Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
-MAVZU. PROFESSIONAL ETIKA VA KASBIY ETIKETNING
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
2-MAVZU. PROFESSIONAL ETIKA VA KASBIY ETIKETNING
VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI ETIKETNING KELIB CHIQISHI, MAQSADI VA ZAMONAVIY AHAMIYATI Professional etika axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak. Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko‘pchilik jamiyat a’zolarining hayot-mamotlari, sog‘ligi, ma’naviy sog‘lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar huddi shunday imtiyozli kasb egalarining o‘z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his yetishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko‘rishlariga bog‘liqligi hammaga ma’lum. Shuningdek, sharqning buyuk notig‘i Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yohud javonmardlik tariqati” nomli kitobida Professional etika va kasbiy odob muammolariga atroflicha to‘xtalib o‘tadi. Xususan, kitobning beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi fasllari turli kasb egalari odobiga bag‘ishlangan. Masalan, o‘n to‘rtinchi fasl «Kasb-kor va savdo-tijorat odobi haqida» deb nomlanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odobi qonun-qoidalarini o‘zi ichiga oladi. Koshifiy yozadi: «Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, Shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb aytgil: birinchidan, o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin. Ikkinchidan, rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin, kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin. Uchinchidan, kasbni obro‘y olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin. To‘rtinchidan, moli harom odamlar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar, kazzob do‘kondorlar) bilan muomala qilmasin...» 1 . Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmatkorlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi shunday asosli fikrlar bildiradi. 1 Husayn Voiz Koshifiy.Futuvvatnomai Sultoniy/H.Komilov tarjimasi.- Toshkent:A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,1994.-B 6970. . 17 Garchand, «Futuvvatnomai Sultoniy» javonmardlik (jo‘mardlik) tariqati darveshlariga atab yozilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va g‘oyalar umummintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero, buyuk forsigo‘y o‘zbek shoiri Pahlavon Mahmud ma’lum ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik xirqasini kiygan, lekin zarur bo‘lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan himoyasiga otlanishni birinchi galdagi vazifasi deb bilgan erkparvar insonlar sulukidir. Shu bois mazkur kitobda diniylik dunyoviylikdan ajratilmaydi, ular bir- birini to‘ldirishi bilan inson hayotini axloqiylashtiradigan, go‘zallashtiradigan hodisalar sifatida talqin etiladi. Javonmardlikning harbiylashtirilgan nasroniylar ritsarlik ordenlaridan farqi ham shunda. Koshifiy ilgari surgan axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ko‘p jihatdan o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan emas. Ayniqsa, uning tijoratchi, sotuvchi va xaridor odobiga doir qoidalarini zamonaviy bozorlarimiz, tijorat markazlarimiz va do‘konlarimiz devorlariga yozib qo‘yish ayni muddao bo‘lur edi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kasb etikasida burch asosiy mezoniy tushuncha hisoblanadi. Chunki, burch mohiyatan jamiyat, davlat va shahslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyatdir. U vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir hatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Bu borada mashhur olim, akademik Andrey Saxarovning taqdirini olaylik. U buyuk nazariyotchi, fizik, termoyadro sohasida tengi yo‘q mutaxassis, vodorod bombasining asosiy kashfiyotchisi, Vatan mudofaasini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun o‘nlab orden va medallar sohibi. U o‘zi yashagan davrda barcha unvon, lavozim, mansab va moddiy ne’matlarga erishdi. Biroq u hammasidan kechishga - ommaviy qirg‘in qurollari, jumladan, o‘zi yaratgan vodorod bombasi sinovlariga ochiq bayonotlar bilan qarshi chiqishga ahd qildi. Natijada qatag‘onlarga asoslangan sho‘rolar tuzumi uni ilmiy jamoatchilikdan ajratib, poytaxtdan olisdagi Rossiya shaharlaridan biriga badarg‘a qildi, uning nomini matbuotda yoki kitoblarda qayd etilishini ta’qiqladi. Vaholanki, u hammadan izzatliroq yashay olishi mumkin edi. Saxarov yuksak axloq yo‘lini tanladi - olimlik burchi, o‘z kasbining odobi talablarini bajarishni har qanday boylik, izzat-ikromdan baland qo‘ydi. Buyuk olim o‘z kashfiyoti insonning eng oliy huquqi bo‘lmish - yashash huquqiga rahna solishi mumkinligi va qisman solayotgani uchun uni amalda qo‘llanilishiga qarshi kurashdi. U sho‘rolar hukumati va mafkurachilari tomonidan 18 o‘zining Vatan mudofaasi quvvatini susaytirishga harakat qilgan salkam xiyonatkor fuqaro deb e’lon etilishiga, boshiga behisob tuhmatlar, ta’na-dashnomlar yog‘dirilishiga sabot bilan chidadi, ahdidan qaytmadi, yovuzlik saltanati qo‘lida o‘z olimlik iste’dodining qo‘g‘irchoq bo‘lishiga, harbiy muruvvatga aylanishiga yo‘l qo‘ymadi. Oxir-oqibatda u inson huquqlarining jahon tan olgan eng buyuk himoyachilaridan biri sifatida butun insoniyat tahsiniga sazovor bo‘ldi. Bunday misollarni o‘zbek xalqining munosib farzandlari misolida ham ko‘plab keltirish mumkin. Etiket tushunchasining kelib chiqishi eramizdan avvalgi 2,5-3 ming yillikda Qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Etiket (étiquette) atamasi esa XVII asrning oxirida vujudga kelgan. Ammo qadimgi manbalar etiket qoidalari ta’b, rasm-rusm hamda odatlar shaklida azaldan ibtidoiy davrdayoq, qabilalarda mavjud bo‘lganligini asoslaydi. Bunday qoidalarni to‘liq bajarmaslik o‘zi yashayotgan jamoat yoki qabilaga xiyonat qilish bilan barobar bo‘lgan. Avvalida bunday qoidalar nafaqat axloqiy, balki huquqiy, iqtisodiy, diniy hamda qon-qarindoshlik munosabatlarni ham qamrab olgan edi. Jamoatning har bir a’zosi unga so‘zsiz bo‘ysunar edi. Shu tariqa etiket bu davrda mustaqil qoidalariga ega bo‘lmagan, asosan jamoatning ijtimoiy muammollariga bog‘liq holda tatbiq etilgan. Ya’ni bu qoidalar tabiiy jamoatning talabi bilan vujudga kelgan. Bunday talablarning bajarilishi qabila yoki jamoatning kattalari tomonidan nazorat qilinar edi. Keyinchalik esa bu qoidalar mustaqil ravishda ajralib chiqib, faqatgina axloqiy me’yorlar darajasida ko‘rila boshlandi. Qadimgi Sharqda, jumladan, Somir alqovlarida inson hatti-harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarida – giltaxtalarda o‘z aksini topgan. Qadimgi Misrda esa bu tartib qoidalar qonunlar majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‘lgan. Bunday qoidalar, ayniqsa Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan. Ularni bajarmaslik Xudoning qahri bilan qaytarilishi ta’kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy yodgorligi “Edda” eposida nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish qoidalari, balki hatto mezbon sharafiga tilak aytish me’yorlarini o‘zida mujassam etganini asoslaydi. Bu kabi hatti-harakatlar me’yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishini belgilab berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni farqlardi. Bu esa keyinchalik turmush etiketi, balki siyosiy etiketni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. U butun bir jamiyat bilan birga o‘zaro davlatlarning tashqi munosabatlarini ham belgilar edi. Siyosiy etiketning vujudga kelishiga 1278 yilda Qadimgi Misr fir’avni hamda Xett qiroli Xattush III bilan kumushga bitilgan yozma kelishuv asos bo‘la oladi. Garchi Misr bunda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, qirol uchun Misr kabi davlat bilan hamkorlik qo‘l kelar edi. Shu tarzda kelishuvning imzolanishi diplomatik etiketning (siyosiy etiket) boshqa etiket turlaridan ancha avvalroq paydo bo‘ldi, 19 desak, adashmagan bo‘lamiz. Zotan, davlatlararo munosabatlardagi qabullar qadimgi Misr uchun katta ahamiyat kasb etgan. Zero, bunday qablullar juda katta dabdaba va va haddan ziyod qoidalar va rusmlar bilan amalga oshirilar edi. Keyinchalik bunday qabullar boshqa davlatlarda ham amalga oshirila boshlandi. Qadimgi Yunonistonda esa elchilar maxsus “Germes nishonlari” deb nomlangan vakillik nishonlarini o‘zlari bilan olib yurganlar. Elchilar xalqaro etiketning bilimdonlari sifatida, ushbu yurtda qabul qilingan siyosiy qonun-qoidalarni qay darajada bilishlari kelishuv bitimining taqdirini hal qilgan. Qadimgi Rimda esa siyosiy etiket yanada ustunlikka ega bo‘lgan. Misol uchun, elchilar qabulining avvali ziyofatlar bilan boshlanib, tashrifni tugallanishida esa ikkiomonlama sovg‘a hadya qilish bilan yakunlangan. Shu tarzda oqsuyaklarni oddiy fuqaro va ulardan pastroq darajada bo‘lgan insonlarni farqlay bilish uchun alohida odamlarni o‘zini a’lo jamoatda tutishning tartib qoidalari paydo bo‘ldi. 1207 yilda ispaniyalik Petrous Alfonsi muallifligida ilk bor “O‘zini tutish qoidalari” deb nomlangan kitob paydo bo‘ldi. Albatta, bu izlanishlar qadimgi Turon hamda Eronzaminda bunday yodgorliklar bo‘lmagan, degan fikrni bildirmaydi. Zotan, bunda pandnomalarning o‘rni beqiyos. Ammo shuni aniqlash zarurki, milliy o‘zligimizni anglash bilan bog‘liq bu ilmiy atamalar juda ko‘p chalkashtirilib tushunilishi yoki targ‘ib qilinishi natijasida ko‘pgina noaniqliklarni vujudga keltiradi. Aytaylik, axloq bilan xulq va odobni, odob bilan etiketni bir ma’noda tushunish hollari uchraydi. Aslida bu tushunchalar bir-biridan ham nazariy, ham amaliy, ham qo‘llanish jihatidan farqlanadi. Qadimgi Sharqda, jumladan, Somir alqovlarida inson hatti harakatlarini tartibga soluvchi yozma yodgorliklarida – giltaxtalarda o‘z aksini topgan. Qadimgi Misrda esa bu tartib-qoidalar qonunlar majmui sifatida emas, balki badiiy adabiyotlar orqali namoyon bo‘lgan. Bunday qoidalar, ayniqsa Somirda ilohiylik bilan yo‘g‘rilgan. Ularni bajarmaslik Xudoning qahri bilan qaytarilishi ta’kidlangan. Qadimgi skandinaviya adabiy yodgorligi “Edda” eposida nafaqat dasturxon atrofida o‘tirish qoidalari, balki hatto mezbon sharafiga tilak aytish me’yorlarini o‘zida mujassam etganini asoslaydi. Bu kabi hatti-harakatlar me’yorlari jamiyat taraqqiyotining yo‘nalishini belgilab berar edi – yashash tarzi, odamlar dunyoqarashi, jamiyatdagi darajalarni farqlardi. Bu esa keyinchalik turmush etiketi, balki siyosiy etiketni vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. U butun bir jamiyat bilan birga o‘zaro davlatlarning tashqi munosabatlarini ham belgilar edi. Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling