O’quv dasturining umumiy talablari
Dastur nomi
|
MTT-da matematika va ekologiya
|
Ajratilgan soat
|
60
|
Mavzular soni
|
30
|
Dasturning maqsadi
|
Mashg`ulotlarda va boshqa ta`lim-tarbiyaviy faoliyatlarda ishni tashkil etish va rejalashtirish, matematikaga o`qitishning asosiy tashkiliy masalalari, bolalarga kichik yoshdan son-sanoq, kattalik, geometric shakl, tevarak-atrofda mo`ljal olish, vaqtni chamalash va qurish-yasash haqidagi matematik tasavvurlarni shakllantirishdan iboratdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik ta'limi uchun bo’lajak tarbiyachi yordamchilarini kasbiy tayyorligini shakllantirish va atrof-muhitni o’rgatishga zamonaviy yondashish. Jonli va jonsiz tabiat obyеktlari haqida ma'lumot bеra olish. Sayr, ekskursiyahamda o’yinlarni tashkil etishda rejalashtirilgan mеtodni to’g’ri qo’llashda ko’maklashish.
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
-Maktabgacha ta`lim tashkilorlarida ilk matematikaga o’rgatishning nazariy asoslari haqida bilib oladi;
-Bo`lajak tarbiyachining ilmiy va uslubiy ta`minlanganligini, uning kasbiy kompetentligini organadi;
- Son va sanoq haqida bilim berish, arifmetik masalalar tuzish va yechishga o`rgatish usullarini biladi;
- Kattalik va geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish haqida;
- Tevarak-atrofda mo`ljal olish va vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish haqida tajribalar o`tkaza oladi;
- Mashg`ulotlarni samarali tashkil etish shu bilan birga nazorat va taxlil ish usullarini o`tkaza oladi.
-“Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika” markazida ishlash bo`yicha mashg’ulot ishlanmalarini tuza oladi va tashkil eta oladi.
Rivojlantirish markazlarida rejalashtirilgan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda ko’maklasha oladi;
o’yin, sayr va ekskursiya, mehnat mashg’ulotlari orqali tabiatga, atrof - muhitga muhabbat uyg’otishda yordam beradi;
kasbiy ko’nikmalarni egallash va pedagogik amaliyotda qo’llay oladi;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |