O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi


Quyosh fotosferasi: donadorlik va mash’allar


Download 1 Mb.
bet35/78
Sana18.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1584470
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi

Quyosh fotosferasi: donadorlik va mash’allar
Asosan ko’zning ko’rish chegarasida yotuvchi to’lqin uzunligidagi nurlarni chiqaruvchi Quyosh atmosferasining ostki qatlami fotosfera deb ataladi. Fotosfera teleskoplar yordamida kuzatilganda, u oddiy ko’z bilan kuzatiladigan ravshan disqdan katta farq qiladi. Yirik teleskoplar yordamida olingan Quyosh tasvirida ko’zga yaqqol tashlanadigan narsa, uning sirtidagi asarlari uyasini eslatuvchi donadorlikdir (60-rasm). Bunday donadorlik fanda granulasiya deb ataladi («granula» - mayda dona demakdir). Keyingi yillarda donardorlikning aniq rasmlari mahsus ballonlar yordamida stratosferaga uchirilgan Quyosh teleskoplari yordamida olindi. Bu rasmlar yordamida granulalarning ravshanligi, «yashash» davri va spektral o’rganishga doir ko’p yangi ma’lumotlar olindi. Granulalarning o’rtacha kattaligi 500 kilometrcha bo’lib, aslida 200 kilometrdan 700-800 kilometrgacha kattalikdagilari uchraydi.
Fotosfera granulalardan tashqari zanjirsimon shu’lali sohalar ham teleskoplarda hosil bo’lgan Quyosh tasvirida ko’zga tashlanadi (61-rasm). Bunday sohalar ma’allar deb ataladi. Mash’alar, asosan, Quyosh dog’lari bilan birgaliqda uchraydi.
Mash’allar faqat Quyosh diskining chekkalarida bo’lib, uning markaziy qismida ko’rinmaydi. Bundan chiqadigan hulosa shuki, mash’allar yuqori qismi fotosferaga nisbatan ravshanroq bo’lib, ostki qismi fotosferadan sovuqroq bo’lgan ob’ektlardir. Mash’allarning yuqori qismida kuzatiladigan ravshanlik, undagi harorat fotosferanikiga nisbatan 100-200 gradusga issiqroq ekanligidan darak beradi. Mash’allar nihoyatda ulkanligi bilan e’tiborni jalb etadi. Ayrim mash’allar egallagan maydon - ko’ndalangiga- bir necha yuz ming kilometrgacha yetadi.


Quyosh dog’lari - magnit orollari
Quyosh fotosferasida kuzatiladigan, fizik tabiatni jihatidan jumboqlarga boy ob’ektlar – dog’lardir (62-rasm). Quyosh dog’larining kattaligi turlicha bo’lib, bir necha ming kilometrdan bir necha yuz ming kilometrgacha yetadi. 1858 yilda kuzatilgan quyosh dog’i – eng yirik dog’lardan biridir. Uning diametri 230 ming kilometr bo’lib diametridan 19 martacha katta bo’lgan. Agar Quyosh dog’larining kattaligi 40 ming kilometrdan ortiq bo’lsa bunday dog’larni Quyosh chidash oddiy ko’z bilan teleskopsiz yoki boshqa bir kuzatish asbobisiz bemahal kuzatish mumkin. Shuning uchun u ham ko’pgina qadimiy qo’lyozmalarda Quyosh mirtida dog’lar kuzatilganligi hikoya qilinadi. Birok qadimda hech bir kuzatuvchi bu dog’larning bevosita Quyoshga tegishli ekanligiga ishonmagan. Birinchi bo’lib, 1609 yilda dog’lar Quyoshning o’ziga tegishli ekanligini Padue universitetining professori Galileo Galiley o’zi yasagan teleskop yordamida kuzatib aniqladi. Shundan buyon o’tgan salkam 4 asr vaqt davomida Quyoshni o’rganish, Quyosh dog’lariga tegishli ko’p muammolarni, jumladan ularning paydo bo’lishi va rivojlanishi, fizik tabiatlariga doir qator muammolarni to’la bo’lmasa-da halq qildi. Odatda, Quyoshda dog’lar yakka holda juda kam uchraydi. Ular guruh- guruh holida ko’proq kuzatiladi. Malui guruhda bitta ko’pincha ikkita yirik dog’dan tashqari bir necha mayda dog’lar bo’ladi. Quyosh dog’larining yashash davri turlicha bo’lib bir necha kundan bir necha oygacha davom etadi. Bir necha oy davomida yashay oladigan (ya’ni Quyoshning bir necha aylanishida yo’qolmay turadigan) dog’lar ko’p uchramaydi.
Quyosh fizikasining yirik muammolaridan biri, undagi dog’lar sonining yillar mobaynida sistemali o’zgarib turishidir.
Quyosh dog’lari soniga tegishli qariyb 100 yillik materialni yig’ib va bir necha o’n yil ko’p havaskor astranomlar orasida sistemali kuzatishni yo’lga qo’ygan shveysariyalik olim Rudolf Volf Quyosh dog’lari soni o’zgarishning o’rtacha davrini 11, 1 yilga teng deb topdi. Quyosh dog’lari, Quyoshdagi eng aktiv jarayonlardan ekanligi va Quyosh atmosferasi qatlamlarida uchraydigan barcha boshqa aktiv hodisalar bilan genetik bog’lanishda bo’lganligi tufayli, Quyosh dog’lari sonining 11, 1 yillik davri - Quyosh aktivligi davri sifatida qabul qilinadi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling