Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Kasb axloqi - jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning 
ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, or-nomus, 
qadr-qimmat kabi hatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-
koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. 
Professional etikahar bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va 
sifatlarni o‘rganadi,hayotga tatbiq etadi. Jamiyatda mutloq, abadiy va o‘zgarmas 
axloq yo‘q. Axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy 
hodisadir. Yillar o‘tishi bilan ishlab-chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy 
mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning uzluksiz davom yetishi esa 
o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi 
faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra 
muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar 
muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topdi. Shunday qilib, 
professional etikaning paydo bo‘lish uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning 
axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.
Xalqimiz azal-azaldan odob qoidalarini o‘rganish, o‘zlashtirish va unga amal 
qilishni komillikka yetishishning muhim yo‘li sifatida e’tirof etadi. Shuning uchun 
axloq, axloq ilmi, muomala madaniyati va go‘zal turmush tarzini shakllantirish 
masalalariga jiddiy e’tibor berib kelganlar. Ayniqsa, bugungi globallaShuv va 
axborotlaShuv davriga kelib insonlararo axloqiy munosabatlar tizimi yangi ko‘rinish 
oldi. Endilikda odamlarda turmush tarzini go‘zallashtirishga ehtiyoj tobora ortib 
bormoqda.
“Professional etika va etiket” nomi bilan taqdim etilayotgan ushbu darslikda 
etiketning vujudga kelishi va rivojlanishi, kasbiy etikaning kategoriyalari, muomala 
madaniyati, etiket turlari, oila va turmush etiketi, marosimlar, mezbon va mehmon 
etiketiga doir zamonaviy mavzularning ilmiy asoslari tahlil qilingan.
 
1
Richerson and Boyd, "The Evolution of Human Ultra Sociality", In press: I. Eibl-Eibisfeldt and F. Salter, eds. 
Ideology, Warfare, and Indoctrinability, 1997. 




Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling