Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna
Xulqiy go‘zallikning estetik-axloqiy mohiyatiga ikki xil nuqtai nazardan
Download 2.49 Mb. Pdf ko'rish
|
PROFESSIONALETIKAVAETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Leandro Valente
Xulqiy go‘zallikning estetik-axloqiy mohiyatiga ikki xil nuqtai nazardan
yondashish mumkin. 1. Mavjudligimuayyan ichki va tashqi ta’sirlarga, vositalarga bog‘liq bo‘lmagan go‘zallik. Bu ko‘proq insonning tashqi qiyofasiga daxldor xususiyat; insonning chinakam go‘zal chehrasi har qanday soxta bejamalikdan, «yasama go‘zallikdan» ustun turadi. 2. Muayyan ijobiy faoliyatlar, hatti-harakatlar, amallar, botiniy tuyg‘ular orqali paydo bo‘ladigan go‘zallik. U ezgulik vositasida xulqiy go‘zallikni takomillashtiradi. Davlat xizmatidagi xodimlarning ishi – og‘ir yumush. Uni sharaf bilan ado etmoq uchun, kishi o‘zi rahbarlik qiladigan sohani bilishigina emas, balki yana bir qator sifat va fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Ular ichida avvalo til va nutq imkoniyatlarini ishga sola bilishni ajratib ko‘rsatish darkor. Nutqiy muloqotga kirishgan kishining maqsadlari doirasini umumlashgan holda quyidagilar bilan belgilish mumkin: o‘zga(lar)ga, muayyan jamoaga o‘z g‘oya va fikrlarini yetkazish orqali hamfikrlar doirasini kengaytirish; ma’naviy (ruhiy) hayotini uzaytirish orqali hayotda iz qoldirish; hukmronlikka bo‘lgan intilishni amalga oshirish; shartnomaga asosan o‘z xizmat doirasida muayyan (siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy) masalani hal yetish; e’tibor qozonish; jamiyatda tutgan baland mavqeini saqlab qolish va h.k. Davlat xizmatidagi xodimlarning axloqiy sifatlarining quyidagi jihatlarini tavsiflash mumkin: xulqiy nuqtai nazardan xodimning axloqiy tutgan yo‘li, uning did-farosati va yashashdan maqsadi yo‘nalishi: adolat, vijdon va burch davlat xizmatchisi faoliyatidagi yuksak axloqiy fazilat sifatida: axloqiy me’yorlarga bo‘ysinish: etiket qoidalariga rioya qilish. Shuningdek, davlat xizmatidagi xodimlarga qo‘yiladigan axloqiy talablar huquqiy asosga ega bo‘lib, ular qonunlar, nizomlar va yo‘riqnomalar tarzida rasmiylashtiriladi: ularni buzgan xodimlar intizomiy jazoga, qonunga zid ish ko‘rganlar esa jinoiy javobgarlikka tortiladi. Shuning uchun davlat xizmatidagi 11 xodimlarning professional etika, jasurlik, shijoat, adolat va sadoqatlilik kabi axloqiy me’yorlarga tayangan holda har bir ishga beg‘araz va xolis yondashishni taqozo etadi. Davlat xizmatchisi professional etikaning normalari insonni qadr – qimmatini hurmat qilish va qonunni buzganlarga nisbatan qonunda belgilangan talablar asosida ish ko‘rishga asoslanadi. Ular hokimiyat va qonun vakili sifatida ish ko‘rar ekan, uning axloqi tarbiyaviylik xususiyatga ega bo‘lishi lozim. Ularning axloqi qanchalik yuqori bo‘lsa, xalqning davlatga, qonun kuchiga ishonchi ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Professional etika bo‘yicha mutaxassis Leandro Valente o‘zining “Etiketning Download 2.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling