O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulot turi.
§ Jonajon maktab
Mashg'ulotning maqsadi: maktabga ilk bor qadam qo‘ygan kunidan boshlab bolalarda „Jonajon maktab“ga mehr-muhabbat, matematika faniga qiziqish uyg‘otish; bolalarga yangi o‘quv yili 0‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami kunidan boshlanishi haqida ma’lumot berish; d) bolalarni bilimdon, zukko bo‘lishga undash. Mashg'ulot turi. Aralash, ertak, savol-javob, suhbat. Mashg'ulot jihozlari: magnit taxtacha; mustaqillik madhiyasini ifodalovchi rasm; vatan, jonajon maktab tasvirlangan mavzuga mos rasm. Mashg'ulotning borishi: Mashg‘ulotni tashkil etish. Yangi mavzu ustida ishlash. Mashg‘ulotni 1991-yil 1-sentabrda 0‘zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e’lon qilinganligi, shu bois har yili 1- sentabrda Mustaqillik bayrami nishonlanishi haqida tushuncha berishdan boshlab, bolalarning e’tiborini mashg‘ulotdagi rasmgajalb etish. Bolalar xotirasida „Jonajon maktab“ haqida yoqimli taassurot qoldirish uchun suhbatni „Sizlarga „Sehrli saroy“ ertagini aytib beraman“, — deb boshlash mumkin boiladi. Rasm daftar Mo’yqalam Bo‘yoq „Bor ekan-da, yo‘c ekan, qadim zamonda bir ona va uning bir o‘g‘li bor ekan. 0‘g‘il yetti yoshga to‘lganda onasi uni bir saroyga boshlab boribdi. Bu oddiy saroy emas, balki sehrli saroy ekan. Sehrli saroyning katta eshiklaii bor ekan. Uning derazalari ko‘p, xonalari yorug‘, yo‘laklari uzun va chiroyli ekan. Shunda onasi o‘g‘liga: „Bolaginam, men seni mana shu saroyga olib keldim. Sen bu saroyda 9 yil o'qiysan. Undan keyin esa boshqa eshikdan chiqasan. O‘g‘lim, katta bolgarnngda, chiroyli, aqlli va ko‘p narsani biladigan dono bola boNasan. Ayniqsa, matematika mashg'ulotlaridan sanashni, masala yechishni, turli xil shakllami o‘lchashni o'rganib olasan“, — debdi onasi. — „Bolalar, bu qanday saroy ekan-a?“ — deb savol-javob qilinadi. (Bu jonajon maktab, ilm olish maskani). — Endi mashg‘ulotdagi rasmga e'tibor bilan qarang so‘ng ko‘rganlaringizni so‘zlab bering. — Sumka nima uchun kerak boiadi? (Sumkaning ichiga o‘quv qurollari solinadi). — Rasm daftar nima uchun kerak? Bu daftar-chi? (Rasm daftarda rasm chizishni o‘rganami'z). Mashg‘ulotni yakunlash. Hikoyaga xulosa yasab, quyidagilami bayon etish mumkin: „Vatanni sevmoq iymondandir. Vatan so‘zi yoniga ona so'zini qo‘shib aytamiz, bu bilan Vatanni onaga qiyoslaymiz. Ona Vatanga mehr qo‘yish, jonajon maktabga mehr qo‘yish bilan barobardir". Mashg‘ulot davomida faol ishtirok etgan bolalar rag'batlantiriladi. Rasmga qarab hikoya aytishni mashq qilish. Maktabga ilk bor qadam qo‘ygan bolajonlarimizda jonajon maktabga mehr uyg‘otish uchun mehribon ustozlar bor. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling