§ O‘tqaziladigan mashg'ulotlar mazmuni
Har bir mashg‘ulotda plastmassadan yasalgan o‘yinchoqlar, sabzavotlar, mevalar, poliz ekinlarining maketlari, har xil o‘l- chamli va rangli geornetrik shakllar (doirachalar, uchburchaklar, kvadratlar) to'plami, sanoq cho‘plari va boshqa didaktik materiallar bo4ishi shart.
Matematika mashg'ulotida qo‘llanadigan ko‘igazmali qurollar (ta’lim vositalari)ning turi ko‘p. Tajribali o‘qituvchilar yoki tarbiyachilar deyarli hamma mavzular bo‘yicha yetarli miqdorda ko‘rgazmali qurollar zaxirasiga ega bo‘ladilar va ulardan o‘rinli foydalanadilar. Shuningdek, mashg‘ulot rejasini tuzishda ham aniq maqsad bilan unumli harakat qiladilar. 1 soatlik mashg‘ulot mazmunini bayon etish uchun mashg‘ulot tarkibini (bosqich- larini) sanab ko‘rsatamiz.
Mashg‘ulot maqsadi:
ta’limiy (bilim, ko‘nikma, malakalar);
tarbiyaviy (axloq, odob, intizom, madaniyat);
d) rivojlantiruvchi (aqliy, nutqiy, amaliyotga tatbiq etish, diqqat va hokazo).
Mashg‘ulot turi:
yangi mavzuni o'rganish (suhbat, hikoya, kuzatish, amaliy ish, masalalar);
o'rganilgan mavzuni takrorlash — mustahkamlash;
d) aralash mashg‘ulot.
Mashg‘ulot jihozlari (zarur ta’lim vositalaridan 1—2 tasi ko‘rsa- tiladi).
Mashg‘ulotning borishi (bosqichlari).
Mashg‘ulotni tashkil etish (davomatni aniqlash, bolalarning tashqi qiyofasiga, mashglulot olib boriladigan xonaning ozodaligiga e’tibor berish; uy vazifasini tekshirish, bolalar bilimini hisobga olish).
0‘rganilgan mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu ustida ishlash.
Mashg‘ulotni yakunlash.
Mashg‘ulot rejasining andozasi ma’lum darajada mukammal bo‘lib, ba’zi tarbiyachi-o‘qituvchilar uchun tayyorlov guruhi yoki iqtidorli, qobiliyatli bolalar bilah mashg‘ulot olib borish namu- nasini keltiramiz. Lekin har bir mashg‘ulot uchun rejani bunday to‘liq o‘qish shart emas. Chunki mashg‘ulotning maqsadidan kelib chiqib, o‘qituvchi tanlagan mashg‘ulot turiga ko‘ra va o‘quv materialining mazmuniga qarab mashg‘ulotning tartibi o‘zgarishi mumkin. Ayrim qismlar mutlaqo tushib qolishi mumkin va hokazo.
Mashg‘ulot tarkibidagi har bir band iloji boricha qisqa va lo‘nda ifodalanishi kerak.
Mashg‘ulotning jihoziga ham ko‘p narsani qayta-qayta sanab o‘tmasdan, ,,ishlaydigan“ vositalarni jalb etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kuzatuvlar va tajribalarning ko‘rsatishicha, mashg‘ulot rejasida ko‘pincha o‘qituvchilar mashg'ulotning ta’limiy maqsadini hisobga olib, tarbiyaviy maqsad bilan rivojjantiruvchi maqsadni „unutib" qo‘yadilar.
Quyida bog‘cha tayyorlov guruhlarida matematikadan olib boriladigan mashg‘ulotlar uchun ayrim mashg‘ulotlar rejasini namuna sifatida keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |