O‘rta va o‘rta maxsus ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida talabalarning umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘tkazadigan pedagogik amaliyoti alohida o‘rin tutadi


AMALIYOTCHI TALABALARNING HUQUQ VA BURCHLARI


Download 203.26 Kb.
bet3/36
Sana24.12.2022
Hajmi203.26 Kb.
#1054063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
АМАЛИЁТ ЖУРНАЛИ 2 курс

AMALIYOTCHI TALABALARNING HUQUQ VA BURCHLARI
Amaliyotchi talabalar amaliyot dasturida belgilangan barcha turdagi ishlarni o‘z vaqtida bajarishi, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni o‘quvchilarning aqliy, axloqiy, mehnat. estetik va jismoniy tarbiyalashni mushtarak tarzda olib borishi lozim.Amaliyotchi talaba amaliyot davrida o‘zida ijobiy-ma’naviy va axloqiy sifatlarni mujassamlovchi yosh mutaxassis, ishga va o‘quvchilarga, kasbga chuqur muhabbat bilan qaraydigan inson sifatida ko‘rsatishi, shuningdek. o‘quv-tarbiya muassasasi jamoasi ishlarida faol ishtirok etishi lozim.
Amaliyotchi talabalar amaliyot davrida vujudga keladigan barcha masalalar bo‘yicha avalo, universitet, fakultet, amaliyot rahbariga, o‘quv-tarbiya muassasasi ma’muriyatiga va o‘qituvchilariga murojaat qilishlari, o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, amaliyotni tashkil etishga oid takliflar kiritishlari, anjuman va majlislarda qatnashishlari muassasadagi kutubxona, kabinetlardagi o‘quv-metodik adabiyotlardan foydalanishlari munkin.
Har bir talaba anmaliyot davrida «Kundalik-hisobot» daftari tutadi va unda kundalik kuzatishlarini, o‘quvchilar bilan olib borilgan o‘quv-tarbiyaviy ishlar tahlilini qayd etib boradi. Shuningdek, talaba muayyan fan bo‘yicha o‘tkazadigan barcha darslari, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari aks etadigan reja-konspekt daftarini yuuritadi.
Amaliyotchi o‘z faoliyatini Qarshi DU “Nizom” talablarga asosan tashkil etadi, ichki tartib-qoidalarga rioya qiladi, ma’muriyat farmoyishlarini va amaliyot rahbarlari ko‘rsatmalarini bajaradi. Amaliyotchi talaba dastur talablarini bajarmagan hollarda mazkur semestr o‘quv rejasini bajarmagan hisoblanadi hamda jismoniy madaniyat fakulteti Kengashining qarori bilan unga universitetdagi darslardan ajralmagan holda pedagogik amaliyotni bajarish majburiyati yuklatiladi. Amaliyot davrida mazkur o‘qo‘v -tarbiya muassasasida amaliyotni o‘tayotgan talabalardan biri gurah tashkilotchisi etib tayinlanib, unga talabalarning davomatini hisobga olish, ishni umumiy tashkil etish, talabalarni umumiy maslahatlar, seminarlar rejasidan habardor qilish, amaliyot rahbari tomonidan berilgan qo‘shimcha topshiriqlarni bajarish vazifasi yuklatiladi.

Download 203.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling