O`rta asrlarda yevropa san`ati. Vizantiya san`ati reja: vizantiya san'ati janubiy slavyaNLAR san'ati
O‘RTA ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPA„VARVARLAR QIROLLIGI VA FRANKLAR IMPERIYASI DAVRI SAN'ATI
Download 68.56 Kb.
|
8.O`rta asrlarda Yevropa san`ati. Vizantiya san`ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- SEMINAR MASHG’ULOTI YUZASIDAN SAVOLLAR
O‘RTA ASRLARDA G‘ARBIY YEVROPA„VARVARLAR QIROLLIGI VA FRANKLAR IMPERIYASI DAVRI SAN'ATI
IIIasrda quldorchilik formasiyasi inqirozga uchraydi. Bu-ning inqirozga yuz tutishiga qullarning qo‘zg‘olonlari va «var-varlar»ning tez-tez qilib turgan hujumlari qattiq ta'sir qildi. G‘arbiy Yevropada feodalizm formasiyasi rivojlanabordi. Rim imperiyasining qulashi bilan bu jarayon yanada tez-lashdi. G‘arbiy Yevropada mayda feodalliklarning tashkil to-pishi san'at va madaniyatga ham o‘z ta'sirini o‘tkazdi. «Varvar-lar» va antik san'at an'analarining o‘zaro ta'sirida Yevropa o‘rta asr san'ati boshlandi. Gap shundaki, «varvar» qabilalari (franklar, vestgot, ostgot, anglo-saks, vandallar va h. k.) o‘zi-ga xos boy madaniyatga ega zdi. Bu tradisiyalar keyinchalik grek-rim tradisiyalari bilan qo‘shilib rivojlandi. Lekin o‘zi-ning xarakterli tomonini saqlab qolgani holda, Old Osiyo, Gresiya, Rim badiiy madaniyati ta'sirida boyib bordi va ni-hoyat, u bnlan birlashdi. Bu san'at, o‘z navbatida, ularning san'atiga ham ta'sir qildi. Bu ta'sir forma dinamikasi va ekspressiyasida, kompozision tuzilishi va naqqoshlikda namo-yon bo‘ldi. G‘arbiy Yevropaning ko‘pgina xalqlari ibtidoiy tuzumdan so‘ng quldorlik tuzumini boshidan kechirmay turib, feodal tuzumga o‘tishi muhim bo‘ldi. «Varvarlar» san'atida ibtidoiy tuzumga xos fol'klor tushunchalar, tasavvurlar mavjud edi. Ular Rim imperiyasini istilo etib va talon-toroj qilib, u yerda endi shakllanib kelayotgan feodal munosabatlarga duch keldi,' Rim xristian dini ta'sirida qoldi. Natijada V— VIII asrlarda ibtidoiy jamoa tuzumi qoldiqlaridan qutulish davrini boshidan kechira boshladi. Varvarlar siyosiy g‘alabaga erishganlari sari, Rimda xristian dini, cherkovlarning roli orta boshladi. Din kishilar psixologiyasi, ruqiy olamiga ta'-sir etishning muhim vositasi bo‘la boshladi. G‘arbiy Yevropa o‘rta asrlar san'ati o‘zida ijtimoiy tuzum o‘zgarishini ifodaladi va varvarlar san'atining ko‘p an'ana-larini qabul qildi. Vizantiya san'ati o‘z xarakteri jihati-dan birmuncha aristokratik xususiyatga ega edi. Vizantiyalik san'atkor o‘z idealini hamma narsaga qodir, garmonik rivoj-lapgan, hukmdor Iso obrazida ko‘rsa, varvarlar esa Isoni oddiy duradgor o‘g‘li, dushmanlar tomonidan butga mixlangan va og‘ir azob-uqubatga duchor bo‘lgan obraz qiyofasida tasavvur qiladi. Bibi Maryam koinot onasi, mag‘rur ayol emas, balki insonlar g‘amida yashaydigan, qayg‘uradigan inson qiyofasida gavdalanadi. Vizantiya san'ati o‘z xarakteri jihatidan obraz barkamol-ligiga intilsa, aksincha, varvarlar esa, ba'zan majruh, mayib, jismoniy xunuk obrazlarni tasvirlashdan ham cho‘chimaydi. Bu bilan varvarlar san'atkori san'atning estetik imkoniyatla-rini yanada kengaytirdi.G‘arbiy Yevropa san'atkori antik tradisiyalarga qarama-qar V asrdan XIII asrgacha G‘arbiy Yevropada varvarlar san'a-tining tradisiyalari muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham bu davr varvarlar san'ati davri deb, Merovinglar dinastiyasi hukmronlik qilganligi uchun ba'zan merovinglar san'ati davri deb ham ataladi (bu termin ko‘proq Fransiya san'atiga nisbatan qo‘llaniladi). Ilk «varvar» me'morligiga oid yodgorliklar kam saqlangan. Shuning uchun bu san'at haqidagi ma'lumotlarni adabiy man-balardan olamiz. Ma'lumotlarga ko‘ra, binolar yog‘ochlardan qu-rilgan bo‘lib, o‘ymakorlik bilan bezatilgan. Xristian dini qabul qilinishi bilan bu yerda ham bazilika tipidagi binolar qurilishi rivojlana borgan. Qurilishda tosh va g‘ishtlardan foydalanila boshlangan. Shunday dastlabki yodgorlik Raven-nadagi qirol Teodorix maqbarasi edi. 526—530 yillarda qu-rilgan bu maqbara ko‘rinishi jihatdan birmuncha qo‘pol bo‘l-sa-da, sodda, salobatli va vazminligi bilan yaxshi taassurot qoldiradi.Varvarlar madaniyatida ornamental-dekorativ san'at keng o‘rinni egalladi. Uning ta'siri rassomlik (kitob miniatyura-si), haykaltaroshlikda ham seziladi. Asarni naqsh kompozisiya-sidagi chiziq plastikasi, massa ritmi va jimjimadorligiga o‘xshatib ishlaydilar. Bu xususiyat buyumlarni stillashtirishni taqozo etadi. Natijada, hatto odam tasviri ham tomoshabin ko‘z o‘ngida naqsh elementi sifatida namoyon bo‘ladi. Yevropa miniatyura maktabi bo‘lgan Niderlandiyada ishlangan surat-larda ham shu xususiyat yaqqol ko‘rinadi.Uymakorlik va amaliy-bezak san'ati Skandinaviyada ri-vojlandi. Uy buyumlari, mehnat va jang qurollari ham ser-jilva o‘yma naqshlar bilan bezatildi. VIIIasrning so‘nggi choragi, IXasrning birinchi yarmida Buyuk Karl, o‘rta asrda birinchi kuchli imperiyani barpo etadi. Bu imperiya davridagi san'at «korolinglar» san'ati deb nom-lanadi. Uning gullagan davri IX asrning birinchi yarmi va o‘r-talariga to‘g‘ri keladi.Korolinglar davri san'ati antika an'analarini o‘zlashti-rish, merovinglar va normandlar san'ati hamda sharq xalq-lari, birinchi galda, Suriya san'atidan ta'sirlanish va taqlid qilish natijasida kamol topdi. Bu xususiyat me'morlik, tas-viriy va amaliy san'atda o‘z ifodasini topdi. Buyuk Karlning Aaxendagi VIII asrda qurilgan kapellasi o‘z xarakteri jiha-tidan shu yerda qurilgan San Vitalliy cherkovini eslatadi. Lekin ko‘rinish jihatidan unga nisbatan qo‘pol va salobatli. Korolinglar davrida markaziy qubbali cherkovlar qurilishi keng yoyildi. Yuqorida nomlari aytilgan cherkovlar shu tipga mansubdir.Yezuv manbalariga ko‘ra, korolinglar davrida saroy, cherkov va monastirlar devori al'-fresko va mozaika texnikasidagi suratlar bilan bezatilgan. Saqlanib qolgan ayrim bino devo-rining suratlari bu ma'lumotlarni to‘ldirib, bu suratlarda Sharq va ilk xristian davri san'ati ta'siri borligini ko‘r-satadi. Bu suratlarda voqelik real shakllarda, yorqin bo‘yoq larda ishlangan. Ayniqsa, ko‘k va oltin rang ko‘p ishlatilgan. Korolinglar davri rassomligi, uning xarakteri va mazmuni to‘g‘risida kitoblarga ishlangan mipiatyuralar ko‘pgina ma'-lumotlar beradi. Guashda ishlangan bu suratlar dmn ideologiya-si bilan bog‘liq bo‘lib, kompozisiyasi va koloritining dekora-tivligi bilan ajralib turadi. Kumush va oltindan buyumlar ishlash borasida ham jiddiy yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Bron-zadan ishlangan haykal mavjudligi bu davrda quyish san'ati rivojlanganligidan dalolat beradi. Yog‘ochdan ishlanib, uning yuzasi yupqa mis plastinkasi bilan qoplangan haykallar ham diqqatga sazovor bo‘lib, korolinglar davrida bu sohada ham yuksaklikka erishilgan SEMINAR MASHG’ULOTI YUZASIDAN SAVOLLAR 1.Vizantiya san'atida amaliy san’atning o’rnini izohlang. 2. Janubiy slavyanlar san'ati hususiyati nimada? 3. Bolgariya san'atida qaysi san’at etakchi edi? 4. Serbiya va Makedoniya san'atini izohlang. 5. Kavkaz xalqlari san'atining o’ziga hosligi nimada? 6. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa varvarlar qirolligi va Franklar Pmperiyasi davri san'atini izohlang. Download 68.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling