O‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti
Mulk huquqi uch tarkibiy qismdan iborat
Download 362.88 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot mustaqil ish Bozorov Laziz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiyat huquqi
3. Mulk huquqi uch tarkibiy qismdan iborat:
1. mulkka egalik qilish; 2. undan foydalanish; 3. mulkni tasarruf etish. Egalik qilish huquqi – bu amalda ashyoga ega bo`lish, unga bevosita ta`sir o`tkazish imkoniyati. Egalik qilish huquqi qonuniy va noqonuniy bo`lishi mumkin. Foydalanish huquqi – bu ashyolar vositasida u yoki bu ehtiyojlarni qondirish, ashyodan uning foydali xususiyatlarni hamda daromadni olish huquqidir. Tasarruf etish huquqi- yuridik hujjatlar asosida ashyoning taqdirini tasarruf etish yo`lidagi qonuniy huquqlikdan foydalanish bo`lib ifodalanadi. Birgalikdagi mulk. Bunda birgalikdagi mulk ishtirokchilari mulkdorlari ulushlarini aniqlamagan holda birgalikda egalik qiladilar va foydalanadilar. Er- xotinlar mulki va dehqon fermer xo`jaligi mulki shunday mulk hisoblanadi. Mulk huquqi vujudga kelishining boshlang`ich usullari: 1) mulkni yaratish va ko`paytirish; 2) ko`char va ko`chmas mulkka ochiq, uzoq va uzluksiz egalik qilish natijasida mulkni egallash; 3) hamma yig`ib olishi mumkin bo`lgan ashyolarni mulkka aylantirish; 4) egasiz ashyolar, topilma, qarovsiz hayvonlar va xazinaga mulk huquqini egallash. Mulk huquqi vujudga kelishining hosila usullariga quyidagilar kiradi: 1. Shartnoma asosida (oldi-sotdi, almashish, hadya qilish va h.k.) 2. Meros qilib qoldirish asosida. 3. Natsionalizatsiya (milliylashtirish) asosida. 4. Xususiylashtirish asosida. 5. Rekvizatsiya asosida. 6. Musodara asosida. 4. Majburiyat huquqi. Bu huquqning mazmuni ashyoviy huquqlarning bir shaxsdan boshqasiga o`tishi bilan bog`liq fuqarolik huquqiy munosabatlardan iborat. Majburiyat huquqi mulkning harakati va qayta taqsimlanishi jarayonini muvofiqlashtiradi. Majburiyat huquqining asosida majburiyat tushunchasi yotadi. Majburiyat – fuqarolik huquqiy munosabat bo`lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, muayyan harakatdan o`zini saqlashga majbur bo`ladi, kreditor esa, qarzdordan o`zini o`zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo`ladi. Demak, majburiyatda ikki taraf-qarzdor va kreditor qatnashadi. Majburiyatlar quyidagi asoslarda kelib chiqadi: - shartnomalardan; - yetkazilgan zarar oqibatida; - sud qarori asosida; - fuqarolik qonunshiligi fuqarolik-huquqiy oqibatlarning vujudga kelishi bilan bog`laydigan boshqa harakatlar va hodisalar natijasida. Fuqarolik –huquqiy shartnoma-bu ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvidir. Shartnoma tuzishdan asossiz bo`yin tovlagan taraf shu tufayli yetkazilgan zararni boshqa tarafga to`lashi kerak. Majburiyatlar ijrosini ta`minlash quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: 1.Neustoyka – shartnoma bilan belgilangan qarzdor majburiyatni bajarmagan taqdirda kreditorga to`lashi shart bo`lgan pul summasi. 2.Garov – bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo`lgan huquqni majburiyatlarni bajarishni ta`minlash uchun berishi. 3.Zakalot- garovga qo`yiladigan mulkni garovga qo`yuvchi tomonidan garovga oluvchiga o`tkazilishi. 4.Kafillik-bu kelishuv bo`lib, unga ko`ra, kafil boshqa shaxs majburiyatini to`la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o`z zimmasiga oladi. 5.Kafolat-unga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug`urta tashkiloti (kafil)boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga ko`ra kafil o`z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsar) pul summasini to`lash haqida prinsipalga yozma majburiyat beradi. Download 362.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling