O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi


§. Balandda,pastda, yuqorida, tagida


Download 2.5 Mb.
bet67/84
Sana27.10.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1727729
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84
Bog'liq
12bolalardamatematikpdf

§. Balandda,pastda, yuqorida, tagida

Mashg‘ulotning maqsadi. Bolalar ortiq, kam, ko‘p, teng, shuncha iboralarining ma'nosini chuqurroq anglashlari uchun amaliy mashg‘ulot o‘tkazish. Balandda, pastda, yuqorida, tagida mavzusi haqida tushuncha berish.
Mashg‘ulot turi. Suhbat, savol-javob, didaktik o‘yinlar orqali yangi mavzuni o‘rgatish.
Mashgiulot jihozlari:

  1. matematika daftari;

  2. o‘yinchoqlar;

d) sabzavotlar, mevalar maketi.
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Mashg‘ulotni tashkil etish.

  2. 0‘rganilgan mavzuni mustahkamlash. Bolalar o‘rganilgan mavzuni qanchalik o‘zlashtirganliklarini sinash maqsadida o‘yinchoqlar, masalan: sabzavotlar, mevalar, o‘quv qurollari yordamida savol-javob o‘tkazish.

  3. Yangi mavzu ustida ishlash. Bolalarga balandda, pastda, yuqorida, tagida so‘zlari haqida tushuncha beriladi. Bolalar diqqatini rasmga jalb qilib, suhbat o‘tkaziladi. Bolalar ikkala rasmga qarab gapirib berishga o‘rganadilar:

— Yuqoridagi rasmda nima tasvirlangan, pastdagi rasmda-chi?
— Hovliga qo‘yilgan topchanda kimlar o‘tiribdi?
— Yuqori tomonda kimni ko‘ryapsiz?
— Sizning uyingizda yuqorida kimlar o‘tiradi, keyin kimlar o‘tirishi kerak?
Ota-onalarning hurmatini joyiga qo‘yish kerakligi haqida gapirib, mavzuning tarbiyaviy tomoniga ham ahamiyat beriladi.
Pastki rasmda esa yoz faslidagi bog‘ ko‘rinishi tasvirlangan.
— Bog‘da nimalarni ko‘ryapsiz? Nimalar pishgan?



— Bolalar nima bilan shug‘ullanishmoqda?
— Bolalar terilgan olmalarni nimalarga joylashtiryaptilar?
Bolalar og‘zaki masala tuzib yechishga o'lgatiladi. Masala tuzishda ular, albatta, balandda, pastda, yuqorida, tagida kabi tushun- chalarni o‘z o'rnida qo'llay olishlari kerak bo'ladi. Rasmga qarab suhbat o'tkazayotganda rasmdagi har bir bolaga ism qo‘yib, mavzuga moslab so'zlab berishlari zarur bo'ladi. Yangi mavzuni bolalar ongiga yetkazib berish har bir pedagogning ijodiy izlanishiga, mahoratiga bog'liqdir.
Bolalarni 2 guruhga bo‘lib, guruhlarga nom berib, o‘zaro musobaqa o'tkazish orqali ham mavzuni bolalar ongiga singdirish mumkin. ,,Orzu“ guruhi yuqoridagi rasmga qarab gapirib bersa, ,,Parvoz“ guruhi pastki rasmga qarab gapirib beradi. Yoki barcha bolalarni to'rt guruhga bo'lib, ,,Parvoz“ va „ Koinot“ guruhlari yuqoridagi, ,,Orzu“ va „Ona zamin“ guruhlari esa pastdagi narsalar haqida har bir rasm bo'yicha alohida hikoya qilishlari mumkin. Qaysi guruh mavzuga ko'proq ijodiy yondoshib, so'zlab berib, qiziqarli masalalar tuzsa, o'sha guruh g'olib hisoblanadi va yuqori ballga ega bo'ladi, deb tushuntiriladi. Rasmga qarab hikoya tuzish.

  1. Mashg‘ulotul yak unlasn. Mavhuni umumlashtisish. Faol qatnashgan bolalarni rag‘batlantirish.


  1. Download 2.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling