O’rta osiyoning musiqa madaniyati navoiy – 2023 O`rta Оsiyoning qadimiy musiqa madaniyati


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


Download 51.35 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi51.35 Kb.
#1557540
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish Ijro.Mahorati.Asos

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI MAGISTRATURA BO’LIMI


1-bosqich talabasi


Xusanov Elyorning



fanidan

Mavzu:ILK O’RTA ASR SAN’ATI (IV-IX)




NAVOIY – 2023
Ilk o‘rta asr san’ati (IV-IX)
Eramizning IV asridan boshlab O‘rta Osiyoda quldorchilik munosabatlari asta-sekin feodal munosabatlari bilan almasha boshladi. O‘rta Osiyoda yashagan turklar o‘z davlatining uyushgan qismini – xoqonlik deb ataydigan bo‘ldilar. Ana shu vaqtdan boshlab turklar bilan mahalliy Sharqiy Eron xalqlarining qo‘shilib yashash jarayoni ham yuzaga kela boshladi. IV -VIII asarlargacha bo‘lgan davr madaniyat va san’at turlarining, jumladan musiqaning yuqori darajada rivojlangani bilan xarakterlanadi. Tarixiy hujjatlarda keltirilishicha, bu davrlarda el orasida “KayXusraviy”, “Qini Eroj”, “Qini Siyovush”, “Bog‘i Shirvon”, “Bog‘i Shahriyor”, “Navro‘zi Buzrug”, “Navro‘zi kuchak”, “Gulzor”, “Mehrijon”, “Shabdiz”, “Dilnavoz” kabi barqaror kuy va ashulalar bo‘lganligi ta’riflanadi. Xusrav Parvez II shohlik qilgan davr (590-628 yillar)ga kelib Marv (poytaxti hozirgi Turkmanistonning Mari shahri) madaniyati gullab yashnadi. Uning saroyida Movarounnahrning turli joylaridan kelgan mohir musiqashunoslar va san’atkorlar, sozanda, xonanda, raqqoslar yig‘ilgan: Sarkash, Bamshod, Noqus, Romitin, Fitna, Navogar, Sarkab, Ozodvor changiylar shular jumlasidandir. Ular orasida Borbad Marvaziy (Faxliz yoki Faxlobod deb ham yuritilgan) alohida yorqin yulduz bo‘lib ajralib turgan. Borbad o‘z hayoti davomida 360 ta qo‘shiq, 30 tarona yaratgan va ijro etgan. Shulardan “Xusravoniy”lar turkumi, “Yam-yashil”, “Ov gashti”, “Choshtgoh”, “Sarvzor”, “Oy sokinligi”, “Shirin bog‘i”, “Ruh yo‘llari”, “Sarviston”, “Jamshid oyinasi”, “Marvarid soyaboni” kabilari hozirgacha manbalarda eslab kelinadi. Butun Sharqqa mashhur bo‘lgan va keyinchalik Sharq adabiyoti mumtoz asarlarida tasvirlangan O‘rta Osiyoning yirik sozanda va xonandasi, o‘nlab kuylar ijodkori Borbadning nomi alohida shuhrat topdi. Dastlab ijro va ijod sirlarini o‘z otasidan o‘rgangan Borbad Marvga kelgan, bu yerdagi mashhur ustozlarga shogird tushdi. Borbad VIII asr boshlarida Eron Sosoniylari sulolasidan bo‘lgan Xusrav Parvez saroyida xizmat qilgan. Manbalarda Borbad, ayniqsa, turkumli muayyan tizimdagi asarlarga mehr qo‘yganligi ta’kidlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Borbad madhiya va tarixiy qo‘shiqlar, harbiy g‘alabalar to‘g‘risida aytim ashulalar ijod etgan. Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostonida Borbadning san’at shinavandalariga favqulodda kuchli ta’siri haqida ma’lumotlar mavjud. Abu Nasr Forobiyning “Musiqa haqida katta kitob”, Abu Abdulloh al Xorazmiyning “Ilmlar kaliti”, Muhammad Nishopuriyning “Risolai dar ilmi musiqiy”, Abdulqodir Marog‘iyning “Maqosidul alhon” singari risolalarida Borbad yaratgan “Xusravoniy” turkumi, shuningdek “Doston” deya nomlangan kuy va qo‘shiqlar toifasidagi asrlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. 2 Isfahoniy, Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Jomiy singari ulug‘ san’atkorlar tomonidan yozilgan asarlarda “Surudi Borbad”, “Borbad hublari” singari so‘z va iboralarga duch kelamiz. Tarixiy manbalarda Borbad shunday ta’riflanadi. Borbad Sharq olamida dong taratgan musiqashunos, bastakor, hofiz va shoir bo‘lgan. U taxminan 585-yili Marvda dunyoga kelgan. Bo‘lajak bastakor Arab va Ajam mamlakatlaridagi madrasalarda ta’lim olgan. Zamonasining hukmroni Xusrav Parvez uni saroyga da’vat etib, sozanda va hofizlarga sardor qilib tayinlaydi. Sosoniylar sulolasi davrida yetishgan mashhur sozandalar Nekiso Changiy, Bomshod, Romtin, Ozodvor Changiy, Sarkashlar Borbad shogirdlari hisoblanadilar. Borbad ohangsoz va shoir sifatida o‘z asarlariga matn va she’rlar ham bitgan. O‘sha davrlari bo‘g‘in hisobiga asoslangan she’rlar yuzaga kela boshlagan. Borbad o‘z asarlarida tabiat ko‘rki, navro‘zning betakror chiroyi va hayot nashidasini kuylashga intilgan. U haftaning yetti kuniga nisbat berib, “Xusravoniy”, oyning 30 kuniga qiyoslab o‘ttiz lahn (kuy), yilning 360 kuniga bag‘ishlab shuncha tarona yaratgan. Borbad yaratgan kuy va taronalarining ayrimlari bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Firdavsiyning “Shohnoma1 ”sida Borbod haqidagi qissaning nasriy bayoni quyidagicha. Qissada keltirilishicha, qadim zamonlarda mumtoz musiqani sevuvchi podsho Parvez Xusrav bir kuni saltanatdagi jamiki hofizlarni imtihon qilishni istab qoladi. Bunday imkoniyatdan foydalanish maqsadida barcha hofizlar saroyga kela boshlaydi. Bu xabar Borbadga ham yetdi. Parvez yurt ishidan tutib ogohlik, Yigirma sakkiz yil qilurdi shohlik. Hyech kimsa ko‘rmadi undan kori bad, Xabardor edi shoh qasridan Borbad. Unga aytdilarki: “Ul shohi jahon Mumtoz hofizlarni qilur imtihon. Borbad imtihonda kimlar ishtirok etishini bilgani holda zo‘r ishtiyoq bilan bellashuvga oshiqardi. Borbadning ham ushbu imtihonda ishtiroki to‘g‘risida xabar topgan saroy hofizi Sarkash uni musiqa bobida nimalarga qodirligini yaxshi anglagan holda saroyga kirgizmaslik yo‘llarini izlaydi. Sarkashdan aqcha undirib olgan darvoza soqchisi uni saroyga yo‘latmaydi. Saroyga kira olmagan Borbad umid bilan shoh bog‘iga qarab yo‘l oladi. An’anaga ko‘ra, Xusrav har Navro‘z bayramini aynan shu bog‘da o‘n to‘rt kun bazm qilib nishonlardi. Shoh bog‘ida Borbad Mardo‘y ismli bog‘bonni ko‘rib o‘z dardini doston qila boshlaydi. 1 Abulqоsim Firdavsiy “Shохnоma” uchunchi kitоb Tоshkеnt,1977. 3 Borbad bog‘bonga iltimos qiladiki, shoh bog‘ga qadam qo‘yganda o‘zi bilan yuzma-yuz ko‘risha olmasam ham xech bo‘lmasa shoh ovozini pinxona eshitishga yordam ber, – deydi. Bu gaplardan ta’sirlangan bog‘bon ma’qul javob beradi. Kunlarning birida shoh Xusrav boqqa qadam ranjida qiladi. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik maqsadida bog‘bon Borbadni yangilikdan xabardor qiladi. Bu orada Borbad yashil ignabargli daraxtlar orasidan ko‘zga tashlanmaslik maqsadida yashil rangli libosini kiyib, “shashtoriy chang”ini qo‘liga olib shoh qarorgohi tomon intiladi va fursat poylaydi. Shoh ayvonga chiqishga jazm aylaydi. Mulozimlar dasturxon tuzishar, qadahlarga sharob suzar edilar. Nogahon sarvlar orasidan barchani maftun qilar darajadagi xonish eshitiladi. Shoh hayratdan lol qoladi. Bu Borbadning ovozi edi. Sarkash bu navo kim tomonidan ijro qilinayotganini darrov fahmlaydi. Bunday bahodirona avjli ovoz faqat Borbadga xosligi aniq edi. Afsuski mulozimlar bog‘dan xech kimni izlab topa olishmaydi. Shunda Sarkash tilga kirib shunday deydi: “Ignabargli daraxtlar ham gohida xonish qilishi mumkin shohim”. Bazm davom etadi. Yana qadah soqiy qo‘lida... Borbad jimlikni yana bir bor buzib jang-jadalni ifodalovchi “Paykorgurd” nomli mumtoz kuyni chala ketdi. Shoh Xusrav bu kuyni eshitib bog‘ni yana bir marta sinchiklab ko‘rib chiqmoqlikni buyurdi. Ammo negadir shoh sharobdan o‘zini tiya olmadi. Kuy uni o‘ziga maftun etgandi. Borbad sehr-joduga sabab bo‘luvchi “Sabzdarsabz” kuyini chalganda, beixtiyor shoh mayga rujo‘ qo‘yadi. Parvez bu ajib navoni kim ijro qilayotganini bilishni juda istab mulozimlariga uni qidirishni buyurdi. Endi shoh Borbadni vaslin ko‘rmoqqa zor bo‘ldi. Agar nasib bo‘lsa, diydor uni hofizlar ustozi etib tayinlashini aytadi. Shohning ushbu so‘zlarini daraxt tepasida eshitib o‘tirgan Borbad tezda pastga tushib shoh oldida yer o‘pmoqni joiz aylaydi. Xusrav Borbadni ko‘rgan ondan so‘roqqa tutadi. Hofiz saroyga kira olmagani haqida barini aytib beradi. Shunda shoh Xusrav Sarkashga Borbadni yo‘lida g`ov bo‘lgani uchun ko‘p yomon gaplarni aytadi. So‘ng Borbad xonishin so‘rab o‘zni may ichmakka nozir etadi. Shoh Mug‘anniy kuyidan mast bo‘lib uyquga ketadi. Borbad hofizlar shohi etib tayinlanadi. So‘nggi so‘z o‘rnida shuni aytish mumkinki, yaxshi niyatli kishilar doimo yaxshi amallarni bajarmoqni imkonini topishadi. Borbad qissasidan hissa ham shunda.
Tasviriy san’atning ko‘p sonli obidalari mazkur davrning qurollari va musiqa ishtirokidagi urf-odatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beradi. Qadimgi Panjikentdan topilgan yorqin naqshlar ana shular jumlasidandir. Unda ikki tomonli nog‘ora va doira jo‘rligida raqsli sahna, sopol idishda dafn marosimida ayol kishining marosim raqsini ijro etib turgan payti gavdalantirilgan yorqin tasvir uchraydi. Kumush laganga ov manzarasi, ashula va raqs ishtirokidagi ziyofat naqshlangan. Mahalliy aholi musiqa hayotining ba’zi elementlarini meros qilib olganlar. Keyinchalik “Kitobi Ko‘rqut” turkumiga kirgan ko‘pgina epik turk afsonalari O‘rta Osiyo xalqlarida eposning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Shunday qilib, xalq ijodi va mahalliy urf-odatlar kelajakda yirik shakldagi asarlarni yuzaga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. O‘rta Osiyoning Arab xalifaligiga tarkibiga kirishi o‘z yo‘lida qo‘shib olinishi ma’lum darajada ijobiy ahamiyat kasb etdi. Arablar o‘z navbatida musiqa san’ati sohasida mahalliy aholidan ko‘pgina hos urf-odatlarni o‘rganib oldilar. A.Isfahoniyning arab tilida yozilgan “qo‘shiqlar kitobi”ga ko‘ra, juda ko‘p O‘rta Osiyo kuylaridan arablar foydalangan. Masalan, Musadjiq nomi bilan mashhur bo‘lgan qo‘shiqchi O‘rta Osiyoda bo‘lib, turli kuylarni tanlab oldi va ular zaminida qo‘shiqlar yaratdi. Boshqa bir qo‘shiqchi - Ibn Muqriz esa O‘rta Osiyolik qo‘shiqchilardan o‘rganganlarini Arab baytlarida ijro eta boshladi.

Download 51.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling