Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna


Download 2.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/179
Sana04.11.2023
Hajmi2.49 Mb.
#1746734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Bog'liq
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Ikkinchisi- yomon, xunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgo‘ylik, ta’magirlik, 
ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik, 
badjaxllik, 
bachkanalik, 
dilozorlik, 
andishasizlik, 
bevafolik, 
berahmlik, 
tovlamachilik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari yetaklaydi 
va ma’naviyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan kishilar umum 
tasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi. Bu xususda ma’rifatparvar alloma Abdulla 
Avloniyshunday degan edi: «Bu sanagan yomon xulqlarning fanoliqlarini, yuqorida 
sanagan yaxshi xulqlarning go‘zalligini insof muvozanasi ila o‘lchab, vijdon 
muhokamasi ila ta’qiqlab, yaxshilarini tinglab amal qilmak, yomonlarini anglab, 
hazar qilmak, lozimdur. Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni 
eshitub va ko‘rub hissa olmak, yomon va zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak, 
qo‘ldan kelgancha xalq va millat foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik 
otini olub ketmakdadur»
3

Sharq odobida «Ulug‘lar huzurida sergak bo‘ling va o‘zingizga loyiq so‘z 
so‘zlang» deyilishi bejiz emas. Bu umumiy tilni asrash barobarida o‘z og‘zimiz 
orasidagi tilni «ehtiyot» bo‘lib, o‘ylab ishlatish kerak demakdir. Chunki, so‘z 
insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini ko‘rsatadigan me’zon bo‘lib, aql 
sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini 
so‘zlagan so‘zidan biladilar. Zero, so‘z insonning qiymati qadar qadrlidir. Shirin so‘z 
ilonni inidan chiqarganidek, muloyim so‘z vahshiylarni ulfatga aylantiradi. Shuning 
uchun do‘stu dushman bilan muomalada ehson yo‘lini tutish lozimki, bunda 
do‘stlarning mehru-muhabbati ortadi, dushmanlarning adovati kamayadi. 
2
Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. - T. Yangi asr avlodi. 1998. 116-bet. 
3
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 tomlik. T.2. –Toshkent: Ma’naviyat, 1998. – 71 b. 



Sharq hikmatlari durdonalarida yaxshi xulqning o‘nta belgisi alohida ko‘rsatib 
o‘tiladi. Bular:
1. Bo‘lar-bo‘lmasga odamlar bilan janjallashmaslik. 
2. Insoflilik. 
3. Birovning aybini qidirmaslik. 
4. Biror kishidan noloyiq ish sodir bo‘lsa uni yaxshilik yo‘liga solib
yuborishlik.
5. Agar aybdor o‘z aybini bo‘yniga olsa uni kechirish. 
6. Muhtojlarning hojatini chiqarish.
7. Boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zish.
8. O‘z nafsini tiya bilishlik.
9. Boshqalarga ochiq chehra bilan muomala qilishlik.
10. Doimo yaxshi so‘zlash.
Ushbu yaxshi xulqlar ichidagi uchta belgi ya’ni, «Bo‘lar-bo‘lmasga odamlar 
bilan janjallashmaslik», «Boshqalarga ochiq chehra bilan muomala qilishlik», 
«Doimo yaxshi so‘zlash» insonning hatti-harakati bilan emas, balki chiroyli, shirin 
so‘zi natijasida amalga oshadigan axloqiy hodisalardir. Shuningdek, boshqaruvda, 
muloqotda so‘zga ayniqsa, shirinso‘zga e’tibor sharq odobining ziynati sanaladi. Bu 
borada «Qobusnoma»dagi fikrlar diqqatga sazovordir: «Har so‘zni xaloyiqqa zohir 
qilsang, yaxshi yuz bila zohir qil, toki maqbul bo‘lsun va haloyiq sening so‘z bila 
baland martabaga egalig‘ingni bilsunlar. Nedinkim kishining martabasini so‘z bila 
bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli 
o‘z so‘zining ostida pinhondur, ya’ni bir so‘zni bir iborat bila aytsa bo‘lur, eshitg‘on 
kishining esa ko‘ngli undin to`la bo‘lg‘ay va yana o‘shal so‘zni bir ibrat bila aytsa 
bo‘lurkim, eshitg‘on kishining oni undin rohatda bo‘lg‘ay»
4
. Shuning uchun 
odamlarga achchiq va dag‘al so‘zlamaslik lozim. Zero, dag‘allik misli olov, 
kuydirguvchi yo‘ldir.
Umuman olganda, sharq xalqlari pandnomalarida, hikmatlarida shirinso‘zlikning 
inson hayotidagi o‘rni beqiyos ekanligi mutafakkirlar nazaridan chetda qolgan emas. 
Biz ana shu an’analarni davom ettirishimiz, ulardan tegishli xulosalar chiqarishimiz 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Inson ma’naviy madaniyatining asosiy mezoni – axloqiy yetuklik hisoblanadi. 
Axloqiy yetuklik esa o‘zida – halollik, insoflilik, vijdoniylik, sahovatpeshalik, 
shafqatlilik, mehribonlik singari axloqiy fazilatlarni mujasaam etadi. Shunday ekan, 
muomala madaniyatining asosiy mezonini yaxshi xulq va go‘zal fazilat uyg‘unligi 
tashkil etadi. 
4
Kaykovus. Qobusnoma. –Toshkent:O‘qituvchi. Matbaa ijodiy uyushmasi, 2006. – 98 b. 


10 
Shuni qayd yetish lozimki, insonni hayvondan farq qiladigan eng muhim 
xususiyatlaridan biri, uning o‘zini yashashi, turmush uchun zarur bo‘lgan moddiy va 
ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish malakasiga ega ekanligidir. Bu malaka 
insonning insonlararo muomala madaniyatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Download 2.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling