O’rta osiyoning musiqa madaniyati navoiy – 2023 O`rta Оsiyoning qadimiy musiqa madaniyati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Download 51.35 Kb.
|
Mustaqil ish Ijro.Mahorati.Asos
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEK XALQINING SHAKLANISH DAVRIDA MUSIQA MADANIYATI (XI-XV asrlar)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI MAGISTRATURA BO’LIMI 1-bosqich talabasi Xusanov Elyorning fanidan Mavzu:O’ZBEK XALQINING SHAKLANISH DAVRIDA MUSIQA MADANIYATI (XI-XV asrlar) NAVOIY – 2023 Mavzu:O’ZBEK XALQINING SHAKLANISH DAVRIDA MUSIQA MADANIYATI (XI-XV asrlar) Amir Temur saltanatining tashkil topishi bilan Samarqand ma’muriy markazga aylandi. Buxoro esa ma’naviy va siyosiy hayotning tayanchi vazifasini o‘tay boshladi. So‘ngra Temuriylar saltanatining parchalanib ketishi munosabati bilan uning asosiy o‘zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo‘lgan Shayboniylar (XVI asr), Ashtarxoniylar (XVII asr) va Mang‘it xonlari (XVIII asr) davlati qaror topdi. Amir Temur zamoniga kelib uning harbiy yurishlari natijasida turli mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar, olimlar, xonandayu sozandalar shahar madaniyatining o‘sishiga katta hissa qo‘shdilar va sanoyi nafisa bilan qiziquvchi yoshlarga o‘z hunarlarini o‘rgatdilar. Bu davrdagi o‘ziga xos bir an’ana maxsus nog‘oraxonalar tashkil etilib u yerdagi nog‘orachilarning vazifasi kun chiqishi, tushlik va kun botish paytida kuylar chalish, keyinchalik kunning har soatiga mo‘ljallab ijod qilingan maqom, sho‘ba va ovozalarni ijro qilish, ayniqsa ro‘zayi ramozon oylarida ro‘zadorlarni saharlikka uyg‘otadigan kuylar chalish nog‘oraxonalarda amalga oshirilgan. Amir Temur tomonidan shuningdek otda chopish, kurash, nayzabozlik, qilichbozlik, chavandozlik va boshqa harbiy o‘yin musoboqalari hamda ko‘pkarilarining har tomonlama taqdirlanishi alohida ahamiyat kasb etgan. Bu tomosholarda harbiy musiqaga keng e’tibor berilib, ayniqsa ochiq havoda ijro qilinadigan damli va zarbli cholg‘ularning ahamiyati oshirilgan. Bunday katta tantanalar Samarqand, Hirot va boshqa yirik shaharlarda “tarabxona”, “tomoshagoh”, “saylgoh” kabi maydonlarda o‘tkazilgan. Amir Temur lashkarida musiqa cholg‘ulari faqatgina ma’naviy ramziyot hisoblanmasdan, balki ko‘proq hollarda asosan harbiy matonat, shijoat nishoni, jangchilarning tabaqa va martabalarini ko‘rsatuvchi harbiy daraja belgisini anglatgan. Bu borada “Tuzuklar”da shunday deyiladi: -“Amr qildimki, o‘n ikki katta amirlarning har biriga bitta bayroq va bir nag‘ora berilsin. Amir ul umaroga bayroq va nag‘ora, tuman tug‘i va chortug‘ taqdim etsinlar. Mingboshiga esa bir tug‘ va karnay bersinlar. Yuzboshi va o‘nboshiga bittadan katta nag‘ora bersinlar. Aymoqlarning amirlariga bo‘lsa bittadan burg‘u taqdim etsinlar. To‘rt beglarbegining har biriga bittadan bayroq, nag‘ora, chortug‘ va burg‘u bersinlar”2 Amir Temurning musiqa san’atini yuqori darajada baholashi, cholg‘ulardan harbiy nishon, jasorat ramzi sifatida foydalanishi jahon muhoraba (urush jang) san’ati tarixida mislsiz voqeadir. Amir Temur armiyasining harbiy orkestri – damli va zarbli cholg‘ularning xilma-xil turlaridan tashkil topgan. Ularning ko‘pchiligi Turk hoqonligi, Somoniylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davrlarida mashhur bo‘lgan. Bunda azaldan Markaziy Osiyoda yaxshi tanish bo‘lgan nog‘ora turlari ko‘s, tabira, altabra, bir tomonli nog‘ora, chindoul, doul-paz, katta nog‘ora kabilardan 2 Tеmur tuzuklari T., “SHARQ” NMAK bоsh tahririyati 2005 y. 100 b 5 foydalanilgan. O‘rta asr miniatyuralaridagi tasvirlarga qaraganda, qo‘sh nag‘oralar sipoh3 iy sozandalar tomonidan otning ustida, egarning ikki tarafiga joylanib chalingan. Katta ko‘s nog‘ora esa aksariyat miniatyuralarda tuyaning o‘rkachiga o‘rnatilgan holda tasvirlangan. Dovul cholg‘usi o‘sha paytda duhul nomi bilan mashhur bo‘lgan. Temur davri esa ma’naviy ko‘tarinkilik musiqa san’atining deyarli barcha jabhalari uchun keng imkoniyat tug‘dirib berdi; Sozandalik va xonandalik, musiqa ta’limi, bastakorlik ijodi, musiqa ilmi kamol topdi. Asrlar qa’rida shakllangan an’anaviy, “ustoz-shogird” ta’lim tizimi keng quloch yozdi. Bu uyg‘onish nafaqat poytaxt Samarqandda, balki uning avlodlari davrida Buxoro, Xiva va Kitob, Balx, Qobul, Hirot, Astrabod, Agra, Sultoniya kabi yirik shaharlarda ham qizg‘in kechdi. O‘rta asrlar an’anasi shaharlarda mahallalar asosan kasb-kor bo‘yicha joylashar edi. (kulollar mahallasi, bozzozlar mahallasi, degrez mahallasi joriy etilgan). Bu kasb sohiblarining alohida obro` va nufuzga sazovor bo‘lganlari atrofida, maxsus ijod, ijro va ilmiy mavqega ega ijodiy maktablar shakllandi. Amir Temur va uning vorislari, xususan Shohrux Mirzo, Ulug‘bek Mirzo, Boysunqur Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzolar tabiatan ilmparvar, ma’rifatparvar hukmdorlar bo‘lganligidan, ularning davrida ilmu urfon va ma’rifatning juda ko‘plab sohalarida dovrug‘i olamga mashhur alloma olimlar, mutafakkirlar, shoiru adiblar yetishib chiqib yurtimiz shuhratini yuksakka ko‘tardilar. Temuriylar davrida badiiy adabiyot, xattotlik, tasviriy san’at, musiqa, miniatyura madaniyati ham rivoj topdi. Temuriylar davrida keng tarqalgan ilmi advor ta’limotini o‘rganishda Marog‘iyning “Maqosid ul alhon” risolasi alohida o‘rin tutadi. Unda katta usullarni riyoziy uslubda mutanosib bo‘laklarga bo‘linish masalasi batafsil tushuntiriladi. Zamonasining “sohibi advori”, shoir Abdulqodir Marog‘iy arab, fors va turkiy tillarda she’rlar yozgan hamda hofiz va go‘yanda sifatida bu tillarda bemalol ijro etgan. Abdulqodir Marog‘iyning risolalarida esa o‘zi yashagan davr amaliyotida qaror topgan qirqdan ortiq musiqa cholg‘ularining ta’rifi berilgan. Asarlarda nay turlariga oid ma’lumotlar ham keltirilgan. Ular hatto o‘z nomlariga ega bo‘lganlar: shohnay, tanburnay, qiznay va boshqalar. Mazkur turlarning farqi, avvalo, nay tanasining qalinligi va asbobning umumiy hajmiga bog‘liqligidir. Hozirgi zamon maqom amaliyotida bu cholg‘uning faqat bitta, eng qulay turi qaror topgan. Nay barcha maqom cholg‘ularini sozlashda o‘ziga xos “kamerton” vazifasini o‘taydi. Marog‘iyning risolalarida “navbati murattab” turkumlar haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. Shuningdek, risolada Navba hamda uning yanada murakkabroq muayyan tarixiy shakli “navbati murattab” (ya’ni “tartiblashgan navbalar”) to‘g‘risida aytib o‘tiladi. Samarqand va Hirotda Marog‘iydan keyin ko‘plab musiqashunoslar yetishib chiqqan. Manbalarda o‘nlab zabardast musiqashunoslarning nomlari tilga olinadi. Ulardan eng ko‘zga ko‘ringan va eng muhimlari hamda musiqiy risolalari bizgacha yetib kelganlari orasida Abdurahmon Jomiy, Muhammad Binoiy, Zaynulobiddin 3 harbiy birlashma; qo`shin, armiya Pоdshоh, хоn, amir sarоyida uzоq хizmat qilgan lavоzimli kishi; amaldоr. Jangchi, askar. 6 Husayniylarni qayd etish lozim. E’tiborli tomoni shundaki, bu mualliflar musiqiy risolalarining barchasi Alisher Navoiyga bag‘ishlangandir. Buning ustiga nomlari zikr etilgan ulamolar Sulton Husayn Boyqaro va bosh vazir Alisher Navoiyning yaqin maslakdoshlari bo‘lganlar. Bu esa davlat tepasida turgan podsho va vazirning o‘zlari saroy muhitida hamda zodagonlar orasida dunyoviy urf-odatlarni, jumladan, musiqiy san’atni ham keng targ‘ib etganligining yorqin ko‘rinishidir. Ma’lumki, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiylar yoshligidan turli ilmlar qatorida musiqiydan ham puxta bilim olganlar. Ikkalasi ham musiqiy ijrochilik va ijod sohalarida sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Umuman olganda, temuriyzodalarning tarbiyalanishida musiqiyga alohida e’tibor berilgan. Ta’limtarbiya ishlarining boshida turgan Alisher Navoiy “Xamsat ul-mutahayyirin” risolasida qo‘l ostidagi temuriyzodalarga musiqiy saboq berish uchun Hirotning to‘rtta yetuk musiqashunosiga to‘rtta risola yaratishni buyurganligi to‘g‘risida yozadi. Ulardan qoniqmagan Alisher Navoiy o‘z ustozi Abdurahmon Jomiydan yangi bir asar bitishni iltimos qiladi va natijada oldingilaridan afzal risola dunyoga keladi. Musiqa va she’riyatni uyg‘unligi, ruhiy ta’sirchan ma’naviy ozuqa ekanligi musiqa va she’riyatni boshqa biron his-tuyg‘u lazzatiga qiyoslash qiyinligi haqida Alisher Navoiyning “Mahbub-ul-qulub”ida quyidagi hikmatlar bitilgan: “Shodlikni oshiruvchi mug‘anniy, g‘amni ketkazuvchi mutribdir. Ularning har ikkalasiga hol va dard ahli jon fido qilurlar. Soz chalinib, yoqimli xonish qilinganda, eshituvchining hayoti, naqdi unga fido bo‘lsa ne g‘am. Ko‘ngul quvvati yaxshi cholg‘uchidan, ruh ozig‘i xush ovozdandir. Xushxon mutribdan dard ahlining o‘ti tez bo‘lur, agar go‘zal bo‘lsa, hol ahli o‘rtasida qiyomat ko‘char. Har bir sozandaning sozi dardliroq bo‘larkan, uning chertishi yarali yurakka ta’sirliroq tegadi. Porloq yuzli mutrib xalqumidan yoqimli qo‘shiq taratib, hol ahlining kuygan bag‘ridan tutun chiqaradi. Xushfe’l mutrib, agar fahm-farosatli ersa, odam ko‘ngli toshdan bo‘lsa ham eriydi, unga tobeʼ bo‘ladi, xususan, ham aytsa va ham chalsa, ko‘ngil mulkiga qanday qo‘zg‘olonlar soladi” – deb ta’riflaganlar. Navoiy ijodi musiqa tarixi, nazariyasi, estetikasi, shuningdek, sozlar, kuy shakllari, ijrochilik va boshqa ko‘plab sohalarga oid ma’lumotlar ham bor. Navoiy risolalarida musiqaga oid yuzlab so‘zlar ishlatilgan. Ular faqat musiqa ilmi doirasi bilan cheklanmaydi. “Navo”, “Parda”, “Tor” “Nag‘ma”, “Doira” atamalari yana ko‘p ma’nolar anglatadi. Navoiy asarlarida Rud, Shohrud, Barbad, Ud, Chang, Nay, Tanbur, Sagona, Rubob, Kubiz, Karnay, Egri daf, Nog‘ora, Kus va boshqa sozlar tilga olinadi. Cholg‘u asboblarinig majoziy ma’nolari tavsifi, ayniqsa, “Lison uttayr” asarida keng o‘rin olgan. Navoiy asarlaridan Xuroson va Movarounnahr xalqlari musiqiy merosiga oid shakl va janrlar haqida ham qimmatli ma’lumotlar topish mumkin. Navoiyning musiqa ijodiyotiga bevosita aloqadorligini uning zamondoshlari va bir qator musiqashunoslar ham e’tirof etgan. Bobur Navoiy naqshlar (ashulacholg‘u asarlari) hamda peshvolar muallifi bo‘lganligi “Boburnoma”da keltirilgan. Qolaversa, musiqashunos Darveshali Changiy o‘sha davrlarda amaldagi 24 usuldan 7 bir qanchasini Ulug‘bek, 12 tasini Husayn Boyqaro, 7 tasini Alisher Navoiy qalamiga mansub ekanligini o‘z asarlarida aytib o‘tgan. Download 51.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling