O’lchash usuli. O’lchash qonun-qoidalari va o’lchash vositalaridan foydalanib, fizikaviy kattalikni uning birligi bilan solishtirish yo’llari. Yuqorida ko’rsatilganidek, bevosita o’lchashlar boshqa barcha o’lchash turlarining asosi hisoblanib, shu sababli o’lchash usullari bevosita baholash va o’lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usullariga bo’linadi.
Amalda keng tarqalgan, eng sodda va operatordan yuqori malaka talab qilmaydigan usul - bevosita baholash usuli hisoblanadi. Lekin bevosita baholash usuli o’lchashning yuqori aniqlikda bajarilishini ta’minlamaydi.
Bevosita baholash usuli - kattalikning qiymati bevosita o’lchash asbobining ko’rsatishiga qarab to’g’ridan-to’g’ri
aniqlanadigan o’lchash usulidir. Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o’lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini o’lchash.
Usullar ichida eng murakkab, lekin eng aniq usul - o’lchov bilan taqqoslash usuli.
O’lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - o’lchanayotgan kattalikni o’lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan, tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O’lchov bilan taqqoslash usulining o’zini bir nechta turlari mavjud:
Ayirmali o’lchash (differensial) usuli - o’lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o’lchanayotgan kattalikning va o’lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini (farqini) o’lchash asbobiga ta’sir qilish usuli.
Misol: Uzunlik o’lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o’lchov bilan taqqoslab o’tkaziladigan o’lchash. Yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o’lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma’lum, ikkinchisi esa
izlanayotgan kattalik hisoblanadi.
AU = UQ - Ux. Ux = U0-AU
;
Ux bilan U0 qanchalik yaqin bo’lsa, o’lchash natijasi ham shunchalik aniq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |