O‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 362.88 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot mustaqil ish Bozorov Laziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulk huquqi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI I-80-2 guruh talabasi Bozorov Laziz Latipovichning “Institutsional iqtisodiyot” fanidan tayyorlagan Toshkent 2023-yil Mulk huquqi va uning tarkibi. Reja: 1. Mulk huquqi 2. Mulk huquqining tarkibiy qismi 3. Majburiyat huquqi tushunchsi 4. Mulk huquqi turlari. Mulk huquqi – o`z egasiga unga tegishli mulkka nisbatan egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish bo`yisha vakolatlar beruvchi ashyoviy huquqdir. Jamiyatning iqtisodiy negizi—mavjud mulkchilik munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli mulk nafaqat yuridik mazmunga, balki iqtisodiy ma’noga ham ega. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat tomonidan insonlarga o‘ziga xos tarzda “taqdim etilgan” boyliklar har doim mulk bo‘lib kelgan. Mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmasligiga qarab, kishilarning jamiyatdagi mav’qi , aniqrog‘i ijtimoiy-iqtosodiy maqomi vujudga keladi. Mulkiy musobatlarsiz iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish jarayoni o‘z mazmuniga ega emas. Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni egallash, foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarning majmui sifatida ham ta’riflanishi mumkin. Mulk huquqi o‘z navbatida ikki ma’nodagi : ob’yektiv va sub’yektiv mulk huquqiga bo‘linadi. Ob’yektiv ma’nodagi mulk huquqi, deganda tabiat ashyolarini ijtimoiy o‘zlashtirishning mavjud zahiralarini, usullarini belgilash, tartibga olish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq me’yorlari yig‘indisi nazarda tutiladi. Sub’yektiv ma’nodagi mulk huquqi, deb ayrim shaxslar, hamda fuqarolarning ) ob’yektiv huquqi me’yorlari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi. Download 362.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling