§ Tovushlarni sanash
Mashg‘ulotning maqsadi. Bolalarni narsalar, tovushlar va harakatlarni sanashga o‘rgatish.
Yangi mavzuni o‘rganish.
Mashg‘ulot jihozlari:
ko‘rgazmalar;
musiqa asboblari, o‘yinchoqlar;
d) rasm daftari.
Mashg‘ulotning borishi:
Mashg‘ulotni tashkil etish.
Mashg‘ulotning borishi. Bolalarning e’tiborini rasmga qaratib: „Unda nimalarni ko‘ryapsiz?“, — degan savol orqali yangi mavzu bilan tanishtiriladi. Rasmdagi bolalarga ism qo‘yib, harakatlari haqida so‘zlab berishlari lozim. Masalan: „Dilshod childirma chalyapti, Gulnoza raqsga tushayapti", deb so‘zlab berishlari kerak. Bu musiqaning tovushini eshitgan bulbul ham sayrab yuboradi deb shoxdagi bulbullar rasmini ko‘rsatish kerak. „Bolajonlar, bulbulning ovozini eshitganmisiz? U erta bahorda
//О
kelib, bog‘lordo sayrab, hammaning dilini xushnud etadi“, — deb tushuncha beriladi.
— Bolajonlar, ko‘rgazmaga yaxshilab qarang, qanday musiqa asboblarini ko‘ryapsiz, ular qanday tovush chiqaradi? Shu haqda gapirib bering.
— Kimning xonadonida bunday musiqa osboblori bor?
Musiqa asboblarining tovushi har xil ekanligi haqida gapirib beriladi.
Daftarbilan ishlash. Mat ematika daftari kataklardkn iborai ekanligi, chizilgon hadfl orqoli laaishtirilabi. „Uni doftorgo chizish uchun biz qolam ushlosh qc^t^ni o‘rgoaihhimiz kerak“. Qolom
ushlash uchun uch barmoq ishlatilishi zarurligini ko‘rsatib tushuntiriladi. So‘ng ko'rsatilgan shakl, elementlarni daftarga bo'yab, ko'rsatib beriladi. Mashg'ulot davomida qiynalgan bolalarning qo‘lidan ushlab, bo'yashi kuzatiladi.
Dam olish daqiqasida „Besh barmoq“ o'yini o‘ynaladi.
Bosh barmoq maktabga boraman deydi, Ko'rsatkich barmoq men ham qolmayman deydi, O‘rta barmoq qo'shiq aytaman deydi, Yordamchi barmoq rasm solaman deydi, Kichkina barmoq dono bo‘laman deydi.
Javob olingandan keyin, bolalar diqqatini ularning rangiga qaratish lozim.
Mashg'ulotni yakunlash. Musiqa asboblari, rasm daftari bilan tanishib chiqilganidan so‘ng, bolalarning javoblari rag‘batlan- tiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |