O‘rta va o‘rta maxsus ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida talabalarning umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkazadigan pedagogik amaliyoti alohida o‘rin tutadi
Download 203.26 Kb.
|
АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ 2 курс
- Bu sahifa navigatsiya:
- ____________________________________________________________yo‘nalishi __________________ kurs ________________________________ guruh talabasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI ____________________________________________________________fakul’teti ____________________________________________________________kafedrasi ____________________________________________________________yo‘nalishi __________________ kurs ________________________________ guruh talabasi _______________________________________________________________ ning MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOTNING HUJJATLAR MAJMUASI Qarshi 202_ Ushbu uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash miliiy dasturi talablari asosida ishlab chiqilgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktabr 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi oiiy ta’lim muassasalari talabalarning malakaviy amaliyoti haqida»gi Nizomiga muvofiq tuzildi. O‘rta va o‘rta maxsus ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida talabalarning umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkazadigan pedagogik amaliyoti alohida o‘rin tutadi. Mazkur uslubiy ko‘rsatmada pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari hamda mazmuni, talabalar kasbiy moslashishiga qo‘yiladigan tashkiliy-metodik talablar nuqtai nazaridan yoritib berilgan hamda talabaning amaliyot davridagi barcha hujjatlari jamlangan. 5112000-jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabalari va amaliyot rahbarlari uchunmo‘ljallangan. Ushbu uslubiy ko‘rsatma "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasining “__” ____ 202___ yil ___-sonii yig‘ilishida muhokama qilingan. Mazkur ko‘rsatma Jismoniy madaniyat fakulteti Kengashining ____ ______ 202___ yil ___-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. KIRISH O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida»gi nizom (OO‘MTV ning 1998-yil 30-oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan) asosida hozirgi zamon andozalariga javob beradigan pedagogik kadrlarni tayyorlash talabi qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash jarayonida mutaxassislarni nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish kasbga yo‘naltirishdagi muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Talabalarning kasb faoliyatiga amaliy tayyorgarlik samarali tizim sharoitining asoslarini g‘oyaviy yo‘nalish, nazariy asoslanish, bilim olishining uzluksiz va afzalligi, bilim olishga majmuaviy yondoshishi hamda ta’lim-tarbiyaning mazmunini tashkil qilishga bog‘liq bo‘ladi. Kasb faoliyatiga tayyorlash o‘quv rejasida hamma mutaxassislik predmetlari tomonidan ta’minlanadi. Bu unversitetdagi o‘quv-tarbiya ishlarining hamma jarayonida singdirilishi kerak. Uzluksiz o‘quv va pedagogik amaliyot jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: -talabalarning pedagogik kasbga bo‘lgan e’tiqodini tarbiyalash, fan o‘qituvchisi burchini sezishni tarbiyalash: -nazariy bilimlarni boyitish, chuqurlashtirish, mustahkamlash va ularni rejalashtirishda aniq vazifa qo‘yishda qo‘llash, fanlar tizimining har-xil guruhlarda mashg‘ulot olib borishda reyting nazorati o‘tkazish v a asosiy shakllarni baholash; -fan o‘qituvchisining kasb faoliyatini ko‘nikmalarini, shaxsiy kasb sifatlarini hamda malakalarni rivojlantirish va shakllantirish; -o‘z kasbiga bo‘lgan bilim talabini oshirish; -talabalarda ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish; -fan sohasida tadqiqot malakasini shakllantirish, mashg‘ulotlar jarayonida o‘rgatish va tarbiyaning eng samarador usullarini izlash; - talabalarni jamoa uchun foydali faoliyatlarga jalb qilish va o‘quv muassasalarida o‘quv jarayonini yaxshilashga yordam berish; -talabalarni o‘quv-tarbiyaviy ishlarini tashqil qilishda ilg‘or tajribalardan foydalanishga ijodiy yondoshishni o‘rgatish; -talabalarda har xil yosh va guruhlardagi o‘quvchilarning bilimlarga bo‘lgan talabini qondirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda tarbiyalash. Talaba malakaviy amaliyot jarayonida quyidagi pedagogik kasb asoslarni egallashlari shart: -o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv tarbiyaviy vazifalarni aniqlash; -o‘quvchilar shaxsini va jamoasini o‘rganib chiqish; - pedagogik faoliyatida joriy va ko‘p yillik rejalashtirishni (darsni o‘tkazish, fanning sinfdan tashqari shakllari, ommaviy tadbirlarni) amalga oshirish, o‘quv tarbiya jarayonini nazorat qilish baholash va boshqalar. -o‘quv o‘rganish jarayonida rahbarlikni amalga oshirish, bilim berish, tarbiyalash vazifalarin qo‘yish va yechishni amalga oshirish, harakatlarga o‘rgatishda kerakli vositalarni tanlash va qo‘llash; -dars mashg‘ulotlari jarayonida shug‘ullanuvchilar shaxsini shakllantirish; -o‘quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish va ularni o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘naltirish; - faollarga va jamoaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi usullarni aniqlash, nazoratni tashqil qilish, ishini tahlil qilish va yakunlash; - fan sohasida tashviqot va targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; - sinflarda turli tadbirlarni tashkil qilish va boshqalar. Download 203.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling