay cherkovi uchun ishlangan eshik yuza-sidagi turli qush, hayvon va o‘simliklar dunyosidan olingan obrazlar tasviridir. Yozuv manbalari Bolgariyada zargarlik san'ati ham yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi. XIV asrning II yarmida turklar tomonidan Bolga-riyaning bosib olinishi uning san'at va madaniyati-ga salbiy ta'sir qildi, uning monumental san'at ta-raqqiyoti deyarli to‘xtadi. Download 68.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling