O`rta asrlarda yevropa san`ati. Vizantiya san`ati reja: vizantiya san'ati janubiy slavyaNLAR san'ati
Download 68.56 Kb.
|
8.O`rta asrlarda Yevropa san`ati. Vizantiya san`ati
SERBIYA VA MAKEDONIYA SAN'ATI
XII—XIV asrlarda Ser-biya Bolqon yarimorolidagi yirik davlatlardan biriga aylandi, san'at va mada-niyatning gullagan davrini boshidan kechirdi. Serhasham me'morlik va monumental rangtasvir san'atida mu-him yutuqlarni qo‘lga kiri-tib, o‘rta asrning yetuk mar-kazlaridan biriga aylandi. Serblarning dastlabki davlat birlashmasi XI asrda Ad-riatika qirg‘oqlarida paydo bo‘ldi, keyinchalik shimoli sharqqa shaZani™ ™ f/CTai^ Davl™ aylandi. Feodalizmning shakllanishi XI—XII asrlarda xristian dini tarqalishini tezletdi.Serbiya Vizantiya va Italiya bilan yaqin munosabatda pi-vojlandi, ularning san'atidan ta'sirlandi (69-rasm) Vizan-tiya san'ati tradisiyalari, ayniqsa, rangtasviri serb san'ati taraqqietida muhim o‘rinni egalladi. Me'morlik san'atida esa Garbii 'vropa an'analarining ta'siri seziladi Serb san'atiningilk namunalari bizgacha kam yetib kelgan va ular-da kuproq Yevropa-roman davri san'ati an'analari ta'siri oulgan. by davr me'morlik namunalari plan jihatidan sodda bazilika tiplariga yaqin, ravoqli cherkovlar bo‘lib, ularning eshik va darchalari atrofi sodda bo‘rtma tasvirlar bilan be-zatilgan. Serb san'atining G‘arbiy Yevropa bilan aloqasi XI asrdan rivojlana boshlagan miniatyura san'atida ham na-moyon bo‘ladi. XIIasrda Serbiya ancha yirik davlatga aylandi. Bu davr, so‘zsiz, serb san'ati rivojlanishida o‘z izini qoldirdi. Qu-rilish avj oldi. Uz xarakteri jihatidan qal'a, qo‘rg‘on tipi-dagi saroy va monastirlar qurildi.^Rashki me'morlik maktabiga xos bo‘lgan xususiyat bir nefli qubbali binolardir. Uzaytirilgan nefga narteks ham qo‘shib yuborilgan. Serb me'morligining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning dekorativ xarakterligidir. Bu xususda Studenisedagi Bibi Maryam cherkovi diqqatga sazovordir. Binoning tashqi ko‘rini-shiga alohida e'tibor berganlar, u oq va kul rang marmar bi-lan pardozlanib, arkatura frizi bilan bezatilgan. Konsol larda odam va hayvon niqoblari ishlangan, g‘arbiy va janu-biy peshtoqlar, mehrob darchalari o‘yma naqqoshlik bilan be-zatilgan. Naqsh uchun o‘simliklar dunyosi, qush, hayvon va odam-lar shakli oliigan. Nerezedagn (Makedoniya) Panteleymon ibodatxonasi devo-riy suratlari serb monumental rangtasviri to‘g‘risida tasav-vur beradi (70-rasm). «Butdan tushirish» mavzusiga bag‘ish-langan suratlarda kuchli hayajon va motam, iztirob, qayg‘urish ishonarli va ifodali tasvirlangan. Bu tasvirlarda butdan tu-shirilgan Isoga aza tutayotgan, chuqur qayg‘u va motam bilan uni quchoqlayotgan Bibi Maryam, Iso tomon chuqur qayg‘u va motam bilan engashib qarab turgan Ioan obrazlari chuqur motam ho-latida ta'sirli ishlangan. YoSh avliyolar obrazi ham ta'sirli va xarakterli. Bu tasvirlarda rassom kontur chiziqlardan foy-dalanmagan holda, faqat rang surtmalari hisobiga obraz haj-mini ifodalashga intiladi. Surat koloriti yorqin, jarangdor, oq-sarg‘ish, oltin, ko‘k va moviy ranglar gammasi o‘zaro nisbatda asarning emosional tomonini oshirib, uning ko‘rimli bo‘lishi-ga yordam beradi. Bu suratda Vizantiya san'atkorlariniig ta'-siri (suratni ishlashda vizantiyaliklar qatnashgan) bo‘lsa ham, lekin keyingi serb san'atiga xos xususiyat — asarda his-tuy-g‘ularni ifodalash, kompozisiyashshg dinampkasi, formalar eks-pressivligiga e'tibor berish sezila boshlagan. Panteleymon ibodatxonasidagi ayrim suratlar ikonalarni eslatadi. Ark-lar bilan o‘ralgan, naqqoshlik bilan bezatilgan fonda ish-langan portretlar — ularning jonli boqishi, nozik qiyofala-rining tuzilishi esa fayum portretlarini eslatadi. Urta asrlar serb san'atining o‘ziga xos xususiyatlari XIII asrda yaqqol namoyon bo‘ldi. Suratlarda shakl iloji bo-richa umumlashtirilgan, avliyolar qiyofasi ko‘rinishidan bir-muncha qo‘pol, yassi ishlangan, ular qalamlab chiqilgan. Lekin shu suratlar ichida serb tiplari paydo bo‘la boshlaganligi se-ziladi. XIIIasrniig nodir yodgorligi Mileshevodagi monastir cher-kovining devoriy suratlaridir. Ayniqsa, portret san'ati jon-li va ta'sirli. Bular Serbiyada portret san'ati muhim rol' o‘ynaganligi va rivojlanganlngidan dalolat beradi. Rassom-lar avliyolar suratini alohida ishlaganda portret xislatla-rini berishgan. Serb san'atining yana bir o‘ziga xos xususiyati suratlarda hayotpy voqealarning real ifodalanishida ko‘rinadi. Ular tra-dision syujetlarga o‘zlariga yaqin, hayotda ishlatiladigan tur-li buyumlar tasvirini kiritadilar. Serb san'atidagi tiplar-ning xalqchilligi ko‘p figurali kompozisiyalarda ham uchraydi. Ko‘p suratlar diniy temada ishlangan. Serb san'atkorlari o‘z asarlarida obrazlarni doim harakatda tasvirlaydilar. Ular-ning xatti-harakati, qarashi, mimikasi rassom g‘oyasini tushu-nishga yordam qiladi. XIII asr oxirida Serbiyaning iqtisodiy va siyosiy ahamiyati ■ortdi. Uning maydoni kengaydi. XIV asrda Serbiya tomonidan Vizantiyadagi bir qator oblastlarning bosib olinishi esa serb san'atida Vizantiya san'ati ta'sirini yanada oshirdi. Quri-lish avj oldi. Endilikda bir nefli binolar bilan birga, bud-simon qubbali ibodatxonalar, ko‘p qubbali binolar yaratila boshlandi. Shu davrning nodir yodgorligi Grachanisedagi Bibi Mar'yam cherkovidir. Besh qubbali bu bino g‘isht va toshdan ish-langan. Dechandagi «Xaloskor» ibodatxonasi ham shu davrning mashhur yodgorligi. U ko‘k va pushti rangdagi chiziqlari bo‘lgan oq marmardan pardozlangan. Haykaltaroshlik san'ati bilan bezatilgan. Stillashtirilgan o‘simliklar elementlaridan ish-langan naqshlar bilan bezatilgan. Bu bezaklar orasiga esa fan-tastik qush va hayvonlar tasviri tushirilgan. Eshik tepasiga Iso, farishtalar tasviri ishlangan. Sher va grafonlar hay-kalidan ham bezashda keng qo‘llanilgan. XIVasr monumental rangtasviri mavzu jihatdan yanada bo-yidi. Murakkab syujetli kompozisiyalarda hayotiy lavha va detallar keng o‘rinni egalladi. Bu davr serb monumental rangtasvirining uslubi, xarak-teri bir xil emas. Bir tomondan, Vizantiya san'ati ta'siri sezilsa, ikkinchi tomondan, u birmuncha qo‘pol va bir oz g‘ayri-tabiiy va g‘alati bo‘lib ko‘rinsa ham, lekin o‘ziga xos, origi-nal. Qirol Milyutin va uning yosh qaylig‘i Simonida tasvirla-rida (portretlarida) Grek-Vizantiya san'atining ta'siri bor-ligi seziladi. Serb o‘rta asrlar san'ati o‘z davri uchun progressiv aha-miyatga ega bo‘ldi. XIII—XIV asrlar me'morlik san'ati Shar-qiy Yevropa san'ati uchun muhim ahamiyat kashf etdi. Serb ras-somlari insonning his-tuyg‘u, ehtiroslarini badiiy ifoda etib, o‘zga yerdagi zamondoshlariga namuna bo‘ldilar. Serb san'-atkorlari diniy kanonlardan chekkaga chiqmagan holda, real dunyoni keng va to‘laqonli tasvirlashga erishdilar. Serb san'-atkorlari Ruminiya, Bolgariya, Qadimgi Rus' san'atiga o‘z ta'sirlarini o‘tkazdilar. Download 68.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling