O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Download 1 Mb.
bet20/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Nazorat savollari:
1.Ellips deb qanday yopiq egri chiziqqa aytiladi ?
2.Keplerning birinchi qonunini ta’riflang.
3.Keplerning ikkinchi qonunini ta’riflang.
4.Keplerning uchinchi qonunida planetaning davri orbitasining katta yarim o’qi bilan qanday bog’langan.\
5.Quyosh sistemasidagi biror jismning parallaks burchagi deb qanday burchakka aytiladi?
6.Quyosh sistemasidagi jismlargacha masofalar qanday topiladi ?
7.Radiolokatsion metod asosida osmon jismlarigacha masofalar qanday topiladi ?
8.Keplerning umumlashtirilgan III-qonuning matematik ifodasini yozib tushintiring ?
9.Quyosh sistemasi jismlarining massalari bu qonun asosida qanday hisoblanadi?
10.Quyosh massasi Yer massasi birliklarida qanday topiladi ?

Ma’ruza №8
Mavzu:Astronomiyada uzunlik o’lchash birliklari .Yerning radiusini hisoblash usullari.


Reja:

  1. Astronomiyada uzunlik o’lchash birliklari .

  2. Quyosh sistemasi jismlarining o’lchamlarini aniqlash.

  3. Yerning radiusini hisoblash usullari.



Tayanch so’z va iboralar:
Xalqaro sistema , maxsus birliklar, Quyoshdan yergacha o’rtacha masofa, astronomik birlik, kometalar, yorug’lik yili , yorug’lik tezligi, parallaks, sekund, yillik parallaksi, parsen, Quyosh sistemasi, yulduzlar , galaktikalar, planeta radiusi, Yerning radiusi.


Astronomiyada uzunlik o’lchash birliklari .
Astronomiya uzunlikni xalqaro sistemada qabul qilingan birlikda (metrlarda) ifodalash har doim ham qulay bo’lmay , katta qiyinchiliklar bilan kechadi . Shuning uchun ham astronomiyada uzunlik , uning mavjud birliklaridan tashqari yana quyidagi maxsus birliklar bilan ham o’lchanadi :
1. Astronomik birlik (a.b.) – Quyoshdan yergacha bo’lgan o’rtacha masofa 149,6 million kilometrga teng. Bu birlikdan asosan , Quyosh sistemasidagi osmon jismlarigacha (planetalar , kometalar ,Oy va boshqalar) bo’lgan masofalarni ifodalashda foydalaniladi.
2. Yorug’lik yili (yo.y) –yorug’likning bir yilda o’tgan yo’li bilan xarakterlanadi . Bunday uzunlikni kilometrlarda ifodalash uchun bir yilda qancha sekund borligi topilib , so’ng’ra uni yorug’lik tezligiga (3 105km/s) ko’paytiriladi . Ma’lumki, 1 yildagi sekundlarning miqdori 365,2422 24 3600 s bo’ladi . Bu yerda 365,2422 bir yildagi kunlarning sonini, 24 – bir kundagi saotlar sonini , 3600 esa har saotdagi sekundlar sonini bildiradi . Bu sonlarni o’z-aro ko’paytirib ,1 yorug’lik yili (1yo.y.) 149,6 mln km ga bo’lsak ,1 yo.y. ning astronomik birlikdagi qiymatini topamiz . U 63240 a.b ga teng chiqadi .
3. Parsek (pk) – parallaks va sekund so’zlaridan olingan bo’lib yirik parallaksi (VIII, 7-§) 1 ga teng bo’lgan yoritgichgacha masofani ifodalaydi :

1pk = 3,26 yo.y. =206265 a.b. = 30,86 1012km


Odatda , uzunlikning yorug’lik yili parsek , kiloparsek (1000 pk) va megaparsek (Mpk = 106 pk) birliklari , Quyosh sistemasidan tashqaridagi osmon jismlarigacha (yulduzlar , yulduz to’dalari , tumanliklar va hokazo) masofalarni , shuningdek, tashqi gallaktikalar , galaktik to’dalarning o’lchamlarini va ularning orasidagi masofalarni o’lchashda ishlatiladi.





Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling