O’rta osiyoning musiqa madaniyati navoiy – 2023 O`rta Оsiyoning qadimiy musiqa madaniyati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Download 51.35 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1557540
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish Ijro.Mahorati.Asos

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI MAGISTRATURA BO’LIMI
1-bosqich talabasi


Xusanov Elyorning



fanidan

Mavzu:O’ZBEK XALQINING SHAKLANISH DAVRIDA MUSIQA MADANIYATI (XI-XV asrlar)


NAVOIY – 2023


O‘zbek xalqining shakllanish davrida musiqa madaniyati (XI- XV asrlar)


XI asrda yaratilgan dostonlardan biri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni hisoblanadi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”, 1069— 70) asari islomiy turkiy adabiyotni boshlabgina bermay, uni yangi taraqqiyot bosqichiga ham ko‘tardi. U nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti an’analari, balki qardosh xalqlar, jumladan, forsiy adabiyot tajribalarini ham ijodiy o‘zlashtirgan holda yaratilgan. “Shohnoma” kabi mutaqorib vaznida yozilgan va “Turkiy Shohnoma” nomi bilan shuhrat qozongan. “Qutadg‘u bilig” — XI asr so‘z san’atining nodir namunasi bo‘lib, unda o‘z davrining ilg‘or ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy axloqiy masalalari badiiy talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va an’analari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil ma’lumot berilgan. Yusuf Xos Hojib uni Bolosog‘unda boshlab, Qashqarda yozib tugatgan va qoraxoniy hukmdor Tavg‘och Bug‘roxonga takdim etgan. Bug‘roxon muallifni taqdirlab, unga “Xos Hojib” (“Eshik og‘asi”) unvonini bergan. Shundan keyin shoir “Yusuf Xos Hojib” nomi bilan mashhur bo‘lgan. “Qutadg‘u bilig” dostonida muallif o‘z oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavg‘achxon bilan Eloqxonlar o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, ma’rifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targ‘ib qilish kabi maqsadlarni qo‘ygan. Bu bilan Yusuf Xos Hojib o‘z davrining yirik ma’rifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi. “Qutadg‘u bilig” markaziga 4 masala qo‘yilib, ular 4 badiiy vositalar yordamida ochib berilgan: birinchisi — adolat bo‘lib, u podshoh Kuntug‘di timsolida, ikkinchisi — davlat bo‘lib, vazir Oyto‘ldi, uchinchisi — aql bo‘lib, vazirning o‘g‘li Ugdilmish, to‘rtinchisi — qanoat bo‘lib, uning qarindoshi O‘zg‘urmish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qo‘yilgan masala va voqealar rivoji, qahramonlarning o‘zaro suhbati, bahs va munozarasi, savoljavoblari, pandnasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqonu hunarmandgacha jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida o‘z mulohazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga to‘xtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin bo‘lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo‘q, bilim tufayli osmon sari ham yo‘l ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan o‘rganish lozim, deb uqtiradi. 2 “Qutadg‘u bilig” qoraxoniylar hokimiyatining o‘ziga xos odob-ahloq nizomnomasi bo‘lib, bu ramziy- majoziy tilda bayon etilgan asar yurt egalari bo‘lmish katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va unda mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, xalqning og‘irini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning ma’naviy axloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-ma’rifatga keng e’tibor berish, iste’dod sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, huquq, burch, adolat bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig” dostonida 4 odob tamoyilidan keyin musiqiy borasida bosh odob mezoni navo atamasi ikki ma’noda keladi. Birinchi tor ma’noda kuy, kuy yo‘li. Ikkinchisi – keng ahloqiy ma’noda rug‘iy ozuqa, ruhiy bahra va shu orqali ruhiy olamga, ilohiyatga intilish yo‘l topish. Bu o‘rinda Qutadg‘u boshida quyidagi bayt mavjud. Kimki erur qalbi benavo, Na ulukdir, na tirikdir, dardi bedavo. Bu so‘zlarning tagida chuqur odob- ahloq falsafasi yotadi. Chunki kichik koinot deb qaralgan inson zoti o‘zining ruhiyati bilan ulug‘ va boshqa jonzotlardan farq qiladi. Ruhiy barkamollikka intilish Xorazmshohlar dunyo qarashida yetakchi ahamiyat kasb etgan va musiqiy zavq olishga katta etibor qaratilgan. Shohlar, vazirlar, davlat arboblari, hattoki sultonlar musiqiy ilmiga katta e’tibor berib, nafis majlislaru shohona bazmlarning zakiy va zabardast sozandalar davrasida o‘tkazishda, o‘zlari ham soz chalishga talpinganlar. Xususan, Xorazm sultonlaridan Takash, Muhammad Xorazmshoh va Jaloladdin Manguberdilar o‘zlari dutor chalish hamda ko‘p qismli navbalar (Xorazm dutor maqomlarining qadimiy nomi) ijro etishni odat qilganlar. Zamonasining eng “Buyuk ustoz – Shayxi sharif” unvonini olgan qomusiy olim Faxriddin Roziyning (1149— 1209) “Jome’ al-ulum” (“Ilmlar majmuasi”) asari xorazmshoh Alouddin Takash iltimosiga binoan yozilgan. Ushbu asar o‘sha davr musulmon sharqidagi 60 fan haqida dastlabki ma’lumotlarni beradi. Muallif fanlarni naqliy (kalom, fiqh, mazxab, tafsir va h.k.) va aqliy (tarix, grammatika, aruz, mantiq, fizika, algebra, musiqa, astronomiya, siyosat, davlat boshqaruvi va h.k.), furu’iy (boshqa fanlardan hosil bo‘luvchi) va asliy (asosiy) singari qismlarga bo‘ladi. Har bir fan asoslari Zga bo‘linib oddiydan murakkabga tamoyili asosida tushuntiriladi: oddiy asoslar (alusul alzohirot), murakkab asoslar (alusul almushkilot), takrorlash uchun savollar (alimtihonot). Bundan mazkur asarning bo‘lajak podshohdar uchun qo‘llanma sifatida yozilgan”1 “Jome’ al-ulum” qomusi musiqashunoslik tarixida ham alohida o‘rin tutadi. Asarning musiqiyga bag‘ishlangan qismi Forobiy va Ibn Sino bilan keyingi davrlar o‘rtasidagi juda muhim bosqich hisoblanadi. Roziyning risolasi Forobiy va Ibn Sinolarning arab tilida yaratilgan musiqiy asarlaridan mahalliy tillardagi iboralarning qo‘llanilishi bilan ham farq qiladi. XI-XIV asrlarda Sharqda boshqa ilmlar qatori musiqani ham jadal sur’atlar bilan rivojlanishi va “ilmi advor” ta’limotini qaror topishi munosabati bilan oldingi 1 O`zbеkistоn Milliy Ensiklоpеdiyasi. 9 jild. Davlat ilmiy nashriyoti. T: 2005. 3 asabi hamda abjad tizimlaridan mukammalroq jadval yozuvi joriy etiladi. Uni endi tom ma’nodagi nota yozuvi deyish mumkin. Ushbu davrlarda yetakchi cholg‘u asbobi “ud” bo‘lganligi uchun, bu yozuv unga moslangan hamda “ud jadvali” (“tabulatura”si ) nomini olgan. Ud jadvali ilk bor “ilmi advor” ta’limotining asoschisi Safiuddin Abdulmo‘min Bag‘dodi Urmaviy (1216-1294) tomonidan joriy etilgan. Ilmi advor ta’limotining peshvozlari Maxmud Sheroziy (1236-1311) va Abdulqodir Marog‘iy (1353-1435) Adurahmon Jomiy va boshqalar bu ta’limotni davomchilari bo‘lib maydonga chiqdilar. Safiuddin Urmaviy (vafoti 1294 y.). Sharq musiqa ilmini, Forobiy va Ibn Sinodan keyin, eng yirik namoyandasi hisoblanadi. Safiuddin Abdulmo‘min Urmaviy buyuk Forobiy kabi musiqa ilmi va amaliyotida barobariga zabardast bo‘lgan. U qadimiy Ozarbayjonning Urmiya shahrida (Tehrondan 120 km, janubda) tug‘ilgan. Lekin uning deyarli butun umri Abbosiylar saltanatining poytaxti Bag‘dodda o‘tganli sababli arab tadqiqotchilari uni Safiuddin Urmaviy Bag‘dodiy deb ham yuritadilar. Safiuddin 19 yoshligida mohir ijrochi, hofiz va mashhur bastakor bo‘lib tanilgan. Safiuddin Urmaviy musiqa san’ati, bilim va mahorati haqida o‘z davrida va keyingi zamonlarda ko‘plab rivoyatlar yuzaga kelgan. Safiuddin boshqa ilmlarda, xususan, aniq fanlar borasida ham katta shuhrat qozongan. Zamonasining yirik matematigi Nasriddin Tusiy asarlari Safiuddin ijodiga zo‘r ta’sir ko‘rsatgan va uning musiqaviy qarashlarida oqilona g‘oyalarni yuksak cho‘qqiga ko‘tarilishiga olib kelgan. U o‘zidan oldin o‘tgan olimlar Forobiy, Ibn Sino meroslarini ijodiy o‘zlashtirib, musiqa ilmini yangi pog‘onaga ko‘targan. Safiuddin Urmaviyning musiqaga oid mashhur risolalari: “Sharafiya” (“Kitob al-Sharafiya”) va “Davrlar kitobi” (“Kitob al-advor”), Urmaviyning ilmu ta’lif borasidagi qarashlari Sharq musiqasida hozirgacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Bu ta’limotning xususiyati nimada? Agar Forobiy va Ibn Sino musiqaning parda tuzilish sistemasini empirik asosda (ya’ni tajribaga tayanib) tuzgan bo‘lsalar, Urmaviy bu jihatdan oqilona g‘oyalarni oldinga suradi. Forobiy va Ibn Sino tovushqatorlari asosida katta-kichikligi turlicha bo‘lgan pardalar yotsa, Urmaviy ularni bir xilda teng taqsimlashni joriy qiladi. Musiqa ilmida maqom iborasi birinchi bo‘lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan. Sharq musiqasida keng tarqalgan “12 maqom” sistemasi ham ana shundan boshlanadi. Keyinchalik atoqli tojik mutafakkiri Abdurahmon Jomiy (XV asr) 12 maqomni ustozona musiqaning eng qadimiy yo‘llari deb biladi. Jamlarning maqomlardan keyingi xili ovozlar deb yuritiladi. Ular 6 ta. Uchinchi navi esa sho‘balar deyiladi. Sho‘balar soni 24 ta. Yuqorida qayd qilinganidek, jamlar doiralar deb ham yuritilgan. Urmaviyning zamondoshi Qutbiddin Sheroziy (1236—1311 yillar) o‘z zamonasining ulkan musiqashunosi va olimi edi. Uning “Durratu toj, g‘urratu deboj” deb nomlanuvchi ensiklopediyasining musiqaga oid qismi “Dar bayoni haqiqati parda, ovoz, tarkib va sho‘ba” mashhurdir.

Bu davrga kelib musiqiy qasidalar bitish el sozandalari orasida rasm bo‘la boshlaydi. Qasida “nazmiy asar turi”. Sharq mumtoz adabiyotidagi she’riy janrlardan biri, ko‘pincha biror shaxsning (odatda hukmdor yoki oliy martabali kishining) madhiga bag‘ishlanib bitilgan. Qasida hajmi 20 baytdan 200 baytgacha bo‘ladigan she’riy asarlardan iborat bo‘lgan. Amir Temur saltanatining tashkil topishi bilan Samarqand ma’muriy markazga aylandi. Buxoro esa ma’naviy va siyosiy hayotning tayanchi vazifasini o‘tay boshladi. So‘ngra Temuriylar saltanatining parchalanib ketishi munosabati bilan uning asosiy o‘zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo‘lgan Shayboniylar (XVI asr), Ashtarxoniylar (XVII asr) va Mang‘it xonlari (XVIII asr) davlati qaror topdi. Amir Temur zamoniga kelib uning harbiy yurishlari natijasida turli mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar, olimlar, xonandayu sozandalar shahar madaniyatining o‘sishiga katta hissa qo‘shdilar va sanoyi nafisa bilan qiziquvchi yoshlarga o‘z hunarlarini o‘rgatdilar.





Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling