O’rta osiyoning musiqa madaniyati navoiy – 2023 O`rta Оsiyoning qadimiy musiqa madaniyati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Download 51.35 Kb.
|
Mustaqil ish Ijro.Mahorati.Asos
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAVOIY – 2023 Mavzu:XVI-XIX ASRLAR MUSIQA MADANIYATI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI MAGISTRATURA BO’LIMI 1-bosqich talabasi Xusanov Elyorning fanidan Mavzu:XVI-XIX ASRLAR MUSIQA MADANIYATI NAVOIY – 2023 Mavzu:XVI-XIX ASRLAR MUSIQA MADANIYATI Temuriylar saltanatining parchalanib ketishi munosabati bilan uning asosiy o‘zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo‘lgan Shayboniylar (XVI asr), Ashtarxoniylar (XVII asr) va Mang‘it xonlari (XVIII asr) davlati qaror topdi. Buxoro xonligi (amirligi)ning solnomasi XVI asrda o‘zbek urug‘idan chiqqan Shayboniylar sulolasining tarix maydoniga chiqishi va bu azim shaharni poytaxt qilib olishidan boshlanadi. XVI asrning boshida (1505 yil) Hirot Shayboniylar tomonidan ishg`ol etildi. Temuriylar imperiyasi uchta yirik bo‘lakka ajralib ketdi: Movarounnahr, Eron va Shimoliy Hindiston (Boburiylar) davlatlari. Tarixning ana shunday murakkab burilish paytida Temuriylar davri, xususan, Samarqand va Hirot boy madaniy an’analarining munosib vorisi sifatida Buxoro maydonga chiqdi. O‘zbek xonlari Shayboniylar davlatining poytaxtiga aylangan bu shahri azimga zamonasining ko‘zga ko‘ringan ilmu ma’rifat, adabiyot va san’at ahli intila boshladi hamda unda yangi tarixiy sharoitlarda she’riyat, musiqa va tasviriy san’atning “Buxoro maktabi” deb nom olgan uslubi taraqqiy topdi. Hirotdan Buxoroga muhojirlik qilgan ilm va san’at ahli orasida yirik olim va sozanda Najmiddin Kavkabiy ham bor edi. Kavkabiy Ubaydulloxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Boyqaroga o‘xshab, adabiyot va nafis san’atlar homiysi va ayni choqda she’riyat hamda musiqiy ilmning bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, Kavkabiyni o‘z saroyining ko‘rki tariqasida e’zozladi. Kavkabiy bir qancha musiqiy risolalar muallifi. Ulardan bizgacha saqlanib kelganlari orasidan birinchisi nasrda, ikkinchisi nazmda yozilgan “Musiqa risolasi” va “O‘n ikki maqom haqida” asarlarini tilga olish mumkin. Umuman olganda, uning asarlari musiqa ilmining rivojlanishida alohida bir davrni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda Movarounnahr, Eron va Hindistonda ijod qilgan ko‘pchilik musiqashunoslar o‘zlarini Kavkabiy maktabining davomchilari deb biladilar. Kavkabiyning shogird va izdoshlari qatorida uning jiyani Darvesh Ali Changiy alohida mavqega ega. Darvesh Ali yigitligida Abdullaxon, keksaygan paytlarida esa Imomqulixon saroyida xizmat qilgan va ularning har biriga atab mustaqil risolalar bitgan. Ustozi Kavkabiyga o‘xshab, u turli ilm sohalarini o‘zlashtirgan shoir, sozanda, hofiz va olim sifatida shuhrat qozongan. Olimning eng yirik asarlaridan biri “Risolai musiqiy” (“Musiqa risolasi”) mazkur ilmning an’anaviy parda va usulga oid masalalarinigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli tazkiraviy ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu nuqtai nazardan “Risolai musiqiy” nazariy hamda tarixiy ahamiyatga molik risola hisoblanadi. 2 Kavkabiy va Darvesh Ali kitoblari Buxoroda yozilib, bevosita shu davlat hukmdorlariga bag‘ishlangan bu manbalarda mumtoz musiqa sifatida maqomotning nazariy asoslariga bag‘ishlangan masalalar o‘rin olgan. Darvesh Ali ijodi ulug‘ musiqashunoslar silsilasidagi so‘nggi xalqa. Undan keyin yuzaga kelgan musiqiy risolalarda, ilmiy-nazariy salohiyat tobora pasayib borishi kuzatiladi. Darvesh Alidan so‘ng, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmi- XX asrning boshlarida yozilgan manbalarda yuzaki ma’lumotlar, o‘tmish mualliflaridan oddiy ko‘chirmalar, ilmiy-nazariy qarashlar o‘rniga rivoyat va afsonalar ko‘proq o‘rin oladi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, XVII asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan madaniy-ma’rifiy inqiroz tufayli ko‘plab mohir sozanda va musiqashunoslar boshpana axtarib, Movarounnahrdan Hindistonga, Boburiylar saltanatiga safar qilganlar. Shu boisdan Kavkabiy va Darvesh Ali shogirdlarining ko‘pchiligi Eron yoki Hindistonda faoliyat ko‘rsatganligini kuzatishimiz mumkin. Mazkur davrda yuzaga kelgan e’tiborga loyiq asarlar orasida Hindistonda yashagan Mutribiy Samarqandiy, eronlik Bog‘iyoyi Noiniyning kitoblari va kashmirlik noma’lum mualliflarning “Taronai surur” va “Karomati majro” nomli musiqa risolalarini qayd etish o‘rinli. Bu manbalar masalani chuqur va mustaqil yoritishga da’vo qilmasalar ham, o‘z zamonasining musiqiy mafkurasi haqida ma’lum taassurotlar yaratishga imkon beradi. XVII asr o‘rtalaridan kuchaygan diniy xurofot oqibatida dunyoviy san’atlar, xususan, musiqiyga bo‘lgan ehtiyoj ancha zaiflasha boshladi. 1746 yilda Ashtarxoniylar o‘rniga boshqa bir o‘zbek sulolasi mang‘itlar Buxoro taxtiga o‘tirdilar. Bu davrda Movarounnahr davlatining hududlari yanada torayib, san’at va adabiyotda ham mushtarak umumsharqiy xususiyatlardan ko‘ra mahalliy uslublar ustunroq chiqa boshlaydi. Ana shunday umumiy intilishlar doirasida o‘ziga xos yorqin jihatlarga ega bo‘lgan Buxoro Shashmaqomi qaror topa boshladi. “Musiqiy Shashmaqom” oldin kulliyot deb yuritilgan. Navba va navbati murattab vorislari kulliyot keyinchalik nazariy ilmlar susayib amaliy ilmlarustozlar faoliyati yetakchi o‘ringa chiqishi munosabati bilan “Musiqiy Shashmaqom” degan tushuncha Navba hamda navbati murattab o‘rinlarini egallay boshlaydi. “Shashmaqom” iborasi klassik musiqamizning yangi ko‘rinishining nomi sifatida bevosita sohaga oid manbalarda XIX asr o‘rtalaridan uchraydi. Shashmaqomning usul va kuylari o‘zining fusunkorligi va yorqin bo‘yoqlari, go‘zal shakllari bilan ajralib turadi. Kuy va usullarning har biriga berilgan nozik sayqallar hamda ularning juda puxta, mukammal ishlangan yaxlit tizimi Buxoro Shashmaqomi uslubining tub xususiyatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Maqom taraqqiyotida yetakchi omil bo‘lib xizmat qilgan xos urf-odatlarining rivoji ko‘p jihatdan bevosita hukmdorlarning soz san’atiga qiziqishi va e’tiboriga bog‘liq bo‘lgan. Bu o‘rinda VII asrning ikkinchi yarimida Buxoro taxtiga o‘tirgan Adurahmon, Shohmurod, Nasruloxon va uning vorislari so‘nggi uch amir Muzaffarxon, Abdulahadxon, Olimxonlarning sozparvar bo‘lganlar. Ular homiyligida o‘ktam ijodkorlarning saroyga to‘planishi Buxoro Shashmaqomining benazir badiiy namuna sifatida sayqal topishiga olib keldi. 3 1885-1910 yillar mobaynida taxtda o‘tirgan otasi Abdulahadxon o‘z davrining nufuzli shoiri va soz san’atining ixlosmandi bo‘lib tanilgan. Uning boshqaruvi davrida Buxoro amirligining iqtisodiy va madaniy rivojlanishida sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Abdulahadxonning “Ojiz” taxallusi bilan bitilgan devoni ham saqlanib kelinmoqda. “Armug‘oni sabboq” tazkirasida uning madaniy-ma’rifiy faoliyatiga yuqori baho beriladi: “Amir Said Abdulahadxon o‘qimishli, ma’rifatli, adabiyot va she’riyatni chuqur idroklaydigan hukmdor edi. Uning zamonida ko‘p olimu fozillar, shoirlar saroyga jalb qilindi. Amir Muzaffarxon Amir Abdulahadxon 4 Amir Olimxon Levicha hofiz XVIII asrning oxirlari XIX asr boshlarida Xorazmda sezilarli ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy uyg‘onish yuz berganligi nazarga tashlanadi. Bu jarayon turli sohalarda davlatchilik, siyosiy-iqtisod, madaniyat, ma’rifat, adabiyot, musiqa va boshqalarda barobariga rivojlanadi. 1806-1825 yillarda xonlikni boshqargan Birinchi Muhammad Rahim Xon (Feruzning bobosi) davrida juda muhim bir tadbir amalga oshirilgan. Zamonasining ko‘zga ko‘ringan ustoz-musiqiyshunosi va davlat arbobi Said Niyozjon (el orasida “Niyozjon Xo‘ja”) Buxoroga elchi sifatida yuborilgan. Elchi siftida u marosim, majlis va bazmlarda qatnashish hamda saroy ahli bilan muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan. U davrda nafosatli maqom san’atini asosiy manzil makoni saroy bo‘lgan, albatta. Ma’lumki, o‘z vaqtida Buxoro Temuriylar saltanatining madaniy - ma’rifiy markazlari Samarqand va Hirotning katta vorisi bo‘lib maydonga chiqqan. Shu alfozda Hirot mumtoz musiqasi “oltin davri”ning ko‘p udumlari Buxoroga qo‘ngan. Bu azim shaharda Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changi kabi ulug‘lar merosi zaminida “Buxoro Shashmaqomi” degan voqe’lik dunyoga kelgan. Shashmaqom – saroy mulki. Uning ijodkorlari saroy ahliga xizmat qilgan yetuk ustozlar bo‘lgan. Bu borada kamolatga yetishlik uchun ular ta’lim ko‘rgan ziyoliylardan bo‘lishi taqazo etilgan. Niyozjon Xo‘ja ham shunchaki oddiy sozanda emas, mohir alloma va musiqiyshunos bo‘lgan. O‘z davrining yetuk sozanda bo‘lgan Niyozjon Xo‘ja Shashmaqom asoslarini izchil o‘zlashtirishga bel bog‘lagan va o‘z maqsadini to‘la to‘kis amalga oshirgan. Uning maqsadi esa, Shashmaqom suratini (ya’ni, uning kuy va ashulalarini yuzaki shaklini) emas, balki siyratini (ya’ni, uning mag‘zini, javharini, ilmiy qonun qoidalarini) obdon o‘zlashtirish bo‘lgan. Va shu ilmiy asosda (ya’ni shashmaqomning parda va usul doiralari, tasnifot va tarkibot qonuniyatlariga tayanib) yangi badiiy qiyofadagi “Xorazm olti yarim maqomi” majmuasini ijod etishni maqsad qilgan. Xorazmga qaytgandan keyin, madrasa ko‘rgan va iqtidorli shogirdar tanlab, Olti yarim maqomning cholg‘u va ashula shakllarini alohida tartibda ularning qalbiga joriy eta 5 boshlagan. Maktab yaratgan. Ana shu maktabdan yetishib chiqqan buyuk namoyandalardan biri Pahlavoniyoz mirzaboshi (adabiy taxallusi Komil Xorazmiy) bo‘ladi. Komil Xorazmiydek zabardast musiqiyshunos iste’dodi ravnaq topishida Muhammad Rahim Xon Feruzning xizmati katta. Komil Xorazmiy musiqiyda Feruzning piri ustozi. Ular orasida yaqin do‘stona ijodiy aloqalar uzoq davom etgan. Komil Xorazmiy Feruz saroyida mirzaboshilik vazifasini bajargan. Ular bamaslahat nafosatli soz majlislari uyushtirganlar va madrasa ko‘rgan iqtidorli sozanda hamda hofizlarni atrofiga to‘plaganlar. Ana shunday ijodiy muhitda musiqiy san’ati ravnaq topa boshlagan. Pahlavoniyoz mirzaboshi Xorazm musiqasi tarixida eng ko‘zga ko‘ringan shaxs. Uni bir tarafdan Najmiddin Kavkabiy va Davish Ali changi kabi ulug‘ musiqashunoslar qatoriga qo‘yish haqli. Ikkinchi tarafdan, u Buxoro Shashmaqomi udumlarini bizgacha yetkazib kelgan ustozlar salafining boshida turgan Ota Jalol Nosir o‘g‘li (1845-1928) va Ota G‘iyos Abdug‘aniylar safida ko‘rish mumkin. XIX asrda yashagan xorazmlik mashhur musiqashunos Muhammad Rasul Mirzoboshi (1840—1922) maqomlarni yozish uchun “Tanbur chizig‘i” deb nomlangan maxsus nota yozuvini joriy qilgan. XIX asrning oxirgi choragida Xorazm maqomlarining aytim va cholg‘u qismlari kuylari Tanbur chizig‘i uslubida yozib olgan. Download 51.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling