ishqalanishi, jimjimador qoyalar – tog‘ jinslari nurashining guvohi.
Tabiat
yodgorliklariga sharsharalar, geyzerlar, g‘orlar, relefning ajoyib shakllari, geologik
ochilib qolgan joylar, ayrim daraxt, tarixiy obidalar va boshqa ob’ektlar kiritiladi.
Tabiat yodgorliklarining ko‘zga yaqqol tashlanb turadigan xo‘jalik ahamiyati
bo‘lmasligi mumkin,
lekin ularning ilmiy, tarixiy, madaniy-estetik ahamiyati
ko‘pincha juda katta bo‘ladi. Shuning uchun ularni muhofaza qilish zarur. Umumiy
xususiyatiga qarab tabiat yodgorliklari
geologik-geomorfologik, botanik,
paleontologik, astronomik va landshaft yodgorliklariga bo‘linadi.
G ye o l o g i k – g ye o m o r f o l o g i k yodgorliklarga ochilib qolgan tog‘
jinslari qatlamlari, g‘orlar,
karst relefi shakllari, so‘ngan vulqon kraterlari,
geyzerlar, diqqatga sazovor qirg‘oqlar, qo‘y peshonalar,
noyob relef shakllari,
qoyalar va boshqalarni kiritish mumkin. Masalan, Zomin tog‘laridagi afsonaviy
«Qirq qiz» va boshqalar bunday ob’ektlarga yaqqol misol bo‘ladi (3-rasm). O‘rta
Osiyoda 1500 dan ortiq g‘orni tabiat yodgorligi sifatida muhofazaga olish mumkin.
B o t a n i k yodgorliklarga yo‘qolib ketayotgan relikt o‘simliklar o‘sadigan
uchastkalar, dashtlardagi o‘rmon massivlari yoki o‘rmonlar
orasidagi dasht
uchastkalar, alohida saqlanib qolgan keksa daraxtlar va boshqalar kiritiladi.
Respublikamizda bunday ob’ektlarga Sayrobdagi 700-1000 yoshli chinorni,
Urgutdagi, Boysundagi Chorchinorlarni va boshqalarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: