O‘rta maxsus professional ta’lim darajasi mutaxassislik kodi va nomi: 50910201 – Fel’dshtr akusherlik ishi Kvalifikatsiya nomi: Umumiy amaliyot fel’dsher-akusheri toshkent 2022


Ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining mutaxassislik kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablar


Download 1.76 Mb.
bet5/42
Sana16.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1203243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
50910201 - Feldsher-akusherlik ishi MT.

4. Ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining mutaxassislik kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablar.
4.1.Davolash ishi ta’lim yo‘nalishining Umumiy amaliyot feldsher akusheri mutaxassisligi bitiruvchilari umumiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablar:
O‘rta tibbiy professional ta’lim bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak:
UK-1. Kelajakdagi kasbining ijtimoiy mohiyatini tushunish, tibbiyot sohasining o‘z kasbiga oid muhim ahamiyatlarini bilish.
UK-2. O‘zfaoliyatini tashkil etish, kasbiy vazifalarni echish usullarini aniqlash, ularning samaradorligini va sifatini baholash.
UK-3. Noan’anaviy vaziyatlarda xavf-xatarni mustaqil baholash va qarorlar qabul qilish.
UK-4. Kasbiy va shaxsiy rivojlanish hamda kasbga oid vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni izlash, tahlil qilish va baholashni amalga oshirish.
UK-5. Kasbga oid faoliyatni uning maqsadlari, mazmunlarini zamon talabiga moslab, zamonaviy texnologiyalarda no‘rinli foydalanishni amalga oshirish. UK-
6. Lavozimvazifalarnibajarishjarayonlarisifatiuchunmas’uliyatnio‘zzimmasigaolishvanazoratqilish
.
UK-7. Shaxsiy va kasbiy malakasini rivojlantirish vazifalarini mustaqil ravishda belgilash, mustaqil ta’lim olish bilan shug‘ullanish, ongli ravishda malaka oshirishni rejalashtirish.
UK-8. O‘zfaoliyatida aholi hayotini himoya qilish va malakali tibbiy hizmat bilan ta’minlash.
4.2.Davolash ishi ta’lim yo‘nalishining Umumiy amaliyot feldsher akusheri mutaxassisligi ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchi quyidagi kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak:
KK-1.Inson xayoti faoliyatining turli yoshlar davrlarida asosiy qonuniyatlari, odam organizmidagi fiziologik va patologik jarayonlar va ularni hayot tarziga ta’sirini bilish.
KK-2. Infeksion havfsizlikni ta’minlash (sanitar-gigienik va epidemiyaga qarshi tartib, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish).
KK-3. Kasbiy faoliyat doirasida profilaktik va davolash-diagnostik muolajalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish.
KK-4. Tibbiy asboblarni sterilizatsiya uchun tayyorlash va sterilizatsiya qilish.
KK-5. Kasalliklarni sabablari, rivojlanishini, kasalliklarning asosiy simptomlarini, bemorlarni yo‘naltirilgan xolda davolash usullari va prinsiplarini bilish.
KK-6. Kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini bilish.
KK-7. Bemor holatini baholash va nazorat qilish.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling