O`rta asrlarda yevropa san`ati. Vizantiya san`ati reja: vizantiya san'ati janubiy slavyaNLAR san'ati


Download 68.56 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi68.56 Kb.
#1593539
1   2   3   4   5
Bog'liq
8.O`rta asrlarda Yevropa san`ati. Vizantiya san`ati

KAVKAZ XALQLARI SAN'ATI
Urta asrlar san'ati va madaniyatida Kavkaz xalqlari, jum-ladan, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon xalqlari san'ati ham alohida o‘rinni egallaydi. Bu xalqlar san'ati qadimgi ma-halliy san'at an'analariga ega bo‘lgan, o‘rta asrning muhim madaniyat o‘choqlaridan hisoblanadi. Ular Vizantiya va Eron-ning yutuqlaridan foydalanib, o‘ziga xos san'at yaratdilar va jahon madaniyati xazinasini boyitdilar.
Zakavkaz'eda feodal munosabatlar juda erta rivojlandi. Bu yerdagi iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan ayrim rayon-larda IV—V asrlardayoq feodalizmga o‘tish jarayoni sezilarli bo‘ldi. Lekin uning to‘liq g‘alabasi birmuncha uzoqqa cho‘zildi. Kavkaz xalqlari san'atining dastlabki gullagan davri V— VII asrlarga to‘g‘ri keladi. IV asrdan boshlab, Armaniston, Gruziya, so‘ngra Ozarbayjonning shimoliy qismida xristian dini tarqaldi. Natijada mahalliy din bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina yodgorliklar vayron qilindi. Xristiai dini, ayniqsa, Armaniston va Gruziyada mustahkamlanib, bu davlatlarning Suriya, Qichik Osiyo hamda Sharqiy Rim imperiyasining boshqa madaniyat o‘choqlari bilan aloqasini yanada kuchaytirdi. Shu bilan birga, bu yerlarda mahalliy sharoit talabidan kelib chiqib, me'morlik, tasviriy va amaliy san'atda yangicha, o‘ziga xos uslub paydo bo‘ldi. Jumladan, bu yerlarda feodallarning qo‘rg‘on-qasrlari bilan birga, grajdan me'morligining yangi' tiplari — karvon-saroy, usti ochiq bozorlar vujudga ksldi. Bu davrda qurilgan ibodatxonalar plani, konstruktiv tuzilishi ham, badiiy bezatilishi jihatidan o‘rta asrlar cherkovi bino-laridan farq qiladi. Bu o‘ziga xoslik, ayniqsa, markaziy qub-bali binolarda yaqqol namoyon bo‘ldi va jahon me'morligi san'atida ko‘zga ko‘rinarli o‘rinni egalladi. Kavkaz xalqlari san'ati X—XIII asrlarda eng gullagan davrini boshidan kechirdi. Gruziya va Armaniston o‘rta asrlar monumental me'morlik san'ati hajmiy-plastik yechilishi xa-rakteri bilan farq qiladi. Markaziy qubbali Zakavkaz'e ibodatxonalari zinasimon kompozisiyaga ega bo‘lib, uning me'-morlik hajmlari o‘rtaga qarab balandlashib boradi. Cherkov binosining to‘rt tomoni o‘ziga xos frontonlar bilan tugalla-nadi. Binoning tashqi zinasimon kompozisiyasi inter'erning ichki xarakteriga mos keladi.Ibodatxonalar ko‘p holda toshdan yasalgan. Ularning tashqi tomoni tosh plitalari bilan pardozlangan hamda dekorativ haykaltaroshlik san'ati bilan bezatilgan.Armaniston va Gruziya san'atining o‘ziga xos tomonlari haykaltaroshlik, me'morlik naqshlari, rangtasvir va turli xildagi amaliy-dekorativ san'atda ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Jumladan, haykaltaroshlik san'ati Vizantiyaga nisbatan sal-moqli o‘rinni egalladi. Naqshlar mavzu va uslub jihatidan rang-barang. Rangtasvir ikonagrafik farqi bilan birga, o‘ziga xos badiiy stilistik xususiyatlarga ham ega.Ilk o‘rta asr arman me'morligi to‘g‘risida IV—V asrlarda qurilgan binolarning qoldiqlari ma'lumot beradi. Bu davrda qurilgan xristian ibodatxonalari, asosan, bir nefli va uch nef-li bo‘lib, ularning tomi yarimsilindrik ravoqlar bilan ber-kitilgan yoki tekis yopilib, ikki nishabli bo‘lgan. Ilk bazilika tipidagi xristian ibodatxonalari cho‘ziq, devorlari silliq, yaxshi tekislangan to‘rtburchak toshlardan qurilgan. Ular sti-lobat ustiga o‘rnatilgan. Xristian dinining rivojlanishi u bilan bog‘liq bo‘lgan qu-rilishlarni ham rivojlantirdi. Hajm jihatdan katta va hashamatli bo‘lishiga e'tibor berildi. Jumladan, Yereruysk ba-zilikasining ichki inter'eri keng va bahavo bo‘lib, o‘rta nef baland qilib ishlangan. Bino devorlari ko‘rkam bo‘lishi uchun eshik va darchalar atrofi rel'eflar bilai bezatilgan. VI—VII asrlar me'morligida xonalarning yaxlit bo‘lishiga alohida e'tibor berila boshlandi. Ba'zi bazilikalar esa qub-bali ibodatxonalarga aylantirildi. Talin qishlog‘idagi ibo-datxona shunga misol bo‘la oladi. Me'mor uch nefli bazilika-ning planini o‘zgartmagan holda, unkng markaziy qubba bilan tugallangan qnsmiga alohida e'tibor berdi.Arman me'morligining o‘ziga xos tomonlari Echmiadzin yaqinidagi Ripsima ibodatxonasida yaqqol seziladi (71-rasm). Bu ibodatxona plani asosiga hamma tomoni teng bo‘lgan but olingan. Unnng to‘rt tomoni absida bilan tugallangan. Bi-noning tashqi tomoni yaxlit, salobatli. U o‘zining aniq nisbati, devor fakturasining yoqimli qilib ishlanganligi bilan xarak-terlanadi. Bino silueti yaxlit va aniq tuzilishi bilan xoti--rada yaxshi saqlanadi. Ibodatxona sakkiz qirrali baraban bi-lan tugallangan.
Armaniston me'morligida, asosan, plani to‘rtburchak yoki kvadrat bo‘lgan markaziy qubbali ibodatxonalar bilan birga, VII asrda qubbali-rotonda deb nomlangan ibodatxonalar keng tarqaldi. Shunday ibodatxonalardan biri, Avliyo Grigoriy ibo-datxonasi yoki Zvartnos xarakterlidir. Bu ibodatxonalarning hamma tomoni teng bo‘lgan butsimon planda bo‘lib, uning uchlari esa absida bilan tugallangan. Leknn bu ibodatxona yuqori-dagidek to‘rtburchak ichida emas, balki qalin devor bilan ay-lantirilgan devor ichiga joylashtirilgan. Tashqi ko‘rinishdan u yuqoriga kichrayib boruvchi uch silindrik barabanni eslatib, tomlari konussimon qilib yopilgan. Bino devorlari ark, bo‘rt-ma naqshlar bilan bezatilgan. Usimliklar dunyosidan tuzilgan naqshlar orqali rassom Armanistonning boy va saxiy tabiati yaratgan obrazlarni tasvirlagan.Zvartnos ibodatxonasi, uning badiiy bezatilish uslubi ke-yingi Zakavkaz'e xalqlari san'ati taraqqiyotida muhim o‘rin-ni egalladi. Ibodatxonalar mozaika va devoriy suratlar bn-lan bezatilgan.Arablar tomonidan VII asrda Armaniston yerlarining zabt etilishi san'at taraqqiyotiga to‘siq bo‘lib, bu hol qariyb 200 yil davom ztdi. Faqat arab xalifaligining parchalanishi va Armanistonning chet el istilosidan qutulishi iqtnsodiy-siyo-siy hayotda jonlanishni boshladi. Yirik feodal sr xo‘jaligi mustahkamlanib, kengayib bordi. IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, yagona davlat yaratishga intilish sezpla boshlandi.Xalqning erkinlik va ozodlikka intilishlari shu davrning mashhur eposi «David Sosuniy» dostonida (eposida) o‘z ifo'dasini topdi (VII—X asr). Bu davr me'morlik san'atining xarakterli tomonlari Van ko‘li janubiy qirg‘oqlarida, Axtamar orolidagi podshoning yozgi rezidensiyasida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu yerda ikki qavatli uylar, hashamatli saroy bo‘lgan, uning devorlari esasuratlar, bo‘rtma tasvirlarbilan bezatilgan va naqshlangan. Bu saroy bizgacha saqlanmagan. Lekin uning atrofidagi juda ko‘p binolar va bular ichida, ayniqsa, ibodatxona (915—921) mashhurdir . Ibodatxona ichki devorlari suratlar bilan bezatilgan. Endilikda tashqi bezak bino devorlaridagi tekislikka manzarali ko‘rinish baxsh etgan.Xasrning ikkinchi yarmidan boshlab, Ani shahri Armanis-tonning madaniy va siyosiy markaziga aylandi. Bu yerda qo‘rg‘on, ibodatxonalar qad ko‘tardi. Bular, ayniqsa, ibodatxonalar, asosan, o‘z ko‘rinishi va plani jihatidan VI—VII asrlardagi me'morlik tradisiyalarini davom ettiradi, ba'zan takror-laydi. Jumladan, Anidagi avliyo Georgiyning dumaloq g‘bodat-xonasi Zvartosning aynan takroridir.
X—XI asrlar me'morligining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular tog‘ manzarasiga uyg‘unlashtirib qurilgan. Ta-biat va me'morlik kompozisiyalarining bunday uzviy bog‘liq bo‘lishi, ayniqsa, cherkov ansambllarida yaxshi seziladi (masa-lan, Sevan ko‘li atrofidagi cherkov ansambli).Gegam tog‘larida joylashgan Qoya monastiri, Ayrivank mo-nastiri ansambli yoki Gegard kompozisiyasi o‘ziga xosligi bi-lan ajralib turadi. G‘orga joylashgan bu ansambl juda chi-royli. G‘or ichiga o‘yib ishlangan xonalar yer ustiga o‘rnatilgan cherkov xonalariga o‘xshaydi.
XII—XIV asrlar me'morligi to‘g‘risida gapirilganda, unda badiiy bezakka e'tibor kuchayganligini eslash kerak. Chunki XII asrdan boshlab, endilikda katta yirik binolar qurilishi to‘xtadi, ibodatxonalar o‘lchami kichraya boshladi. Lekin bino-larning tashqi tomonini bezashga e'tibor kuchaydi. Armaniston o‘rta asrlar san'atida haykaltaroshlikda ham xarakterli namunalar yaratildi. Dumaloq haykal va rel'ef-lar ishlandi. Dumaloq haykaltaroshlikda podsholar tasviri-ning ishlanishi ham shu san'atga e'tibor katta bo‘lganidan da-rak beradi. Urta asr san'atining o‘ziga xos yodgorligi xachkari (but-tosh) —vertikal o‘rnatilgan steladir. Ular ba'zan postamentga o‘rnatilgan bo‘lgan. Yassi yuzaga bo‘rtma tasvir, o‘rtasida but tasviri ishlangan, atrofi esa naqsh bilan bezatilgan. Bunday but-toshlar muhim voqealarga atab o‘rnatilgan.
Monumental rangtasvir kam taraqqiy etdi. Aksincha, ar-man o‘rta asr rang tasviri kitob miniatyurasi sifatida ri-vojlandi. Injilga ko‘plab ishlangan miniatyuralarda, asosan, Iso, Bibi Maryam, injilchilar hayoti va faoliyati tasvirlanadi. Bu miniatyuralarda proporsiyalar birmuncha yaxshi olingan bo‘lsa ham, lekin kompozisiyaning frontal olinishida, undagi odam-larning turish holatlarida kanonlar ta'siri seziladi. Uy-makorlik bilan bezatilgan eshiklar ham shu davr yodgorligi-dir. Gruziyada ilk xristian dini bilan bog‘liq binolar (V—VIasrlar) bazilikadir. Ular Kichik Osiyo, Albaniya, Siriya, Ar-manistondagi bazilika binolariga o‘xshash. Lekin u mahalliy an'analar bilan boyitilgan. Uch qavatli zinali supacha ustiga qurilgan bu bino tashqi tomondan sodda va past, og‘ir ko‘rinish-ga ega. Lekin asosiy diqqat inter'erga qaratilgan. Keng xona devorlaridagn aniq, yaxlit shakllar uning ichki emosional im-koniyatlarini oshiradi. Bino inter'erlarini bezashda toshdan yaratilgan kapitel va plastrlar muhim o‘rinni egallaydi. Bo‘rt-ma tasvirlarda Eron va Gruziya xalq yog‘och o‘ymakorligi an'a-nalari uyg‘unlashgan.
VI asr oxiri vi VII asrda markaziy qubbali qurilish keng o‘rinni egallay boshladi va uning turli variantlari ishlab chiqildi. Msxetidagi Djvari ibodatxonasi gruzin me'morli-gining xarakterli tomonini o‘zida mujassamlashtirgandir. Hajm jihatidan monumental ko‘rinishga ega bo‘lgan bu bino va tabiat manzarasi bilan uyg‘unlashib ketgan va uning bir bo‘la-gi sifatida idrok etiladi. Djvari ibodatxonasining plani but shaklida bo‘lib, uning chekkalarida yarim aylana absida mavjud va bu but kvadrat ichiga tushirilgan, burchaklarida xonalar mavjud. Bino kompozisiyasi sakkiz qirrali baland bo‘lmagan baraban bilan tugallangan. Tashqi devor bo‘rtma tas-vir va naqshlar bilan bezatilgan.Markaziy qubbali ibodatxonalar tipidan yana biri, to‘rt ustun ustiga o‘rnatilgan qubbali binolardir. Bu ustunlar bi-noning markaziga qo‘yilgan va uning o‘ziga katta gumbaz o‘rna-tilgan. Qurish san'atining bu prinsipi sharqiy xristian me'-morligining katta yutug‘i bo‘lib, boshqa mamlakatlarga ham keng tarqaldi va rivojlandi.Tasviriy san'at. Ilk feodal davri monumental san'ati bizgacha yetib kelmagan. Bu yerda ham xristianlikning monofi-zik ta'limoti ibodatxonalar ichiga surat ishlashni ta'qiq et-gan. Lekin VI asrda Vizantiya bilan aloqaning kuchayishi mo-zaika, devoriy surat, ikona san'atinikt keng tarqalishiga olib keldi. Bunday namunalar Msxetidagi Djvari ibodatxonasida saqlanib qolgan mozaika fragmenti, Pisundadagi bino qol-diqlarida ham mavjud bo‘lgan. Mavzusi, asosan, xristian dini, Iso va uning shogirdlariga bag‘ishlangan. Rangli naqshlar be-zagida yorqin ranglar bilan birga, turli qora va har xil rang-da tovlanadigan qizil toshla^rdan foydalanilgan, oltin, kumush ranglar ham keng ishlatilgan.Arab istilosi ta'sirining susayishi Gruziyada knyazlik va podsholiklarni vujudga keltira boshladi (Kaxetiya knyazligi, Tao-Klarjetti knyazligi, Abxaziya podsholigi). Natijada, bu yerlarda milliy badiiy maktablar shakllana boshladi. Mada-niyatning rivojlanishi uchun imkoniyatlar paydo bo‘la boshladi. VIII—IX asrlarda gruzin me'morligida ikki qubbali bazili-ka tipi shakllandi. Bino qurishda paruslardan keng foydalana boshlandi. Bino devorlari suratlar bilan bezatildi.Gruzin san'atiping eng gullagan davri XI—XIIIasrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrga kelib, Gruziya yaqin Sharqdagi eng yirik davlatlardan biriga aylandi, moddiy va ma'naviy hayo-tida rivojlanish sodir bo‘ldi.Bu davr madaniyatining o‘ziga xos xususiyati cherkov va feodal zodagonlar rolining kamayishi, yangi shakllangan dvoryan hamda savdogar, hunarmandlar tabaqasi hayoti va ideologiya-sini targ‘ib etish bilan bog‘liq bo‘lgan san'at va fanda dunyoviy yo‘nalish yetakchi o‘ringa chiqib oldi. Shu davrning buyuk shoiri Shota Rustaveli ijodida davrning gumanistik g‘oyalari o‘zining badiiy ifodasini topdi. Bu davr san'ati davrning muhim maf-kuraviy maqsadi — mamlakat kuchlarini birlashtirish va dav-latni mustahkamlashga qaratilgandir. Insonning ruhiy ola-miga qiziqish va e'tibor kuchaydi. Monumental me'morchilikda katta, ulug‘vor, hashamatli binolar yaratish, ularning ichki va tashqi tomonini badiiy bezashga alohida e'tibor berish tenden-siyasi seznldi. Me'morlik elementlarining dekorativligiga e'tibor ortdi.XI asrda o‘ziga xos markaziy qubbaln, but shaklidagi ibo-datxona tipining asosiy xususiyatlari shakllandi va me'mor-likda keng yoyildi. Hozirgi kungacha xgroba holida yetib kyolgan Kutaisidagi Bagrat ibodatxonasi shunday ulug‘vor va ko‘rkam binolardan dastlabkisi hisoblanadi. Bu binoning markazida to‘rt ustun bo‘lib, ular ustiga gumbaz o‘rnatilgan. Devorlar ustundan birmuncha qochirib ishlangan, bu esa ichki inter'er-ning yanada keng va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qilgan. Ibodat-xoianing ichki devorlari suratlar bilan bezatilgan, ustunlar kapitelli bo‘lib, nafis, jimjimador naqshlar bilan bezatil-gan, bu ustunlarda ov manzaralarini aks ettiruvchi voqealar tasvirlaiganligi haqida ma'lumotlar bor.
Msxetidagi Sveti-Sxoveli ibodatxonasi ulug‘vor va ko‘rkam bo‘lib, birmuncha yaxshi saqlangan. Yuqoriga intiluvchi vertikal chiziqlar uni yengil va nafis qilib ko‘rsatadi, binoning ichki qismi ham juda bahavo. Qubba tagi barabanidagi 16 darcha esa uning ichkni yanada bahavo ko‘rinishiga xizmat qiladi. Xonaning ichida me'morlik massalariniig sokin, tekis ritmi esa xotir-jamlik kayfiyatini beradi XIasr ibodatxonalarining tashqi ko‘rinishiga xos xususiyat devor yuzasini arkatura bilan ajratish va karnizlarini tim-pan, darcha atroflarini jimjimador bo‘rtma naqshlar bilan be-zashda ko‘zga tashlanadi. Gruzin soborlari ichida Alaverdidagi kafedrali sobor o‘zi-ning juda yaxshi topilgan nafis nisbati bilan ajralib turadi. Uning devorlari naqshlar bilan bezatilmagan Ibodatxona devorlarini ritmik qaytariluvchi dekorativ ustun va arklar qismlarga ajratadi.Arkaturani chegaralaydigan jgutlar, butlar tasviri, darcha atrofiga ishlangan bezaklar va boshqa rel'efli detallar yago-na dekorativ naqshni hosil qilib, devor massasidagi yorug‘ — soya o‘yinini tashkil. etadi va uning badiiy qiymatini oshiradi. XII—XIII asrlar Gruzin o‘rta asr me'morligida qoyalarda ibodatxonalar ishlash kabi qadimiy tradisiyalar yanada ri-vojlandi. Bu davr me'morligidan bizgacha mudofaa qo‘rg‘on- lari qoldiqlari, saroy, kutubxona binolari, o‘rta asrlarga oid ko‘priklar qoldiqlari yetib kelgan. X—XIIIasrlardagi ibodatxonalar devoriy surat, ba'zan mozaika bilan bezatil-gan.Aten ibodatxonasi suratlari badiiy-tarixiy jihatdan qim-matlidir. Bu ibodatxona suratlari jiddiy va ulug‘vor ishlan-ganligi bilan xarakterlanadi. Mazmun obrazlarshshg xatti-ha-rakati va mimik o‘zgarishlari orqali ochiladi; nisbat aniq, koloriti jarangdor, yorqin. Yuqori Svanetidagi cherkov hamda Kaledagi ibodatxona devorlariga ishlangan suratlar X—XII asrlarda yaratilgan, ularda kanondan chiqishga va temani hayo-tiy yechishga intilishni sezish mumkin. Bu o‘rinda avliyo Fedor-ga atab ishlangan suratni eslash kifoyadir. Rassom o‘rta asrlar kanonini buzmagan holda avliyo yuz qiyofasini jonli, hayotiy va to‘laqonli tasvirlashga erishgan.
Gruzin san'atida ancha rivojlangan mozaika ham monumen-tal xususiyatga ega bo‘lib, jonli va ta'sirlidnr. Monumental rangtasvir san'ati XII—XIII asrlar chegarasnda jiddiy yutuq-larni qo‘lga kiritdi (73-rasm). Bu davrda Gruzin monumental rangtasvirining nodir yodgorliklari yaratkldi. Bu xususda Vardzi (1183) suratlari, Betaniy va ayniqsa, Kinszisi ibo-datxonalaridagi devoriy suratlar obrazlarning erkin talqin etilishi voqelikning poetik tasvirlanishi bilan xarakterla-nadi. Бу даврда ишланган сурат-лардаги образлар юзада эр-кин, баъзан murakkab rakurs-larda aks ettiriladi. Kinsvisi ibodatxonasi de-voriy suratlari o‘zining yuqo-ri badiiy qiymati va sifati jihatidan gruzin o‘rta asrlar san'atining nodir yodgorligi hisoblanadi. Bu devoriy su-ratda tasvirlangan obrazlar o‘zining odamiyligi, mehri-bonligi, insonparvarligi bi-lan xarakterlanadi. Kompo-zisiya rang tovlanishida bir rangning ikkinchi rangga o‘ti-shidagi mayinlik, hajmni ifodalovchi tuslanishi uning badiiy qiymatini yanada oshi-radi. Koloritida esa kumush rang, kulrang kabi ranglar yetakchi o‘rinni egallagan holda, qizg‘ish jigar rang, ko‘kimtir yashil, och ko‘k ranglar bilan uygunlikda butun kompozisiyaga alohida fayz, latofat kiritib, shu davr san'atining yuksak mahoratidan dalolat beradi. Bu davr ibodatxonalarida o‘sha davr gruzin podsholarining surat-lari ham saqlanib qolgan. XVIaor monumental rangtasvirida Vizantiya rangtasviri-ning Konstantinopol' maktabi ta'siri seziladi. (Bu davr-larda Gruziyada grek rassomlari ishlagani ma'lum.) Bu davr suratlari ta'sirchan, ifodali chiqqan bo‘lsa ham, obrazlardagi garmonik barkamollik va tasvirlanuvchilarning ko‘p qirrali xarakterini to‘liq yoritish bir muncha buzila boshlaganligi, sun'iylik ko‘rinadi.
Gruzin o‘rta asr san'atida kitoblarni badiiy bezash ham muhim o‘rinni egallaydi, bu san'at bizga kitob bezash bilan bog‘liq bo‘lgan naqsh hamda miniatyura san'ati sifatida yetib kelgan. Gruzin miniatyura san'atining ilk namunasi IX—Xasrlar-ga to‘g‘ri keladi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, bu san'at V asr-lardayoq rivojlangan va keng tarqalgan. Miniatyura san'atida ellinistik san'atning ta'siri seziladi. Bu davr miniatyura-lari o‘zining o‘tkir qalami, real va yorqin koloriti bilan aj-ralib turadi. Unda diniy mavzudan tashqari, dunyoviy voqealar ham o‘z ifodasini topgan. Gruziyada dumaloq haykaltaroshlik keng rivojlanmadi, le-kin o‘yma naqsh va devorlarga ishlangan bo‘rtma tasvirlarda diniy mavzu hamda san'atkorlarning estetik dunyosi o‘z ifoda-sini topdi. Shu davrda yog‘och o‘ymakorligi rivojlandi. Gruzin torevtikasi ham o‘zining yuksak mahorat mahsuli ekanligi bi-lan xarakterlanadi. XIV—XVIIasrlar gruzin xalqining chet el bosqinchilariga qarshi kurashi davridir. Bu uning iqtisodiy ravnaqiga o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Monumental rangtasvir, miniatyura, me'-morlik bir muncha orqaga ketishi bilan xarakterlanadi, lekin xalq amaliy san'ati, yog‘och va tosh o‘ymakorligi san'ati rivoj-lanishda davom etib, davr o‘zgarishlarini o‘zida ifodaladi.

Download 68.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling