O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Quyosh sistemasi jismlargacha masofalarni aniqlash
Download 1 Mb.
|
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
Quyosh sistemasi jismlargacha masofalarni aniqlash
1. Quyosh sistemasiga kiruvchi jismlargacha (planetalar, Oy, mayda planetalar va hokazo) masofalar trigonometrik parallaks deyiluvchi metod yordamida topiladi. Biz geometriya kursida, borib bo’lmaydigan nuqtalargacha masofani aniqlash bo’yicha qo’llagan metodimizni esga olaylik. 29-rasmda S nuqtadan turib, daryoning narigi qirg’og’ida joylashgan A darahtgacha masofani topish kerak bo’lsin. Buning uchun daryoning biz turgan tomonida biror S nuqtani olib, AS ning uzunligini katta aniqlik bilan o’lchaymiz. Bu kesmaning uchlaridan V darahtga qarasak, unga tomon yo’nalishlarning (AV va SV) kuzatuvchining A dan S ga siljishiga mos ravishda siljishiga guvoh bo’lamiz. Qaralayotgan ob’ektga tomon yo’nalishining, kuzatuvchining siljishiga mos ravishda bu hilda siljishi, paralaktik siljish deyiladi. AS masofa esa bazis deyiladi. Bazisning ma’lum uzunligi va uning uchlaridan ob’ektga tomon yo’nalishlar bilan hosil qilgan A va S burchaklariga (o’lchashlar asosida ular oson topiladi). Ko’ra V darahtgacha masofa aniqlanadi. Endi Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalarni topish masalasiga kelsak, bunda bazis qilib Yer radiusi olinadi. Osmon jismidan (M) Yer radiusi uchlariga tortilgan to’g’ri chiziqlari orasidagi burchak parallaks burchagi deyiladi (30-rasm). Biror planetaning parallaks burchagini topish uchun bir vaqtda Yerning ikki nuqtasidan (K va S) uni kuzatish kerak bo’ladi. Bunda planeta, uzoqdagi yulduzlarning fonida parallaktik siljigan holda ikki (M1 va M2) nuqtalarda ko’rinadi. Planetaning parallaktik siljishi asosida p0 burchak topilib, unga tayangan holda, L-planetagacha masofa, MOK - to’g’ri burchakli uchburchakdan quyidagicha topiladi: bundan , bu yerda R0 -Er radiusini ifodalaydi. 2. Ayni paytda Quyosh sistemasi jismlarigacha masofalar radiolokasion metod yordamida ham juda katta aniqlik bilan topiladi. Bunda Yerdan birorta planetagacha yuborilgan signal (elektromagnit to’lqin) unga borib qaytib kelishi uchun ketgan vaqt t bo’lsa, u holda uning o’tgan yo’li 2L ekanini, hamda radioto’lqinning tarqalish tezligi yorug’lik tezligi s bilan bir hilligini e’tiborga olib, deb yozish mumkin. Bunda osmon jismigacha masofa ekanligi ma’lum bo’ladi. Huddi shu usul bilan Yerdan Quyosh sistemasi jismlarigacha bo’lgan masofalar, jumladan Quyoshgacha bulgan masofa (1 astronomik birlik=149598500 km) katta aniqlik bilan topilgan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling