O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi м. E. Jumayev bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi
Download 2.5 Mb.
|
12bolalardamatematikpdf
§. Ketma-ketlik tarttbi
Mashg‘ulotning maqsadi. Bolalarning narsalar, tovushlar va harakatlarni sanash haqida olgan bilimlarini mustahkamlash, ketma-ketlik tartibi haqida tushuncha berish, bu tushunchalarni mashg'ulotlar jarayonida puxtalab borish. Mashg'ulot turi. Aralash. Mashg'ulotning borishi: Mashg‘ulotni tashkil etish. 0‘rganilgan mavzuni mustahkamlash. 0‘rganilgan mavzu yuzasidan egallangan bilimlami mustahkamlash; tarbiyachi bir maromda chapak chaladi, qaysi boladan so‘rasa, o‘sha bola chapaklar sonini aytib berishi lozim; bir bola orqasini o'girib turadi, ikkinchi bola tovush chiqa- radi, birinchi bola kimning ovozi ekanligini topib, nomini aytadi; d) koptoklarni, hayvonlarni, parrandalarni bittadan sanatib, narsalar va ularning tovushi haqida egallagan bilimlarini mustahkamlash mumkin Yangi mavzu ustida ishlash. Bolalar diqqatini rasmga qaratib, suhbat olib boriladi. Birinchi qatordagi rasmda ot, ketidan sigir, sigirning ketidan echki, echkining ketidan o‘rdak kelayotganligini ko‘rsatib, narsalarning ketma-ketlik tartibi tushuntiriladi. — Ularni umumlashtirib nima deyish mumkin? Hayvonlardan tashqari yana nimalarni ko‘ryapsiz? G'oz bilan jo'ja hayvonlar turkumiga kiradimi? Kirmasa, unda nima deyiladi? Rasmda ko‘rsatilgan hayvonlar qanday hayvonlar deyiladi? Uy hayvon- laridan tashqari yana qanday hayvonlarni bilasiz? Yowoyi hayvonlar qayerda yashaydi? Kim hayvonot bog'iga borgan? Qanday taassurot olgansiz? Kimning uyida qanday hayvon bor? Nomlarini ayting, ularning inson uehun qanday foydasi bor? Shular haqida tushuneha beriladi. — Ikkinehi qatordagi rasmda nimani ko'ryapsiz? Yana qanday mevalarni bilasiz? Mevalardan nimalar tayyorlanadi? — Uchinchi qatordagi rasmda nimalarni ko'ryapsiz? Ularni umumlashtirib nima deb nomlash mumkin? Nima uchun uchbur- chak deyiladi? Rasmga qarab shakllarning ketma-ketlik tartibini aytib bering. Javohir bilan Aziza nima qilyapti? Sinfdagi bolalar ishtirokida „Nima o‘zgardi?“ o‘yinini o‘tkazish mumkin. Bu o‘yinni o'ynash bolalarni sezgir bo‘lishga o‘rgatadi. Masalan, ketma-ket turgan narsalarning o‘rnini bir daqiqada o‘zgartirib: „Nima o‘zgardi, aytib bering“, deyish mumkin. Shu yo‘sinda bolalardagi narsalarning ketma-ketlik tartibi haqida egallagan bilimlari mustahkamlanadi. Rasm daftar bilan ishlash. Doskaga geornetrik shaklni chizib ko‘rsatadi. Havoda chizib mashq qilinganidan so‘ng, daftardagi figuralar bo‘yaladi. Mashg'ulotni yakunlash. Mashg‘ulot davomida ffeol qatnash- gan bolalar rag‘batlantiriladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling