Orxona va uning personali


Download 137.46 Kb.
bet6/12
Sana26.01.2023
Hajmi137.46 Kb.
#1129016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu PB

affilirlangan (qo‘shilgan) — filial, sho‘‘ba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat ko‘rsatadigan firmalar;
broker — tijorat maqsadini ko‘zlaydigan va mijoz topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadigan firmalar;
venchur — kichik va o‘rta investitsion firmalar hisoblanib, ilmiy tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi;
investitsion — investitsiyalash va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazadigan firmalar;
injiniring — muhandislik maslahati ko‘rsatishga ixtisoslashgan firmalar;
innovatsion — yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladigan firmalar;
kbnsalting — maslahat xizmati ko‘rsatishga ixtisosdashgan firmalar;
ishlab chiqarish firmalari — aniq bir mahsulot tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘ladi;
savdo firmalari — savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi;
rieltor firmalari — ko‘chmas mulk sohasidagi amallarga ixti-soslashgan bo‘ladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha sohalarida 250 mingdan ortiq firmalar faoliyat ko‘rsatmoqsa.
Xolding (inglizcha „holding" — „egalik” so‘zidan) asosiy faoliyati korxonalar aksiyalarini o‘z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo‘lgan kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy korxona yoki sho‘‘ba korxona, yoxud bir necha sho‘‘ba korxonalar mavjud bo‘ladi. Xolding kompaniyasining o‘zi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmasligi ham mumkin. Lekin, ko‘p hollarda xolding kompaniyalar aksiyalarni boshqarish bilan bir qatorda, moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanadilar. Xolding boshqa korxonalar aksiyalarining paketlariga egalik qilish orqali nazoratidagi korxonalarning direktorlar kengashi boshqaruvi va boshqa rahbar organlariga o‘zi taklif etadigan nomzodlar saylanishini ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda „Fayz” (mebelь sanoati), „O‘zqishloqxo‘jalikxolding”, „O‘zmevasabzavotuzumsanoat” kabi xolding kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.



Download 137.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling