KK-8. Kechiktirib bo‘lmaydigan xolatlarda shifokorgacha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
KK-9. Muassasa va tashkilot rahbariyatiga kasbiy faoliyatni amalga oshirishda yuzaga kelgan muammo va masalalar haqida ma’lumot taqdim etish.
KK-10. Kasbiy faoliyatga oid jarayon bosqichlarini amalga oshirish maqsadida yuklatilgan va zifalarni samarali bajarish uchun ish joyini talab darajasida ta’minlanishiga erishish.
KK-11. O‘rnatilgan tartibda tibbiy hujjatlarni yuritish.
KK-12. Shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish stansiyasi (bo‘lim) feldsheri sifatida bemorlarga parvarish qilish tartiblarini o‘rgatish.
KK-13.Dori –darmonlar bilan ishlash bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
KK-14.Aholi orasida ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish ishlarini tashkil etish. KK-15.Homiladorlikni to‘g‘ri tashxislash, homilador va tuqqan ayollarni nazorat qilish.
KK-16.Tug‘ruqning turli davrlarida boshqarish, tug‘ruq asoratlarini oldini olish.
KK-17.Yangi tug‘ilgan chaqaloq parvarishini amalga oshirish.
KK-18. Bolalarning o‘sish va rivojlanishini baholash.
KK-19.Sog‘lom va bemor bolalarni parvarishlash va oqilona ovqatlantirish bo‘yicha maslahat berish.
KK-20.Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
KK-21. Turli yoshdagi bemorlarni sub’ektiv va ob’ektiv tekshiruvini amalg aoshirish.
KK-22. Davolash muolajalarini amalga oshirish va natijasini baholash.
KK-23. Tibbiy asboblarni sterilizatsiya uchun tayyorlash va sterilizatsiya qilish.
KK-24. Aholining turli qatlamlari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
KK-25. Shokga qarshi va tezyordamda bo‘lishi kerak bo‘lgan dori –darmonlar ro‘yxatini va ularni qo‘llanishini bilish.
KK-26. Kasbiy faoliyat doirasida o‘zvakolatlari, ma’suliyati va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning qonuniyligini anglash.
KK-27. Favqulotda vaziyatlar tushunchasini bilish favqulotda vaziyatlarda shikastlanganlarni tibbiy saralashni bilish.
KK-28. Favqulotda holatlarda jaroxatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish.
KK-29.Hayotga xavf tug‘diruvchi kasalliklar (holatlar)da bemorlarni shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlariga va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam tashkilotlariga transportirovka (evakuatsiya) qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |