O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Uchish paytida kosmik apparatga (KA) ta’sir etuvchi kuchlar


Download 1 Mb.
bet23/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Uchish paytida kosmik apparatga (KA) ta’sir etuvchi kuchlar
Uchish paytida KA ga ta’sir etadigan eng muhim tabiat kuchlaridan biri- butun olam tortishish kuchidir. Moddiy jismlar orasidagi tortishish kuchi Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonuniga bo’ysunadi. Ma’lumki, uning matematik ifodasi:
(1)
bu yerda moddiy jismlar orasidagi tortishish kuchini, m1- va m2- ularning massalarini, r - ular orasidagi masofani ifodalaydi, proporsionallik koeffisienti G -esa gravitasion doimiylik deyilib, massalar kg larda, masofa m da, kuch N da ifodalanganda teng qiymat bilan o’lchanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, Nyutonning ikkinchi qonunidagi (F=ma) inert massadan farq qilib, bu yerda gap gravitasion (tortishish) massasi ustida boradi.
KA ning harakati paytida unga ta’sir etadigan boshqa bir kuch- atmosferaning qarshilik kuchidir. Uchish qancha kichik balandlikda (Yer sirtiga nisbatan) ro’y bersa, bu kuch shuncha katta bo’ladi, chunki balandlik kamaygan sayin atmosferaning zichligi ortadi. Bunday kuch aerodinamik kuch deyiladi. Atmosferaning yuqori qatlamida zichlik juda kam bo’lib (har kub sm da atigi bir necha yuz atom), KA uchishiga deyarli ta’sir qilmaydi va shuning uchun ham bunday hollarda, qarshilik kuchi hisobga olinmaydi.
Planetalararo bo’shliqda uchayotgan KA ga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan yana bir kuch bo’lib, u Quyosh nurlanishlarining bosim kuchidir. Agar KA ning massasi uncha katta bo’lmay, sirti sezilarli darajada katta bo’lsa, u holda Quyosh nurlarining bosim kuchi, uzoq uchishlarda yetarlicha katta bo’lib, uni albatta hisobga olishga to’g’ri keladi.
Kosmik fazoda KA ga kuchsiz bo’lsada ta’sir etadigan boshqa bir kuchlar elektr va magnit kuchlari deyilib, ular KA ning to’g’ri chiziqli harakatiga emas, balki og’irlik markazi atrofidagi aylanma harakatigagina ta’sir qiladi.


Vaznsizlik
Faraz qilaylik, kosmik fazoda erkin harakatlanayotgan KA ga ma’lum momentdan (ma’lum zaruriy tezlikka erishgach) ilgarilanma harakat (aylanishsiz) ta’minlandi. Bunday harakatda, jismning barcha nuqtalari bir xil tezlik bilan harakatlanishini tushunish qiyin emas. Endi kosmik kema turli alohida qismlardan tashkil topgan deb va KA ga faqat osmon jismlarining tortishish kuchi ta’sir etadi deb qaralsa, uning barcha qismlari (detallari)ning tezligi bir xilligicha qoladi, bordi-yu o’zgarganda ham hammasiniki bir xilda o’zgaradi. Chunki gravitasion tezlanish harakatlanayotgan jismning o’zining massasiga bog’liq bo’lmaydi:

bu yerda M- KA detallarini tortayotgan jismning massasi (detallarniki emas!), r -KA detallarining tortayotgan (M) jismdan uzoqligi bo’lib, ularning barchasi uchun bir xil deb qarash mumkin. Bu yerdan KA detallarining traektoriyasi bir xil bo’lib, fazoda ular tarqab ketmasligini ko’rsatadi. Binobarin KA alohida detallari orasida bosim vujudga kelmaydi, ya’ni bir-biriga nisbatan vazni yo’qoladi. Kosmonavt o’zi o’tirgan kresloga bosmaydi, osilgan lampa щnurga taranglik berib tortmaydi, qo’yib yuborilgan qalam stolga tushmay muallaq qoladi va hokazo, chunki ularning barchasining tezligi va tezlanishi bir xil bo’ladi. Kema kabinasi ichida pol, ship degan so’zlarning ma’nosi yo’qoladi. Kema ichida jismlarning harakatiga Yerning tortish kuchi «aralashmaydi».
Tashqi boshqa kuchlarning (tashqi muhitning qarshilik kuchi, tayanch reaksiya kuchi va boshqalar) paydo bo’lishi, vaznsizlikni yo’qotib, vaznlilik xolatini vujudga kelishiga sabab bo’ladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling