O’rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi


Download 474.17 Kb.
bet25/58
Sana12.07.2023
Hajmi474.17 Kb.
#1659924
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Misol:

  1. Qiymatlari Metrik Konvensiya mamlakatlari o’rtasidagi kelishuv bo’yicha qabul qilingan va aniq o’lchashlar asosida belgilangan reper nuqtalar qatoridan tuzilgan Xalqaro harorat shkalasi haroratni o’lchash uchun boshlang’ich asos bo’lib xizmat qiladi.

  2. Vaqt intervallari shkalasi. Vaqt intervallari shkalasi bo’yicha oraliqlarni (intervallarni) qo’shish (ayirish) va bir interval ikkinchisiga qaraganda qanchaga katta (kichik) ekanligini taqqoslash mumkin, lekin qandaydir hodisa vaqtini qo’shishning hech qanday ma’nosi yo’q.

  3. Uzunlik shkalasi (uzunlik o’lchovlari: chizg’ichlar, ruletkalar, kalibrlar, qisqichlar (hupo’) va h.k.).

  4. Selsiy, Farangeyt, Reomyura va boshqa harorat shkalalari.

Nisbat shkalasi, bularda:

  • ekvivalentlik munosabati qo’llaniladi;

  • «katta-kichik» turidagi tartib munosabatlari qo’llaniladi;

  • jamlash munosabatini qo’llash mumkin;

  • bir qiymatli, nolning tabiiy kriteriyasi mavjud;

  • kelishuv bo’yicha belgilangan o’lchashlar birligi mavjud;

Misol:

  1. Massa o’lchovlari:

  2. Harorat shkalasi MTSh-90 ning reper (tayanch)nuqtalari.

  3. Radionuklidlar aktivlik o’lchovlari, energetik o’lchovlar va boshqalar.

Absolyut shkalalar, bularda:

  • ekvivalentlik munosabati qo’llaniladi;

  • qatorlar munosabati (masalan, «katta-kichik») qo’llaniladi;

  • proporsionallik munosabati qo’llaniladi;

  • bir qiymatli, tabiiy nol kriteriyasi mavjud;

  • o’lchash birligi tushunchasi mavjud.

Misol:

  1. Kuchaytirish va kuchsizlantirish koeffisientlari.

  2. Tebranma tizimning aslligi (dobrotnost).

  3. Foydali ish koeffisienti, aks ettirish koeffisienti, amplituda modulyasiya koeffisienti va boshqalar.

Etalonlar va shunday turdagi o’lchashlar mavjudki, ular shkalani bevosita qayta tiklaydi va ularda o’lchash birligi degan tushunchani qo’llash o’rinli emas. Bunday turdagi o’lchashlarga, masalan juda keng tarqalgan (xalqaro miqyosda) fotomateriallarning yorug’ sezuvchanlik sonlari shkalasi bo’yicha, jism qattiqligini sonli shkalasi bo’yicha o’lchashlar misol bo’la oladi. Ranglar atlasini qo’llash bilan belgilangan shkalalarda ranglarni o’lchash keng tarqalgan bo’lib, bularda ranglarni namunasi ularni nomi bilan yoki shartli nomerlar bilan belgilangan bo’ladi.
Bulardan tashqari maxsus etalonli qurilmasiz xalqaro shkalalar ham mavjud, masalan er qimirlashi kuchining xalqaro shkalasi, Bofort bo’yicha shamol kuchini balli shkalasi va x.k.
Demak:

  1. shkala etalonsiz bo’lishi mumkin, lekin etalon shkalasiz bo’lishi mumkin emas;

  2. shkala o’lchov birligisiz bo’lishi mumkin, lekin o’lchov birligi shkalasiz bo’lishi mumkin emas.

Bularni hammasi shunday ma’noni bildiradiki, metrologiya «o’lchashlar shkalasi», «o’lchashlar birligi» tushunchasiga nisbatan umumiy va fundamental tushuncha hisoblanadi.
Ba’zi hollarda, amalda, kattalik qiymatini bir shkaladan boshqasiga o’tkazish zarurati tug’ilib, uni quyidagi ifoda bo’yicha amalga oshiriladi:




-X

- y1

y = (x - х) y2
X2



bu erda x va u - birinchi va ikkinchi shkalalardagi nuqtalar;
x1, x2, u1, u2 - shkaladagi birinchi va ikkinchi reperli (tayanch) nuqtalar.
Savol va topshiriqlar

  1. Kattalik nima?

  2. Kattalikning sifat va miqdor tavsiflarini keltiring.

  3. Kattalikning o’lchamligi deganda nimani tushunasiz?

  4. Hosilaviy kattalikning o’lchamligini aniqlashda qanday qoidaga rioya qilinadi?

  5. Kattalikning o’lchami va qiymati deganda nimani tushunasiz?

  6. Kattalikning birligi deb nimaga aytiladi?

  7. Birliklar va o’lchamlarni yozish va belgilash qoidalarini tushuntirib bering.

  8. Kattalik shkalasi deganda nimani tushunasiz?

  1. BOB. O’LCHASH USULLARI VA VOSITALARI

  1. O’lchash turlari va usullari


Download 474.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling