3.3.50910201–Davolash ishi ta’lim yo‘nalishining Umumiy amaliyot feldsher akusheri mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi qo‘yidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi:
turli yoshdagi bemorlarni sub’ektiv va ob’ektiv tekshiruvini amalga oshirish;
shaxsiy gigiena talablarini bajaralishini nazorat qilish;
shifokorgacha bo‘lgan tez tibbiy yordamni ko‘rsata bilishi, bemorlarni kuzatish va kasbiy faoliyat doirasida yordam ko‘rsatish;
tez tibbiy yordam brigadasi tarkibida chaqiruv joyiga etib kelish;
tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish;
davolash muolajalarini amalga oshirish, davolash choralari natijasini baholash;
qon guruhi va rezus omilini aniqlashda ishtirok etishi;
kasalliklarni oldini olish, barvakt aniqlash maqsadida profilaktik ko‘rik va dispanserizatsiya ishlarini amalga oshirish;
chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil qilish;
profilaktika emlash ishlarini tashkillashtirish;
davolash profilaktika muassasalarida ichki infeksiyaning oldini olish;
karantin guruxlarini tashkil etish, yuqumli kasalliklarni oldini olish;
hayotiy zarur ko‘rsatkichlarni o‘lchash (puls, arterialbosim, tana xarorati, nafas harakatlari);
aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda tibbiy muolajalarn bajarish;
barcha muolajalardan so‘ng infeksiya va epidemiyani oldini olish maqsadida sanitar qoida va me’yorlari tartibini bajarilishi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
tibbiy xizmat sifati va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tushunchaga ega bulish;
dorixonaga talabnoma to‘ldirish;
aholi orasida ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilishishlarini tashkil etish;
homilador, tuqqan va turli yoshdagi ayollar salomatligini nazoratga olish, parvarishini amalga oshirishi;
reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish shlarini tashkil etish;
homiladorlik va chilla davri patologiyalari yuzaga kelganda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;
favqulotda vaziyatlar, zaxarlanish, anafilaktik shok va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda shifokorgacha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
yuqumli kasalliklar uchoqlarida sanitar-epidemiya qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish; – kasalliklarni diagnostikasida qo‘llaniladigan zamonaviy apparatura va asbob uskunalarni ishlatish, ularni qo‘llashda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish;
bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dorimodda va tibbiyot asbob-uskunalar bilan ishlash; – bemor va uning oilasiga sog‘liqni saqlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ko‘nikmalarini o‘rgatish;
turli kasalliklarda reabilititsiya muolajalarini amalga oshirish;
fizioterapiya xonasi (bo‘limi) apparaturalari bilan ishlash, ularni qo‘llashda texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish; – tibbiy hujjatlar bilan ishlash.
–
Do'stlaringiz bilan baham: |