Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


O‘QUV FANINING MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDAGI O‘RNI VA


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

O‘QUV FANINING MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDAGI O‘RNI VA 
TA’LIM YO‘NALISHIDAGI BOSHQA FANLARI BILAN BOG‘LIQLIGI 
 
Bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va siyosiy dunyoqarashlarini, ma’naviy 
qiyofasini, hamda mutaxassisligilik bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun 
zarur bo‘lgan nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun 
bakalavriat davrida talabalar mutaxassis fan materiallarini o‘zlashtirishlari lozim. 
O‘quv rejalarida fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematika va tabiiy ilmiy, 
umumkasbiy hamda maxsus fanlar guruhlariga bo‘linib ko‘rsatiladi. Gumanitar va 
ijtimoiy-iqtisodiy 
fanlar guruhi bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy-siyosiy 
dunyoqarashlarini hamda ma’naviy qiyofasini shakllantirish uchun xizmat qiladi. 
Matematika va tabiiy ilmiy fanlar guruhi yoshlarning har tomonlama rivojlanishi 
uchun imkoniyat yaratadi. Umumkasbiy hamda maxsus fanlar guruhlari yoshlarda 
mutaxassisligi bo‘yicha zaruriy nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmuini 
shakllantiradi. 
Kasb egalari quyidagilarni bilishi lozim hisoblanadi: 
1. Har qanday kasb egasi qasamyodini buzmasligi va unga amal qilishi va kasbiy 
mohir ustasi bo‘lishi zarur. 
2. XVI asrda: har bir soha mutaxassisi o‘z sohasi bilan bir qatorda uchta kasbga - 
diniy, tibbiyot va qonunlarni bilishi lozim bo‘lgan. 
3. XIX asrda: yangi kasblar paydo bo‘lgan va eski kasb mutaxassislariga kattaroq 
hurmat qilishgan. 
Professional etika va etiket fani umumkasbiy fanlar guruhiga kiritilgan. Bu fan 
bo‘lajakda har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega. 
Ushbu fan materiallari bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislar muvaffaqiyatli faoliyat 
ko‘rsatish uchun zaruriy umumiy va kasbiy axloqiy qoidalarni va me’yorlarni 
o‘rganadilar. Ushbu fanning mutaxassislar tayyorlashdagi o‘rni ana shulardan iborat. 
Tabiatda bironta voqea o‘z-o‘zidan sodir va bironta narsa o‘zicha paydo 
bo‘lmaydi. Voqealarning sodir va narsalarning paydo bo‘lishi bir-birlari bilan bog‘liq 
bo‘ladi. Fanlar ham o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Bir fan boshqa fandan ajralib 
chiqishi yoki bir nechta fanlar o‘rtasida paydo bo‘lishi mumkin. Shuning 
uchunProfessional etikava etiket o‘quv fani o‘quv rejasining boshqa fanlaridan 
ajratilgan holda o‘qitiladi deyish xato bo‘ladi, chunki u dinshunoslik falsafa, 
ruhshunoslik (psixologiya), sotsiologiya, madaniyatshunosli iqtisodiy geografiya va 
ekologiya, sayyohlarga xizmat ko‘rsatish hamda servis xizmatlarini tashkil yetish 
kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. Ushbu darslikda Professional etikava etiket fanining 
dinshunoslik, psixologiya, falsafa, madaniyatshunoslik iqtisodiy geografiya va 
ekologiya hamda sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil yetish fanlari bilan asosiy 
bog‘liqlik joylari ko‘rib chiqiladi. 


13 
Etikaning shakllanishida va rivojlanishida dinning ahamiyati juda ham katta. 
Masalan, Islom dinida va uning muqaddas kitobi bo‘lgan Qur’oni Karimda axloqiy 
qoidalarga alohida e’tibor berilgan va uning eng muhim tushunchalari ta’riflangan va 
insoniyatni ularga amal qilishga undalgan. Bu axloqiy qoidalar quyidagilardan iborat: 
yaxshilik qilish, kechirimli bo‘lish, sabr-qanoatli bo‘lish, aldamaslik, shirinsuxanliq 
ota-onani,o‘zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, or-nomusli, sadoqatli bo‘lish va 
boshqalar. Boshqa dinlar ham jamiyatning axloqiy qoidalarining shakllanishida va 
rivojlanishida katta rol o‘ynagan. 
Professional etika va etiket falsafa fani bilan ham bevosita bog‘liq bo‘lib, ular 
bir xil masala, ya’ni axloq bilan Shug‘ullanadi. Agar falsafa axloqning kelib chiqish 
tarixini va uning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rgansa, professional etika va etiket esa 
uning amaliy tomonlarini o‘rganadi. Shunday qilib, falsafa axloqning nazariy 
masalalari bilan shug‘ullanadi, professional etika va etiket esa jamiyatda 
qo‘llaniladigan axloqiy qoida va me’yorlarni o‘rganadi. 
Psixologiya va professional etika va etiket fanlari o‘rtasida ham ma’lum 
bog‘liqlik mavjud. Agar ruhshunoslik fanining mehnat psixologiyasi bo‘limi mehnat 
turiga xos xossalarning odamga ruhiy ta’sirini o‘rgansa, professional etika va etiket 
fani esa turli kasb egalarining qanday axloqiy qoidalarga rioya qilish kerakligini 
o‘rganadi. 
Professional etika va etiket iqtisodiy geografiya va ekologiya fanining ekologiya 
qismiga aloqador. Ekologiya va etikaning bir–birlari bilan chambarchas bog‘liqligi, 
ayniqsa oxirgi yillarda, tasdiqlanmoqda. Ma’lumki, jamiyat a’zolarining tabiat 
qonunlariga rioya qilmasligi va undan yovuzlarcha foydalanishlari natijasida oxirgi 
yillarda ekologik fojiali holatlar vujudga kelmoqda. Ulardan biri dunyoda o‘rtacha 
yillik haroratning oshib borishi va uning natijasida muzliklarning erishi,yoki ba’zi 
bir mintaqalarda, masalan, Orol dengizi ko‘rfazida qurg‘oqchilikning yuzaga kelishi 
va boshqalar. Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan fojiyalarning oldini olish va tabiatdan 
oqilona foydalanish uning qoida va me’yorlarini zudlik bilan amalga tadbiq yetishni 
talab qiladi. Amaliy me’yor va qoidalarni ishlab chiqish professional etika va etiket 
fanining asosiy masalalaridan hisoblanadi. 
Hozirgi kunda tirik organizm, o‘simlik va hayvonlarning ko‘pgina turlari jisman 
yo‘q bo‘lib kyetish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo‘ylab 
kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go`zal orollarga 
ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko‘payib borishi singari hodisalar 
bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson ko‘ra-bila turib, o‘zi o‘tirgan shoxga bolta urishni 
to‘xtatmayotir.
Nemis olimi V.Derngols kishilarda umuman tabiatga, xususan, suvga nisbatan
ekologik va gigiyenik munosabat madaniyatnishakllantirishni hayotiy zaruriyat 
tarzida qarab: «Yerda suvning tozaligini saqlash - inson qonining sofligini 


14 
ta’minlashning zaruriy shartidir...Inson suvni ifloslantirishi bilan o‘z umrini 
qisqartiradi»,
6
- degan edi.
Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik 
tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XXI asr kishisi ongini 
texnokratiya zaxaridan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni ular insoniyat oldida 
endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida 
ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etnolog olim, Nobel mukofoti laureati 
Konrad Lorensning: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga 
begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy 
to‘poslik aybdordir»
7
- degan so‘zlari shu nuqtai nazardan diqqatga sazovordir.
Madaniyatshunoslik va etika fanlarining o‘rtasida ham uzviy bog‘liqlik 
mavjud, chunki etika fani odamlarga hamda kasb guruhlariga axloqiy qonun- 
qoidalarni o‘rgatish orqali ularning,qolaversa jamiyatning umumiy madaniyatini 
oshirishga yordam beradi. 
Etika fani maxsus fanlar, chunonchi «Sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil 
yetish» fani bilan ham bevosita aloqador. Uning boisi shundan iboratki, sayyohlarga 
va aholiga xazmat ko‘rsatishda ovqatlanish korxonalari xodimlari etika qoidalariga 
qat’iy rioya qilishlari shart. Shundagina mehmonlar kayfiyati buzilmaydi va iste’mol 
qilingan taom yaxshi hazm bo‘ladi. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling