O‘rta osiyoni tabiiy geografik rayonlashtirish reja


Download 34.16 Kb.
bet1/3
Sana07.02.2023
Hajmi34.16 Kb.
#1175415
  1   2   3
Bog'liq
O‘RTA OSIYONI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH


O‘RTA OSIYONI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH
REJA:

1. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonni tabiiy geografik rayonlashtirishning o‘ziga hos hususiyatlarini taxlili
2. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tekislik xududlarini tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari
3. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tog‘lik xududlarini tabiiy geografik rayonlashtirish muammolari
4. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonni tabiiy geografik rayonlashtirish bilan shug‘ullangan olimlar




Ўрта Осиёни табиий географик районлаштириш билан шуғулланган олимлар

Ўзбекистонни табиий географик районлаштириш билан шуғулланган олимлар

1




 

2







3








1.O‘rta Osiyo va O‘zbekistonni tabiiy geografik rayonlashtirish tajribalari
Har qanday tabiiy geografik tadqiqot tabiiy geografik rayonlashtirish muammosiga duch keladi. Tabiiy geografik rayonlashtirish regional tabiiy geografik izlanishlardagi muhim ijobiy bosqichlardan hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi o‘rganilayotgan hududda ob'ektiv mavjud bo‘lgan turli katta–kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarni aniqlash, kartaga tushirish hamda tavsiflashdan iborat.
Tabiiy geografik rayonlashtirish regional tabiiy geografik izlanishlardagi muhim ijodiy bosqichlardan hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi o‘rganilayotgan hududda ob'ektiv mavjud bo‘lgan turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarni aniqlash, kartaga tushirish hamda tavsiflashdan iborat. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston bir necha tabiatshunos olimlar (Berg, 1913; Abolin, 1929; Chetirkin, 1943; Murzaev, 1953; Makeev, 1956; Fedorovich, 1963; Babushkin va Kogay 1964) tomonidan rayonlashtirilgan.
L.S.Berg O‘rta Osiyoni birinchi bo‘lib, zonal tamoyil asosida kompleks tabiiy geografik rayonlashtirishni amalga oshirgan va bu hududda landshaft zonalarini ajratish bilan kifoyalagan, bular: chala cho‘l, cho‘l va tog‘li landshaft zonalaridir. Shuningdek cho‘l zonasini tavsiflashda u o‘zining O‘rta Osiyo cho‘llarining tipologik klassifikatsiyasidan ham foydalangan va cho‘llarning 4 turini – gilli, qumli, sho‘rxok va toshloq cho‘llarni ajratishga muvaffaq bo‘lgan.
R.I.Abolin O‘rta Osiyoni rayonlashtirganda avvalo yoz oylarining harorat ko‘rsatkichlari asosida 8 ta mintaqa: eng issiq, issiq, eng iliq, iliq, iliq-mo‘'tadil, sovuq-mo‘'tadil, sovuq va eng sovuq mintaqalarni aniqlab oladi. Bu hududda Turkiston, Orol, Chu, Balxash, Markaziy Tyanshan va Pomir kabi oltita yirik okruglarni ajratadi. Bunda asos qilib yog‘in-sochin miqdorini, ayniqsa uning fasllar bo‘ylab o‘zgarishini oladi. Okruglar ichida rayonlarni aniqlashda esa botanik-geografik, geomorfologik va umumiy landshaft xususiyatlariga asoslangan. Rayonlar xaritada ajratilmagan. Biz uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Orol va Orolbo‘yi hududlarini o‘z ichiga olgan Orol okrugining markazida Orol dengizi joylashgan. Uning shimoliy chegarasi Kaspiy dengizi sohilida Emba daryosining quyilish yeridan boshlanib, avval Emba vodiysi bo‘ylab, Cho‘chqako‘l platosining janubiy etaklariga, undan Chelkar temiryo‘l stantsiyasigacha, so‘ngra Tentaksor va Chelkar-Tengiz ko‘llari orasi bo‘ylab, Mo‘yinqumning Sarisuv daryosiga taqalgan yerigacha boradi. Bu yerdan Sarisuv vodiysi bo‘ylab biroz janubga tushib Chiili temiryo‘l stantsiyasidan quyiroqda Sirdaryoni kesib o‘tadi. So‘ngra shimoli-g‘arbiy Qizilqum bo‘ylab janubi-g‘arbga tomon to Mang‘it shahri yaqinigacha boradi. U yerdan g‘arbga Ustyurtning janubiy etaklari orqali Qorabo‘g‘izgo‘l qo‘ltig‘iga chiqadi.
Mazkur chegara ichidagi Orol okrugi tabiiy sharoiti bir-biridan farqlanadigan bir qator o‘ziga xos tabiiy hududlarni, jumladan Mang‘ishloq yarim oroli, Ustyurt, Qizilqumning shimoliy qismi, Katta va Kichik Bo‘rsiq qumlari va Orolbo‘yi Qoraqumlari, Sirdaryo va Amudaryo deltalari kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ammo butun okrugga xos bo‘lgan xususiyat bu atmosfera yog‘inlarining nihoyatda kamligidir. Bu yerda o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 100-120 mm atrofida bo‘ladi. Bu miqdor yil davomida janubroqda joylashgan Turkiston okrugidagiga nisbatan bir tekis taqsimlangan. Masalan, Turkiston okrugida yozgi yog‘inlar miqdori yillik yog‘in miqdorining 5-6 foizini tashkil etsa, Orol okrugida esa bu ko‘rsatkich janubda 12-13 foizdan shimolda 26-27 foizgacha boradi. Orol okrugi ikkita iqlim mintaqasi bilan tavsiflanadi. Shimoliy hududlari ko‘proq issiq mintaqaga, janubiy qismlari esa juda issiq mintaqaga to‘g‘ri keladi. Muallifning yozishiga ko‘ra, atmosfera yog‘inlarining nihoyatda kamligi va bahor oylarida tuproqning juda kam namlanishi butun okrug hududida bahorgi (efemer) o‘simliklarning kam rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Yozgi yog‘in miqdorining biroz ortishi shunday sharoitni yuzaga keltiradiki, ko‘pyillik buta va chala buta o‘simliklarining gurkirab o‘sishiga va butun yoz davomida hamda kuzning katta qismida vegetatsiyada bo‘lishiga imkoniyat yaratiladi. Shu sababli ham katta hududlarda landshaft tashkil qiluvchi asosiy o‘simlik oq shuvoq (Artemisia herba-aiba Asso) hisoblanadi. Ko‘pincha u bilan birga boyalich (Salsola arbuscula Pall), buyurg‘un (Anabasis salsa) va boshqa sho‘ra o‘simliklari o‘sadi.
R.I.Abolin Orol okrugida uning ayrim ichki tabiiy tafovutlari asosida uchta tabiiy geografik rayon ajratadi. Bular: Ustyurt, Chimboy va Kazalinsk rayonlaridir.
V.M.Chetirkin O‘rta Osiyo hududida beshta taksonomik birlikni - geotip, geofatsiya, regional kompleks va rayonlarni ajratadi. Bulardan eng katta birlik geotip bo‘lib, geofatsiyalardan tashkil topgandir. V.M.Chetirkin O‘rta Osiyoda Turon, Jung‘oriya-Tyanshan va Markaziy Qozog‘iston geofatsiyalarini ajratadi. Uning Turon geofatsiyasi R.I.Abolinning Turkiston okrugiga mos keladi. Orolbo‘yi Turon va Markaziy Qozog‘iston geofatsiyalarida joylashgan. Turon geofatsiyasining Quyi Amudaryo provintsiyasi ikkita – Amudaryo deltasi va Shimoliy Qizilqum podprovintsiyalaridan iborat. Ustyurt va Orolbo‘yining shimoliy qismlari Markaziy Qozog‘iston geofatsiyalariga kiradi.
O‘rta Osiyoni ma'muriy chegara ichida o‘rgangan olim - E.M.Murzaev [109] rayonlashtirish vaqtida tabiiy sharoitlarni kompleks holda hisobga olishga urinadi, lekin geomorfologik – genetik omilni asos qilib olib, unga ko‘proq ahamiyat beradi. Natijada hududni tekisliklar va tog‘lar okrugiga ajratadi. Iqlimiy va tuproq – botanik omillarga qarab eng katta birlik bo‘lgan shimoliy va janubiy kichik zonalarni ajratgan. Tipologik farqlarga asoslanib, okruglar oblastlarga (tekislikda 10 ta va tog‘larda 6 ta), ular o‘z navbatida geografik rayonlarga (51 ta) bo‘lingan. E.M.Murzaevning rayonlashtirish xaritasidan shuni ko‘rish mumkinki, Orol va Orolbo‘yi shimoliy kichik zonada, tekisliklar okrugida joylashgan bo‘lib, u yerda Ustyurt, Qizilqum va Amudaryo deltasi kabi oblastlar mavjud.
E.M.Murzaev keyingi rayonlashtirish ishlarida O‘rta Osiyo hududini 4 ta – Turon tekisligi, Old Osiyo yassi tog‘liklari, O‘rta Osiyo tog‘lari va yassi tog‘liklari, Markaziy Osiyo tog‘lar va yassi tog‘liklar o‘lkalariga ajratgan. Bu o‘lkalar shimoliy, o‘rta va janubiy kichik zonalarda joylashgan va ularda qator provintsiyalar berilgan. Demak, ushbu muallif bo‘yicha taksonomik birliklar tizimi quyidagicha: o‘lka-kichik zona-provintsiya ko‘rinishda bo‘lgan.
P.S.Makeev rayonlashtirishni tabiat zonalari (kenglik va balandlik) va ulardagi landshaftlar asosida o‘tkazishni tavsiya etadi. Mazkur tadqiqotchi ham E.M.Murzaev kabi O‘rta Osiyo hududini yirik ikki qismga ajratgan: tekislik va tog‘lik. Ulardan birinchisi, mo‘'tadil kenglikdagi cho‘l zonasiga to‘g‘ri keladi va uchta – shimoliy, o‘rta va janubiy zonachaga bo‘linadi. Bu zonachalar o‘z navbatida 26 oblastga va oblastlar rayonlarga bo‘lingan. Cho‘l-kenglik zonasidagi tabiat zonalarining vertikal sistemalarni birlashtiruvchi tog‘li qism 11 asosiy mintaqaga bo‘lingan va ular goh balandlik zonalar sistemasi, gohida oblast yoki provintsiyalar deb atalgan.
Qozog‘iston hududini N.G.Ribin (1948), L.N.Sobolev (1950), N.A.Gvozdetskiy (1970), B.A.Fedorovich (1963, 1969) tabiiy geografik rayonlashtirganlar [152].
N.G.Ribin (1948) ning yozishicha, Qozog‘iston hududini tabiiy rayonlarga ajratishda dastlab landshaft-geografik zonallik tamoyiliga suyanmoq kerak. Shu tamoyilga asosan u Qozog‘iston hududini uchta landshaft zonasiga – dasht, chala cho‘l va cho‘l zonalariga bo‘lgan.
Muallif zonachalarni landshaft tiplari doirasida tabiiy geografik rayonlarga ajratgan. Ammo keyinchalik landshaft tamoyiliga tayanmasdan morfologik tamoyildan foydalangan. Buni tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasidan yaqqol ko‘rish mumkin. Qozog‘iston hududini beshta qismga bo‘lgan: Shimoliy, Janubiy, G‘arbiy, Sharqiy va Markaziy. Bu qismlarning ichida morfologik oblastlar, ulardan keyin tabiiy geografik rayonlarni, rayonlar doirasida esa landshaft tiplarini ajratgan. Ushbu muallif ishida Orolbo‘yi hududlari Janubiy va G‘arbiy qismlarning Qizilqum, Orolbo‘yi Qoraqumi, Ustyurt kabi oblastlarida joylashgan.
L.N.Sobolev (1950) ham boshqa olimlar singari Qozog‘iston doirasida uchta zonani ajratadi. Bular: dasht, chala cho‘l va cho‘l zonalaridir. Bu zonalarda kichik zonalarni, keyin landshaft tiplarini ajratgan. Uning taksonomik birliklar sxemasi zona-zonacha-landshaft tiplari-okrug-rayonlardan iborat. Mazkur olimning ishlarida Orolbo‘yi Orol-Kaspiy shimoliy gilli cho‘li, Sirdaryooldi janubiy qumli va gilli cho‘li kabi okruglarda joylashgan.
N.A.Gvozdetskiy (1970) ham bir qator mualliflar (E.M.Murzaev, P.S.Makeev, V.M.Chupaxin, G.D.Rixter va b.) singari tog‘lar va tekisliklarni alohida rayonlashtirish yo‘lidan borgan. U O‘rta Osiyo va Markaziy Qozog‘istonning barcha hududlarida quyidagi tabiiy geografik o‘lkalarni ajratgan. 1) Markaziy Qozog‘iston, dasht va chalacho‘l zonalarini qamrab olgan; 2) Turon pasttekisligi va Balxashbo‘yi qumlari (tog‘ tizmalari va Kaspiybo‘yi tepaliklari kiradi); 3) Bolxon va Kopetdog‘; 4) O‘rta Osiyoning sharqiy va janubi-sharqiy tog‘lari (Saur va Tarbog‘otoy, Jung‘oriya Olatovi, Tyanshan-Pomir-Oloy). O‘lkalarni ajratishda tog‘oldi hududlari tekislikka qo‘shib yuborilgan.
B.A.Fedorovich (1963) O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududini bir butun holda tabiiy geografik rayonlashtirish ishlari bilan shug‘ullangan. Muallif o‘lka tabiiy chegaralarining tarkib topishida iqlimiy omil ta'sirining kattaligini e'tiborga olib, ikkita zonani, ya'ni cho‘l (mo‘'tadil va subtropik zona) hamda tog‘li hududlarda balandlik mintaqalarini ajratgan. Uning rayonlashtirishda foydalanilgan taksonomik birliklar sxemasi: zona-kichik zona-provintsiya-kichik provintsiya-okrug-oblast-joy tiplari ko‘rinishida bo‘lgan. Rayonlashtirishning bu tajribasida zonal va regional belgilarni umumlashtirgan yagona genetik birliklar yuqori taksonomik darajada qismlarga bo‘lingan.
Orolbo‘yi hududlari bu muallif tomonidan Qozog‘iston kichik provintsiyasining To‘rg‘ay va Orolbo‘yi okrugiga kiritilgan.
Keyinchalik, B.A.Fedorovich [148] Qozog‘iston hududini tabiiy geografik rayonlashtirganda o‘lkaning tabiiy chegaralari tarkib topishida iqlimiy omil ta'sirining kattaligini e'tiborga olib, 4 ta kichik sektorga ajratgan. Kichik iqlimiy sektorlar asosida tabiat zonalari va kichik zonalar hamda tekislik o‘lkalarining balandlik yaruslari belgilangan. Tog‘larda balandlik mintaqalari ajratilgan. Ular asosida 8 ta tabiiy region aniqlanib, o‘z navbatida har bir region provintsiyalarga bo‘lingan.
2. P.Baratov O‘zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda uni o‘rta umumta'lim maktablar dasturiga yaqinlashtirish va o‘quvchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida 13 ta okrugga ajratgan.
Hududlarni okrug doirasida rayonlashtirayotganda olimlar hududning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ma'lum bir omilni asos qilib oladilar. Masalan, R.I.Abolin okrug tabiiy geografik birligini ajratishda yog‘in-sochin miqdorini, ayniqsa uning fasllar bo‘ylab o‘zgarishini, E.M.Murzaev esa geomorfologik – genetik omilni asos qilib olganlar. L.N.Babushkin va N.A.Kogay hudud makroiqlimining o‘xshashligiga, orografik, geologik tuzilishiga va tabiiy-tarixiy jihatdan o‘xshashligiga qarab okruglarni ajratganlar.
Orol dengizi sathining pasayishi munosabati bilan bu yerda dengiz tubidan ochilib qolgan o‘ziga xos hududlar vujudga keldi va kelmoqda. Natijada qo‘shni Quyi Amudaryo, Quyi Sirdaryo va Ustyurt okruglarining tabiiy geografik komplekslariga o‘xshamagan, O‘rta Osiyodagi eng yosh tabiiy geografik komplekslar shakllanmoqda. Adabiyotlarda dengizdan bo‘shagan bunday yerlar ayrim tabiat komponentlari nuqtai nazaridangina rayonlashtirilganligini e'tiborga olmasak, tabiiy geografik jihatdan rayonlashtirilmagan. Shuni hisobga olib, dengizdan bo‘shagan hududlarni, alohida okrug sifatida ajratish va uni Orol okrugi deb atash maqsadga muvofiqdir deb hisoblaymiz. Bunday tabiiy geografik birlikni ajratishda tarixiy-genetik omilni asos qilib olish va dengiz yotqiziqlari tarqalgan hududlarni Orol okrugi deb atash mumkin. Bu okrug tabiiy geografik xususiyatlarining dastlabki tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqlim va unga bog‘liq holda shakllanayotgan yosh landshaft tipologik birliklari o‘zining strukturasi bo‘yicha Turon tabiiy geografik provintsiyasiga emas, balki Markaziy Qozog‘iston tabiiy geografik provintsiyasiga xos ko‘rinadi. Chunki, Turon provintsiyasining eng xarakterli xususiyatlaridan hisoblangan “vegetatsiyali qish” lar bu okrugda kuzatilmaydi.
Orol dengizining qurigan tubi yildan-yilga kattalashib bormoqda. Bu hududning o‘ziga xos tabiiy sharoitini tabiiy geografik rayonlashtirish usuli bilan o‘rganish, baholash, bashorat qilish kelajakda ushbu hududdan amalda foydalanish tadbirlarini ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
O’zbekistonning tog`lik va tekislik qismlari landshaftlarining rivojlanishi va vujudga kelishi jihatidan ham, hozirgi tabiiy geografik xususiyatlari jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladi. Tog`larda denudastiya (yemirilish va yuvilish) jarayonlari jadal ro’y beradi, nurigan jinslar u yerlardan tekislikka keltirib yotqiziladi. Respublikamizning tekislik qismi uzoq vaqt davomida dengiz tagida qolib, qalin mezozoy-kaynozoy jinslari bilan qoplangan. Tog`li qismi, asosan paleozoy jinslaridan tarkib topgan bo’lib, gerstin burmalanishi va so’ngi orogenik jarayonlar natijasida ko’tarilib qolgan. O’zbekiston tekislik qismining iqlimi qurg`oqchil bo’lib, yoz juda issiq keladi, tog`larda esa yog`in ko’proq yog`adi, yuqoriga ko’tarilagn sari harorat pasayadi. Ana shular oqibatida tuproq va o’simliklar tekisliklarda geografik kenglik o’ylab, tog`lik qismida esa balandlik bo’ylab o’zgarib boradi.
Tekislik va tog` oldi-tog` kichik provinstiyalari o’rtasidagi chegara ancha munozarali. E.M.Murzayev chegarani lyossli tog` osti tekisliklari bilan tog` oldi tekisliklari tutashgan yerdan, tuproqshunoslar och tusli bo’z tuproqning quyi qismi chegarasidan, L.N.Babushkin va N.A.Kogay landshaft belgilariga qarab ajratishadi. Chegarani ular Mirzacho’lning allyuvial tekisliklari va Nurota tog` oldi prolyuvial tekisliklarining Qizilqum bilan tutashgan yeridan, Qashqadaryoning allyuvil tekisliklarining Dengizko’l yassitog`ligi bilan tutashgan joylaridan o’tkazadilar.
Tabiiy geografik rayonlashtirishda taksonomik birlikning beshinchi pog`onasi okrug. Tekislik va tog` oldi-tog` kichik provinstiyalari doirasida bir-biridan yer usti yotqiziqlarining xarakteri, litologik tuzilishi, tog` tizmalarining umumiy yo’nalishi, tog` yonbag`irlarining Quyosh nuriga nisbatan joylashishi (ekspozistiyasi), chetdan keladigan havo massalarining ta’siriga ko’ra farq qiladigan hududlar mavjud. Ana shu xususiyatlar asosida tekislik va tog` oldi-tog` kichik provinstiyalari doirasida okruglar ajratiladi.



Download 34.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling