Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari.
Davolash ishi ta’lim yo‘nalishining Umumiy amaliyot feldsher akusheri mutaxassisligi bitiruvchisi keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida:
Kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o‘quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi;
Kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erishish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirishi mumkin.
O‘qishga qabul shartlari.
O‘qishga qabul shartlari amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.
3.1. Bitiruvchining mutaxassislik faoliyat sohasi:
– Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filiallarida, shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish stansiya (bo‘lim)larida, ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarida, ilmiytekshirish institutlari klinikalarida;
- Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi davolash-profilaktika muassasalarida, QVP (qishloq vrachlik punkti) larda, tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat va Respublika tibbiyot muassasalarida;
Oilaviy poliklinikalarning shifokorxonasida, fizioterapiya va reabilitatsiya bo‘limlarida muolaja, operatsiya, emlash va registratura xonalarida;
Akusherlik va ginekologiya bo’limlarida, aholi sog‘lig‘ini saqlash va bemorlarga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshiradi.
3.2. Bitiruvchining kasbiy faoliyati ob’ektlari
Bemorlar (yoshi, jinsi, millati, ijtimoiy holatidan qat’iy nazar);
sog‘lom aholi(bolalar, mehnatga layoqatlia holi, qariyalar, homilador, tug’uvchi va chilla davridagi ayollar,ishlab chiqarish korxonalari jamoasi);
davolash-tashxis, davolash-profilaktika chora-tadbirlarini olib borish va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish vositalari;
fizioterapiya va reabilitatsiya bo‘limlarida aholi sog‘lig‘ini saqlash va bemorlarga yo‘naltirilgan;
tibbiy hujjatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |