O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi u. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Moliyaviy hisobotni taqdim etish davriyligi


Download 0.53 Mb.
bet89/145
Sana22.03.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1286694
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   145
Bog'liq
195ZPnZOCenxEeQeOox6bzWyCkhoXF1V

Moliyaviy hisobotni taqdim etish davriyligi



Moliyaviy hisobot shakli

Taqdim etishning







davriyligi

























Buxgalteriya balansi – 1-shakl

har

chorakda
















moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot –2-shakl

har

chorakda













asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot – 3-shakl

yillik
















pul oqimi to‘g‘risida hisobot – 4-shakl;

har

yarim yillikda













xususiy kapital to‘g‘risida hisobot – 5-shakl;

yillik













izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar

yillik
















tushuntirish xati






















Choraklik moliyaviy hisobot hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmasdan taqdim etiladi. Yarim yillikning moliyaviy hisoboti shu yilning 25-iyulidan kechikmasdan taqdim etilishi kerak.


Bir shaharda joylashgan korxonalar tomonidan moliyaviy hisobotni taqdim qilish muddati uni aynan taqdim qilingan kun hisoblanadi, boshqa shahardagilar uchun esa jo‘natilgan va aloqa bo‘limi muhri bilan belgilangan kun hisoblanadi.


Moliyaviy hisobotni taqdim etish kuni ish bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan paytda, taqdim etish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga ko‘chiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ba’zi-bir xo‘jalik sub’ektlari uchun bu xo‘jalik subyektlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, ulardagi hisob ishining murakkabligini (shu bilan birga avtomatlashtirilganlik darajasini) o‘rganib chiqqandan keyin choraklik va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi (1- son BHMA, 64-band).



188


Bunda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi agar xo‘jalik subyektida hisob ishi avtomatlashtirilmayotgan va shu sababli moliyaviy hisobot yuqorida ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmayotgan bo‘lsa, u holda hisobotni taqdim etish muddatini uzaytirishni rad etishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobotning tayyorlanishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida topshirilishi uchun javobgarlik buxgalteriya hisobini tashkil qiluvchi xo‘jalik subyekti rahbarining zimmasiga yuklatiladi.




19.6. MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLAR VA RENTABELLIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH

Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z harakat doirasida va uning ta’sirida rivojlanishi, qayta tashkil etilishi yoki bankrot bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda tashkil etilgan korxona yoki firma qatorida o‘z faoliyatini to‘xtatayotganlari ham uchrab turibdi. Bunga asosiy sabab raqobatdir. Raqobat – o‘zgaruvchanlikni, harakatchanlikni va yangilikni talab qiladi. Raqobatga bardosh berolmagan korxonalar o‘rnini boshqa shunday korxonalar band qilishadi.


1999-yil 26-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-masining 362-sonli qaroriga muvofiq «Korxonalarning iqtisodiy nochorligi belgilarini aniqlovchi mezonlar tizimi» qaytadan ishlab chiqildi. Korxonalarni bankrot deb e’lon qilish va ularni tugatish shartlari vakolatiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi qoshidagi «Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari bo‘limi» egadir. Bu bo‘lim tomonidan korxonani iqtisodiy nochor yoki bankrot deb e’lon qilishning tartiblari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, iqtisodiy nochor belgilarini aniqlash (tashxis qo‘yish)ning asosiy mezonlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi belgilangan:


– korxonaning to‘lovga layoqati va qoplash koeffitsientini o‘rganish;


– korxonaning moliyaviy mustaqillik darajasini baholash;


– uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarni, moddiy aylanma mab-lag‘larni manbalashning holati;


– o‘z va qarz mablag‘lari orasidagi o‘zaro nisbat darajalari;


– ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasi;


– asosiy va nomoddiy aktivlarning holat ko‘rsatkichlari;


– muddati o‘tgan qarz majburiyatlarining holati.



189


Bu ko‘rsatkichlarni o‘rganish orqali korxona va firmalarning iqti-sodiy nochorligini oydinlashtiruvchi savollarga javob beriladi, iqtisodiy nochorlik belgilarining bor yoki yo‘qligi aniqlanib, zarur bo‘lsa, bank-rotlik qarori qabul qilinadi. Iqtisodiy nochorlikni belgilashda foyda-laniladigan har bir koeffitsientning me’yorlashtirilgan chegaraviyligi belgilangan ushbu chegaraviylikdan o‘zgarishlar asosida korxona moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo‘yiladi.

Bugungi kunda foyda ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi korxona faoliyatiga beriladigan baho mezonidir. Ammo korxona faoli-yatiga baho berishda foyda ko‘rsatkichidan tashqari rentabellik ko‘rsatkichidan ham keng foydalaniladi.




Rentabellik daromadlilik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Ren-tabellik ko‘rsatkichi foizlarda aniqlanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida rentabellikning ko‘pgina turlari mavjud bo‘lib, quyida ularning eng asosiylariga e’tibor qaratiladi:


1. Mol-mulk rentabelligi:



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling